DTM_№8
«
ZIYOKOR
»
O’QUV MARKAZI
BIOLOGIYA
31. Gidra (a), triton (b), kabarga (c) va aureliya (d) blastula devori
necha qavat hujayradan iborat?
A)
a- 2; b- 3; c- 3; d- 2
B)
a- 2; b- 3; c- 3; d- 3
C)
a- 1; b- 2; c- 2; d- 1
D)
a- 1; b- 1; c- 1; d- 1
32. Jigar uchun xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1) gemdan hosil bo’lgan bilirubinning almashinuvida ishtirok
etadi; 2) tarkibida fermentlari bo’lgan hazm shirasi
ishlab
chiqaradi; 3) murtak varag’ining endoderma qavatidan hosil
bo’luvchi funksiyasiga ko’ra ichki sekretsiya bezi hisoblanadi;
4) tiroksin gormoni ta’sirida jigarda o’t suyuqligi ishlab
chiqarish kamayadi; 5) surunkali gepatit
kasalligiga chalingan
insonning chap qovurg’a yoyi ostida vaqti vaqti bilan og’riq
seziladi, yugurganida ko’ngli aynib, ba’zan qusadi; 6) tish
kasalliklari, nos chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilish
jigar hujayralarini zararlaydi
A)
1, 4, 6
B)
2, 4, 5
C)
2, 5, 6
D)
3, 4, 5
33. Orqa miyaning yon shoxlar hosil
qilmaydigan qismlari
tomonidan boshqarilmaydigan muskullar to’g’ri keltirilgan
javobni aniqlang.
1) qo’l panjasini yozuvchi muskul; 2) yelkaning ikki boshli
muskuli; 3) to’sh-o’mrov so’rg’ichsimon muskuli; 4) diafragma
muskuli; 5) ingichka ichak devoridagi muskullar; 6) tikuvchi
muskul
A)
1, 3
B)
2, 4
C)
3, 6
D)
2, 5
34. Qaysi javobda lichinkasi o’simlik to’qimalari bilan (a) va
suvdagi hasharotlar bilan (b) oziqlanadigan hasharotlar to’g’ri
ko’rsatilgan?
1) Osiyo chigirtkasi; 2) zorka; 3) moviy ninachi; 4) Kolorado
qo’ng’izi; 5) yashil
temirchak; 6) halqali ninachi; 7) xonqizi
A)
a- 2, 4; b- 3, 7
B)
a- 1, 5; b- 3, 6
C)
a- 4, 5; b- 2, 3
D)
a- 1, 5; b- 6, 7
35. Bakteriya hujayrasida litik reaksiyaga kirishayotgan virusning
ko’payishi uchun qaysi modda kerak bo’ladi?
A)
guaninmonofosfat
B)
adenozindifosfat
C)
metionintrifosfat
D)
tiamin
36. Qaysi javobda digeterozigota urg’ochi (otasi kulrang tanali,
kalta qanotli) va digeterozigota erkak (onasi qoramtir tanali,
uzun qanotli) drozofilla pashshalarining chatishtirilishidan
olingan natija to’g’ri ko’rsatilmagan?
A)
olingan avlodlar orasida fenotipik nisbat 2:1:1 ni tashkil
etadi
B)
ota-onaga fenotip jixatdan o’xshash va o’xshash bo’lmagan
avlodlarning nisbati bir xil
C)
olingan avlodlarning yarmini monogeterozigota organizmlar
tashlik etadi
D)
genotipik va fenotipik guruhlar nisbati 7:3 ni tashkil etadi
37. Qaysi o’simliklarning gulkosachabarglari qo’shilgan,
gultojbarglari esa erkin bo’ladi?
A)
liftok, qozonyuvgich, tamaki
B)
kanop, g’o’za, sachratqi
C)
soya, maxsar, kungaboqar
D)
bo’ritaroq, tugmachagul, gulhayri
38. Diploid to’plamli bug’doy changdonida 86 ta mikrospora
bo’linishidan hosil bo’lgan changlar tetraploid bug’doy to’pguli
urug’chi tumshuqchalariga tushdi. Tetraploid bug’doy
urug’chilarida 52 ta arxeospora bo’linishidan jinsiy hujayralar
hosil bo’lgan bo’lsa, endospermlardagi jami xromosomalar
miqdorini aniqlang.
