GLOSSARIY
Korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydala nishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.
Korrupsiya – shaxsiy maqsadda foyda olish uchun davlat hokimi yatini suiiste’mol qilish.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish.
Korrupsiyaga qarshi xulqatvor – insonda u tomonidan idrok qilingan va o‘rganilgan ma’naviyaxloqiy tafakkur unsurlari asosida amal qilish va harakat qilish bo‘yicha chuqur ichki ehtiyojni yaratishdir.
Burch – ma’naviy sohada yuksak mas’uliyat, lafzi halollik, va’daga vafo qilishni, huquqiy sohada qonun hujjatlari, shartnoma, xizmat bo‘yicha yuklangan majburiyatni anglatuvchi tushuncha. Burchni anglab yashash ham halollikning muhim ko‘rishinidir.
«Halol» – arabcha so‘z bo‘lib, ruxsat etilgan, yo‘l qo‘yilgan, qonu niy, asosli, to‘g‘ri, vijdonli odam ma’nosida ham, shariat hukmiga muvofiq esa, ichsa, foydalansa bo‘ladigan; harom emas degan mazmunga ham ega.
«Halollik» – kishining o‘ziga qarashli, o‘z mehnati bilan, pesho na teri to‘kib topilgan, xiyonat, g‘irromlik kabilardan xoli demakdir.
«Halollik» – keng ma’noda har qanday axloqiy tizimdagi me’ yorlarning jonli tildagi nomi. Ilmiy tilda imperativ (vojib, amr) deb yuritiladi. Muayyan jamiyat, sinf, guruhlar tomonidan o‘z a’zo lari zimmasiga yuklatilgan, ixtiyoriy tarzda, vijdonan bajarilishi shart bo‘lgan vazifalarni anglatadi.
Halollik – bu insonlar uchun ruxsat qilingan yaxshi, ijobiy ishlar, xattiharakatlar majmuidir, mehnat evaziga topilgan narsalar, shuningdek, pok va toza oziqovqatlar sirasidir. Halollikning yanada kengroq ma’nodagi jihatlari bu turmushdagi halollik, o‘zaro muomalamunosabatdagi halollik, jamoa orasidagi halollik, savdosotiqdagi halollik, do‘stlar o‘rtasidagi halollik va shu kabilardir.
«Nafs» – arabcha so‘zdan olinganligi hamda qalb, ko‘ngil, inson, maqsad, intilish, g‘urur, mag‘rurlik ma’nolarini anglatishi qayd etilgan.
«Nafs» iborasi asosan insonlarga nisbatan qo‘llanilib, kishining o‘z jismoniy talablarini qondirishga bo‘lgan intilishi tushu niladi. SHu intilish kishida me’yordan ortiq yoki axloq doirasidan tashqari bo‘lsa, unday kishi «nafsi yomon» yoki «badnafs» yoxud «nafsini tiya olmagan» deb ta’riflanadi. Agar kishining nafsoniy talabi me’yoridan kam bo‘lsa, bunday kimsa «nafsi o‘lik» yoki «nafsini tiygan kishi» deyiladi va bu axloqda husn hisoblanadi. Insonning aqli aql nafsini boshqarib turadi. Hayvonda nafsni instinkt boshqaradi.
Motiv (lot. movete – harakatga keltirmoq) – shaxsni faoliyat ga undovchi ichki turtki. Ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog‘liq
Do'stlaringiz bilan baham: |