Dots. S. Xodjaniyozov “ ” 2020 yil


Korrupsiyaning xavfi ko‘p qirralidir



Download 265,12 Kb.
bet2/12
Sana11.01.2022
Hajmi265,12 Kb.
#343439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 5319044858378195352

Korrupsiyaning xavfi ko‘p qirralidir:

birinchidan: iqtisodiyot negizlariga bolta uradi va islohotlar jarayoniga to‘sqinlik qilib uning asl mohiyatiga putur etkazadi va bu bilan islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantiradi;

ikkinchidan: jamiyatning ma’naviy asoslariga zarar keltiradi (vatanparvarlik, insonni o‘z imkoniyatini namoyon qilishi);

uchinchidan: o‘sayotgan avlodning ongini zaharlaydi;

to‘rtinchidan: xorijiy sarmoyadorlani cho‘chitib yuboradi va eng asosiysi, xalqaro hamjamiyatda bu davlat to‘g‘risida salbiy tasavvurni yuzaga keltiradi.

SHunday ekan, Fuqarolarimizda komil insoniylik g‘oyasini singdirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishimiz, korrupsiyaning tomiriga bolta urush bilan barobardir.

O‘zbekistonimiz taraqqiyotidan manfaatdor bo‘lgan har bir vatandoshimiz Vatanimiz farovonligi bilan bevosita chambarchas bog‘liq bo‘lgan ushbu Qonun va Dasturni hayotga samarali tatbiq etilishi uchun o‘zining amaliy xissasini qo‘shishi lozim. Zero Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tabiri bilan aytganda “YAngi O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shish-YAratganning bizga bergan tarixiy imkoniyat”dir.
“Korrupsiya” tushunchasini sharhlaydigan bo‘lsak, u asosan “shaxsiy foyda olish uchun hokimiyatni suiist’emol qilish” ma’nosida ishlatiladi va 4 sabab keltiriladi.

1. SHaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim- tarbiya ko‘rmaslik va kam maosh oladigan amaldorlarning noqasligi oqibatida paydo bo‘ladi.

2. Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi. Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasisligi, mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash, ularda uzoq vaqt mansabda turishga ishonchsizlik paydo bo‘lishi kabilar korrupsiyani rag‘batlantiruvchi omillardir.

3. Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch keladigi, ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi yohud ular ko‘p miqdorda mablag‘ talab etadi va aksar holda uzoq muddatlarga cho‘ziladi. SHunday holatlarda korrupsiyaga to‘g‘ridan- to‘g‘ri va qisqa yo‘l ochiladi.

4. Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan rahbariyatining o‘ziga xos xulki tufayli davlat boshqaruvida hal qiluchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi.

Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlanmoqda.

Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish o‘ta dolzarb masala bo‘lib, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsa-da, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyat his etsa, qo‘yilgan maqsad va muddaolar echimi paydo bo‘ladi. Har birimiz qaerda, qanday muammoga duch kelsak, uning hal etilishida mas’ul shaxslarning mas’uliyatsizligi yoki ta’magirligiga guvoh bo‘lganda sharoitga bo‘ysunish, indamay ketaverish yoxud chidash o‘rniga bong urishimiz kerak. Mas’uliyatsizlikka, adolatsizlikka nisbatan murosasizlikni o‘zimizdan boshlashimiz darkor. SHunda mudrayotgan mansabdor uyg‘onadi, zimmasida qanday mas’uliyat borligini his etadi.
3. Korrupsiyaning ko‘rinishlari uning davlat va jamiyat xavfsizligiga taxdidi.

Korrupsiya mustaqil O‘zbekiston Respublikasida mavjud uchrab turar ekan, demokratik islohatlarni amalga oshirishda, mulkdorlar sinfini belgilangan qonunlar asosida ish yuritishida, ixtisodiyatning gurkurab yashnashida, axolini turmishtarzi izchil yaxshilanishida, ya’ni tartib qoidalar ijobiy o‘rnatilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va ayanchli holatlarga olib keladi. Biz o‘z mustaqilligimizning o‘tish davri va bozor munosabatlarini to‘la amalga oshirish yo‘lidan borishimizda, to‘g‘rirog‘i davlatimizni tezroq revojlantirishimizda korrupsiya va jinoyatchilikning ko‘pgina turlari salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Barcha mamlakatlarda bo‘lgani singari korupsiya va jinoyatchilikning ko‘pgina turlari O‘zbekiston Respublikasining ichki tizimida chuqur va mustahkam uya qurib olgan.

