Sog‘lom manfaat – insonning muayyan ehtiyojini qondirishning u yoki bu ko‘rinishda ifodalangan intilishi.
Tadqiqotning dialektik usuli – u yoki bu iqtisodiy jarayon ning ichki yoki «mohiyatiga oid» ziddiyatlarni aniqlash va tahlil qi lishga asoslangan usul.
Qonun – zaruriy, muhim (ichki), barqaror, takrorlanuvchi munosa bat, mohiyat, ya’ni u yoki bu hodisaning sifat muayyanligi.
Induksiya – faktlar asosida chiqarilgan, ko‘pincha isbotlashni talab qiladigan muayyan gipoteza yoki umumiy fikrga olib boruvchi xu losalash.
Metod – muayyan bilish maqsadiga erishishni ta’minlovchi tadqiqot yo‘li, harakat usuli yoki tarzi.
Do'stlaringiz bilan baham: |