(arxeospora bo’linishidan hosil bo’lgan tuxum va markaziy
hujayralarning barchasi urug’lanishda qatnashgan)
A)
1456
B)
1092
C)
1820
D)
2184
39. Oq qon tanachalarida yadroning anomal shaklda bo’lishi
dominant tipda irsiylanadi. Geterozigota organizmlarda
leykotsitlar yadrosi ikki bo’g’imli, retsessiv allellarda normal
bo’g’imli bo’ladi. Leykotsitlari ikki bo’g’imli yadroga ega ota-
onadan tug’ilgan farzandlarda genotipik (a) va fenotipik (b)
nisbatlar “Belgilarning ajralish qonuni”dagi nisbatlardan qanday
farq qiladi?
A)
a- har xil; b- bir xil
B)
a- bir xil; b- bir xil
C)
a- har xil; b- har xil
D)
a- bir xil; b- har xil
40. O’pkalarning hajmi kengayishi vaqtida qaysi muskullarning
paylaridagi retseptorlar qo’zg’aladi?
1) tashqi qovurg’alararo; 2) diafragma; 3) qorin muskullari;
4) ichki qovurg’alararo; 5) bo’yin muskullari
A)
3, 4
B)
1, 2, 5
C)
1, 3, 5
D)
2, 4
41.
Qaysi moddalar ta’sirida nukleotidlarni bog’lovchi bog’lar
uziladi?
1) amilaza; 2) tripsin; 3) polimeraza; 4) pepsin;
5) restriktaza; 6) karbogidraza; 7) transpozaza;
A)
5, 7
B)
1, 3, 6
C)
3, 7
D)
2, 4, 6
42. Transkripsiya uchun qolip, ya’ni matritsa vazifasini nima
bajaradi?
A)
axborot RNK
B)
DNKning bitta zanjirining bir qismi
C)
DNKning bitta zanjiri
D)
DNKning qo’sh zanjiri
43. Odamlarda qon guruhlarining eritrotsitlar tarkibidagi A, В
agglutinogenlar va rezus omilga ko’ra farqlanishini hisobga
olinsa, necha xil qon guruhi farqlanadi?
A)
4
B)
6
C)
8
D)
2
44. O’sayotgan muhitida namlikning oshib borishi tartibi bo’yicha
о’simliklarni joylashtiring.
1) agava; 2) qirqquloq; 3) pixta: 4) nitella; 5) jag’-jag’
A)
1, 5, 3, 2, 4
B)
4, 2, 3, 5, 1
C)
1, 2, 5, 3, 4
D)
1, 3, 5, 2, 4
45.
Shakli o’zgargan bargga ega bo’lgan qiyshiq gulli (a) va
to’g’ri gulli (b) o'simlik turlarini aniqlang.
1) piyoz; 2) no’xat; 3) yerbag'ir tugmachagul; 4) maymunjon;
5) partenotsissus; 6) akatsiya; 7) burchoq; 8) shirinmiya
A)
a-7; b-3, 6
B)
a-2, 8; b-1
С)
a-5, 4; b-1
D)
a-2, 3; b-1
46. Karotinoid (a) va steroid (b) larga xos xususiyatlarni aniqlang.
1) suvda erimaydigan organik modda; 2) gullar va mevalarga
rang beradi; 3) har xil
rangga ega; 4) o’simlik va hayvon
organizmlarida keng tarqalgan; 5) fiziologik jarayonlar bilan
bog’liq bo’lgan vazifalarni bajaradi; 6) fotosintez jarayonini
amalga oshiradi; 7) biokimyoviy jarayonlar bilan bog’liq
bo’lgan vazifalarni bajaradi; 8) xromoplastlar tarkibiga kiradi;
9) glitserin va yog’ kislotadan tashkil topgan; 10) rangsiz
plastidalarda mavjud
A)
a- 2, 3, 8; b- 4, 5, 7
B)
a- 4, 6, 8; b- 1, 5, 9
C)
a- 6, 7, 10; b- 1, 7, 9
D)
a- 3, 5, 8; b- 4, 7, 9
47. Primatlar (a) va dumsizlar (b) turkumlari
qaysi turkumlardan
kelib chiqqan?