Toshkent davlat yuridik universitetining dotsenti Igor Kudryavsev «bizning hududlarda jinoiy uyushmalarning asosan ikki turi mavjud bo‘lib, birinchisi: giyohvandlik moddalari bilan savdo qiladigan guruhlar va ikkinchisi; hokimiyatni bosib olish, ya’ni konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlash maqsadida fitnalar uyushtirishni maqsad qilib olgan jinoiy uyushmalar»28dir degan fikrlarni bildirgan. Biz O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilikni ikki ko‘rinishi emas uch kurinishi mavjud ekanligini aniq va yaqqol ko‘rsata olamiz. (Ishimizni uyushgan jinoyatchilikning bilan bog‘langan holda ko‘rishni maqsadga muvofiq deb topdik. CHunki O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilikning uchinchi ko‘rinishi ko‘rinishi korrupsiyadir).

Birinchisi: giyohvandlik moddalari bilan savdo qiladigan guruhlar. (Bunda uyushgan guruhning oddiy, o‘rta, yuqori darajalari, mafiyalar va hakozalarini o‘z ichiga oladi). Ular faqatgina giyohvandlik moddalari bilan emas, davlat taqiqlagan boshqa bizneslar (rangli metallar, paxta biznesi, kontrabanda mahsulotlari, faxsh savdosi, qurolyarog‘ va boshqalar) bilan ham shug‘ullanadi.

Jinoiy guruhlar davlat taqiqlagan mahsulotlar bilan shug‘ullanishi narkobiznesdan keyingi daromadni ko‘proq keltiruvchi biznesdir. O‘zbekiston hududida ko‘plab rangli metallar, neftgaz mahsulotlari, oziqovqat mahsulotlari, paxta xom ashyosi qo‘shni davlat hududlariga o‘tkazib yuborilmoqda. Bu holat esa keyinchalik jinoiy guruhlar tomonidangina emas balki, oddiy fuqarolar tomonidan ham amalga oshirilmoqda.

Ikkinchi ko‘rinish korrupsiyadir. (Bunga «xufyona» iqtisodiyot, poraxo‘rlik, xullas mansabdor shaxslarning o‘z manfaati yo‘lida qonun taqiqlagan xarakatlardan foydalanishlari kiradi). Bu haqda mamlakatimiz prezidenti I Karimov Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Navoiy va boshqa qator viloyatlarning navbatdan tashqari sessiya sida so‘zlagan nutqi fikrimiz dalilidir. Biz O‘zbekistonda korrupsiyani uch bo‘g‘inga, ya’ni, yuqori, o‘rta va mayda bg‘inlarga bo‘lganimiz maqulroq.

YUqori bo‘g‘inli korrupsiya uyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqador bo‘lmaydi. Bunda yuqori lavozimlarda ishlaydigan mansabdorlar davlat mulklarini o‘marishga ( qo‘shib yozish, pora olib ishga joylashtirish, urug‘aymoqchilik va hakozalarga urinayotganligi ma’lum bo‘lmoqda) harakat qiladilar.

O‘rta bo‘g‘inli korrupsiya uyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqada bo‘ladi. Bunda yuqori lavozimlarda ishlaydigan mansabdorlar jinoiy guruhlardan pora olib turadi va ularning jinoiy faoliyatlarini amalga oshirishda rahnomalik qiladi, hamda sezilib qolayotgan jinoyatlarini yopishga harakat qiladi.



Mayda bo‘g‘inli korrupsiya uyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqasi bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Mayda bo‘g‘inli korrupsiya o‘rta va kichik lavozimli rahbarlar tomonidan amalga oshiriladi. Mayda ko‘rinishlar kommunal xizmat tarmog‘ida, soliq, yig‘im, jarima kabi aholidan olinadigan tulov sohalarida, muayyan faoliyat bilan shug‘ullanishga ruhsat beruvchi idoralarda, davlat nazoratini amalga oshiruvchi xizmatlarda seziladi.

Uchinchi ko‘rinish Hokimiyatni bosib olish, ya’ni mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlash maqsadida fitnalar uyushtirishni maqsad qilib olgan jinoiy uyushmalar. O‘zbekistondagi uyushgan jinoyatchilikning eng o‘ta xavfli ko‘rinishi ham mana shu uchinchi ko‘rinishdir. Buning xavfli tomoni shundan iboratki, bu jinoyatning sodda turidan to eng mukammal turlarigacha faoliyat olib borib, ichki terrordan tortib xalqaro terror uyushmalarigacha birikib boradi. Bu ko‘rinishni ayrim siyosatchilar, huquqshunoslar terrorizmga bog‘laydilar, ammo terrorning yuzaga kelishi (terror guruhlarining paydo bo‘lishi), mayda jinoiy guruhlarning paydo bo‘lishi, ularning astasekinlik bilan kuchayishi natijasida paydo bo‘ladi. Terror jinoiy guruhlarni birlashtiradi va o‘z izmiga bo‘ysindiradi. Jinoiy guruhlar terrorni amalga oshirish uchun asosiy tayanch bo‘ladi. Ular ommani o‘z izmiga bo‘ysindirish uchun faoliyat olib boradi. Jangovar lagerlarga jangchilarni (fuqarolarni aldash yo‘li bilan jangarilarga etkazish) etkazib berishda yordam beradi. Barcha katta terror uyushmalari ham mana shunday mayda jinoiy guruhlarning birikishidan jahonni larzaga soluvchi uyushmalarga aylangan. Biz shu sababli ham O‘zbekistondagi terrorni jinoiy guruhlar safiga kiritdik. Jinoiy guruhlar olib borgan xunruzliklarini terrorchilar ham olib boradi. Faqat terrorni olib borgan faoliyati jinoiy guruh faoliyatiga qaraganda kattaroq. Xalqaro terror bir harakatni O‘zida mingminglab odamlarni qirg‘in qilishi mumkin. Uyushgan jinoiy guruhlar esa bir necha kishini yashirincha o‘ldirishi mumkin. Lekin jinoiy guruhlar ham kattakatta janjallarga, qirg‘inlarga sababchi bo‘lishi, aniqrog‘i uyushtirishi mumkin. Masalan: 1989 yilgi Farg‘ona va Tog‘li Qorabog‘ voqealari bunga misol bo‘la olishi mumkin. Terrorni uyushgan jinoyatchilikdan ikkita asosiy farqi mavjud: birinchisi, terrorda mafkurani mavjudligi, uyushgan jinoyatchilikda mafkurani yo‘qligi bo‘lsa, ikkinchisi, terror jinoiy faoliyatini hech qaysisini yashirmaydi. Uyushgan jinoyatchilik esa deyarli ko‘plab jinoiy faoliyatlarini yashirgan holatda ish tutadi. Lekin bularning hammasi ham jinoyatchilardir, hammasining ham maqsadi bir, mumay daromad va hokimiyatga erishish. O‘zbekistonda hokimiyatni ag‘darish usulidan foydalanish harakati bir necha bor amalga oshirildi. 1991 yilning oxiri 1992 yilning boshlarida Toshkentda Studentlar shaharchasidagi voqealar, 1992 yil Andijonda xalqni davlat tuzumiga qarshi qo‘yib, QO‘qon xonligini tuzish va islom davlatini barpo etihsh borasida olib borilgan urinishlar, 1994 yil ko‘plab O‘zbek yigitlarini Turkiya davlati hududida O‘zbekistonga qarshi tayyorlash harakatlari, 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahridagi qo‘paruvchilik harakatlarini uyushtirish orqali hokimiyatni qo‘lga olishga urinib ko‘rildi. Bundan tashqari 2000 yil yanvar oyida bir guruh jangarilarni Toshkent viloyati YAngiobod dahasida olib borgan bosqinchilik harakatlari, 2000 yil avgust, sentyabr oylaridagi, Surxondaryo viloyati Sarosiyo va Uzun tumanlaridagi jangarilik harakatlarini bunga misol bo‘la oladi. Bunga qarshi O‘zbekiston hukumati qatt’iy choralar ko‘rdiki, bu illatni oldini olishga erishildi.

Korrupsiya davlat oldidagi real muommadir. «Korrupsiyaning xavfli xususiyati shundaki, u konstitutsiyaviy tuzumga ishonchni so‘ndiradi .

Davlat muassasalarining mansabdor shaxslari tomonidan sodir etiladigan xodisa bilan tqnashgan jamoatchilikda hokimiyatga va uning mansabdorlariga ishonchsizlik paydo bo‘ladi. Hokimiyat oldida qo‘rquv va u bilan hamkorlik qilmaslik kayfiyati vujudga keladi. Bunday holat jamiyat a’zolarining davlatni qo‘llab turishdek an’anaviy, ijtimoiy xodisaning susayib ketishiga olib keladi.

Korrupsiya nafaqat bizning xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka balki tahdid soluvchi real muommodir. SHunday ekan, mazkur xodisaga qarshi kurash masalalari faqatgina bizga taalluqli bo‘lmay balki butun jahon hamjamiyati muammosi bo‘lmog‘ii lozim Mustaqil O‘zbekiston halqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga doimo tayyordir.

Nazorat savollari



  1. Download 265,12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish