3. Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida xorijiy davlatlar tajribasi.
1. Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat dasturi. Xorijiy davlatlar va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi amaliyoti
O‘zbekiston Respublikasi o‘z ichki va tashqi siyosatini yuritishda xalqaro huquq normalariga ustuvorlik beradi. XX asrning 90yillari boshidan xalqaro va mintaqa doirasida korrupsiyaga qarshi kurash bilan bog‘liq shartnomalar qabul qilina boshlandi. Masalan, Amerikaaro korrupsiyaga qarshi konvensiya 1996 yil 29 martda qabul qilingan; Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan 1997 yil 21 noyabrda qabul qilingan “Xalqaro tijorat bitimlarida xorijiy davlatlar mansabdor shaxslarini sotib olishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi; Evropa Kengashi Vazirlar qo‘mitasi tomonidan 1999 yil 27 yanvarda qabul qilingan “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik”; 2003 yil 12 iyuldagi Afrika Ittifoqining korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash to‘g‘risida”gi, BMTning “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka hamda korrupsiyaga qarshi kurash” kabi konvensiyalar shular jumlasidandir. MDH doirasida esa, unga a’zo davlatlar tomonidan 2003 yil 15 noyabrda 2215 qarorga muvofiq, “Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslari to‘g‘risida”gi model (qonun) qabul qilingan.
|
Korrupsiya har qanday davlatning siyosiy tuzulishi, iqtisodiyijtimoiy rivojlanish darajasidan qat’i nazar, butun dunyoda global muammo hisoblanadi.
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan 2015 yil 20 avgust, O‘RQ391son4 Jinoyat kodeksi quyidagi mazmundagi XIII1 bob bilan to‘ldirildi:
«XIII1 bob. Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks «XVI1 bob. Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik deb nomlangan bob bilan to‘ldirildi
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida 2016 y. 5 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi PF4848 sonli Farmoni qabul qilindi.
Farmonga binoan davlat organlari, eng avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalar:
o‘z faoliyatida yuqorida ko‘rsatilgan talabni hamda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyilining so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlasinlanlari;
o‘z vazifalari va vakolatlarining tanqidiy tahlili asosida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish hamda ularga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi choratadbirlarni takomillashtirishga va ularning samaradorligini oshirishga doir asoslangan takliflarni ikki oy muddatda, belgilangan tartibda kiritishlari;
tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz to‘xtatib qo‘yganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari talablari qat’iy bajarilishini, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlariga etkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilishini ta’minlashlari belgilangan.
Farmon qoidalarini amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, xususiy mulkchilikni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash borasida beshta eng ustuvor soha bo‘yicha 42 ta aniq choratadbir amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Kompleks choratadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, davlat va biznesning o‘zaro hamkorligidagi ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, davlat resurslaridan foydalanishning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash doirasida umumiy e’tirof etilgan xalqaro standartlar asosida bir qator qonunlarni, shu jumladan, «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida», «Ma’muriy tartibtaomillar to‘g‘risida», «Davlat xaridlari to‘g‘risida» va «Davlatxususiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilish nazarda tutilmoqda.
YAqin o‘tmishda Osiyo qit’asida joylashgan Janubiy Koreya, Turkiya va Pokiston davlatlarining sobiq rahbarlariga va yuqori martabali mansabdor shaxslari o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganliklari uchun ularga nisbatan parlament tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilgan.
Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, YAponiya va AQSH kabi rivojlangan mamlakatlarda ham davlat xizmatidagi mansabdor shaxslarning korrupsiyalashuvi teztez uchrab turadi. Misol uchun, 90yillarning ikkinchi yarmida Germaniyada 2 mingga yaqin mansabdor shaxslarga nisbatan poraxo‘rlik holatlari bo‘yicha rasman jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov qilingan.
AQSHning Oq uy ma’muriyati esa, doimiy ravishda siyosiy kompaniyalar uchun ajratilgan mablag‘lardan noqonuniy ravishda foydalanilganligi haqidagi ayblovlar bilan kurashib keladi.
Har bir mamlakat, xalq “jinoyat” va “korrupsiya” kabi tushunchalarni o‘z dunyoqarashi, tafakkuri va mentaliteti darajasiga ko‘ra har xil tasavvur qiladi. Ayrim mamlakatlarda korrupsiya poraxo‘rlikning sinonimi hisoblanadi, ayrim mamlakatlarda esa u kengroq davlat hokimiyati va hatto jamiyatning ma’naviy inqirozi sifatida talqin etiladi. So‘zimizning isboti tariqasida bu masalani bir necha mamlakatlar misolida ko‘rib chiqamiz hamda tegishli xulosalar chiqaramiz. Zotan, Prezidentimiz takrortakror ta’kidlaganidek, “biz turli mamlakatlar iqtisodiyotining o‘ziga xos taraqqiyotini katta diqqate’tibor bilan o‘rganamiz, jahon amaliyoti va jahon tafakkurida to‘plangan eng yaxshi tajribalarni o‘zimizda qo‘llashni or bilmaymiz, aksincha, bunday intilishni har jihatdan rag‘batlantiramiz”.
Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Ammo bu korrupsiya hammayoqda bir xil degan ma’noni anglatmaydi. Korrupsiyaning vujudga kelish sabablari turli mamlakatlarda har xil bo‘lib, tarixiy bosqich va ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. SHu bois korrupsiyaning oldini olish va unga barham berishning universal ma’muriyhuquqiy vositalarini ishlab chiqish deyarli mumkin emas.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunining (2017 yil 3 yanvar № O‘RQ419)
mazmuni va mohiyati
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2017 yil 3 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (№ O‘RQ419) qonuni qabul qilindi. Qonunning 3moddasida asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
manfaatlar to‘qnashuvi shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qaramaqarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari sifatida:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olishga doir choratadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikning muqarrarligi prinsiplar belgilandi.
Qonunning 7moddasiga binoan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
Qonunning 8moddasiga binoan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi (bundan buyon matnda Idoralararo komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar (bundan buyon matnda hududiy idoralararo komissiyalar deb yuritiladi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir choratadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shartsharoitlarni bartaraf etishga doir choratadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha choratadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliyamaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Bundan tashqari korrupsiyaga qarshi kurash borasida Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi (14modda), Ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi (15modda) ham belgilangan.
Qonunning 3bobi Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalariga qaratilgan.
Qonunning 4bobi Korrupsiyaning oldini olishga doir choratadbirlar masalalariga qaratilgan.
Qonunning 24moddasi Normativhuquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi masalalariga qaratilgan.
Qonunning 5bobi Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash masalalariga qaratilgan.
Qonunning 28moddasi Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni himoya qilish masalalariga qaratilgan. Unga asosan Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslar davlat himoyasida bo‘ladi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni ta’qib etish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning qoidalari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida bila turib yolg‘on axborot bergan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi, ular qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Qonunning 6bobida Korrupsiya sohasidagi tadqiqotlar masalalariga qaratilgan. (30modda). Unga asosan
Korrupsiyaning holatini, xususiyatini, miqyoslarini, o‘zgarishlarini va tendensiyalarini, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilish samaradorligini o‘rganish davlat organlari tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek fuqarolar bilan hamkorlikda sotsiologik, maxsus, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa turdagi tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan doimiy asosda amalga oshiriladi.
Sotsiologik tadqiqotlar korrupsiyaga eng ko‘p duchor bo‘lgan tarmoqlar va sohalarni, uning yuzaga kelishi sabablari va shartsharoitlarini aniqlash, shuningdek mazkur faoliyatga jalb etilgan ijtimoiy guruhlarni aniqlash maqsadida sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish va boshqa usullardan foydalanish yo‘li bilan jamoatchilik fikrini tizimli o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Maxsus tadqiqotlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati natijalarini, korrupsiyaga oid jinoyatchilikning holatini, korrupsiya ko‘rsatkichlarining statistika hisobini muntazam ravishda tizimli tahlil qilishni, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning xususiyati va miqyoslarini, o‘zgarishlari va tendensiyalarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Ilmiy tadqiqotlar korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni, ilmiy uslubiyotlar va tavsiyalar ishlab chiqishni, ularni amaliyotga oqilona joriy etishni, korrupsiyaga qarshi kurashishda qo‘llanilayotgan shakllar va usullar samaradorligini prognoz qilish hamda ilmiy tahlil etishni o‘z ichiga oladi.
Davlat korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tadqiqotlarni qo‘llabquvvatlaydi va rag‘batlantiradi.
Qonunning 32moddasi Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik masalalariga qaratilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir choratadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida 2017 yil 2 fevral kuni «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ2752son Qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan 20172018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlandi. Dasturga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Davlat xizmati tizimini yaratish va uning faoliyati asosiy tamoyillarini, davlat xizmatining kadrlar tarkibini shakllantirishga, davlat xizmatiga ishga kirishga bo‘lgan talablarni, uni o‘tashni va yakunlashni tartibga soluvchi «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Davlat va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro manfaat keltiruvchi hamkorlikning qonuniy asoslarini nazarda tutuvchi «Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish;
— davlat xaridlarini raqobat asosida amalga oshirishning shaffof va ochiq mexanizmi, ushbu sohada korrupsiyaning oldini olish choralari;
— davlat xaridlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb qilish;
— davlat xaridlari ishtirokchilari uchun shikoyat qilishning mustaqil va samarali tizimi hamda tartibini yaratish;
— elektron xaridlarni yanada rivojlantirish va boshqalar.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish;
— normativhuquqiy hujjatlarni tarqatishning ta’sirchan tashkiliyhuquqiy mexanizmlarini, shuningdek konsepsiyalarni va ularga tushuntirish xatlarini chop etishni, qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlariga sharhlar tayyorlash va chop etish amaliyotini keng joriy etish;
— aholiga normativhuquqiy hujjatlar mazmuni va maqsadlarini tushuntirish va ulardan keng xabardor qilish bo‘yicha choralar;
— Oliy Majlis palatalarining, Vazirlar Mahkamasining, boshqa davlat organlarining aholi va ijrochilarga qonun va qonunosti hujjatlarini etkazish bo‘yicha aniq vakolatlarini belgilash.
Davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha munosabatlarini tartibga soluvchi «Jamoat nazorati to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining, shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida ma’lumot beruvchi shaxslarning jismoniy va ijtimoiy himoyasining davlat tomonidan kafolatlarini nazarda tutuvchi «Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi «Ma’muriy tartibtaomillar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish;
— davlat organlarining boshqaruv faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish;
— asosli va tezkor qarorlarni qabul qilish yo‘li bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning samarasini ta’minlash;
— jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartibtaomillarini joriy etish nazarda tutilgan.
2017 yil 8 sentyabr “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF5185sonli farmoni qabul qilindi.
Mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida keng ko‘lamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va 20172021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining maqsadlariga erishish davlat boshqaruvining mutlaqo yangi, samarali va sifatli faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (keyingi o‘rinlarda ijro etuvchi hokimiyat organlari deb yuritiladi) uyg‘un faoliyatini tashkil etishni talab qiladi.
SHu bilan birga, ayrim ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining zamonaviy talablarga javob bermaydigan institutsional asoslari va ular faoliyatining prinsiplari o‘tkazilayotgan islohotlarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga hamda qo‘yilgan maqsadlarga erishishga to‘sqinlik qilmoqda.
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani modernizatsiyalash, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, aholining hayot darajasi va farovonligini yuksaltirish bo‘yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi qator tizimli muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, xususan:
birinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tashkil etish asoslari hududlarni rivojlantirish sur’atlarini pasaytiruvchi, joylarda to‘planib qolgan muammolarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlamayapti;
ikkinchidan, ayrim ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalarning deklarativ xususiyatga egaligi, ularni amalga oshirishning tashkiliyhuquqiy mexanizmlari etarli emasligi, vazifalarning takrorlanishi va davlat tomonidan ortiqcha tartibga solish holatlarining mavjudligi amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
uchinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning amaldagi tizimi qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosiga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishni ta’minlamayapti;
to‘rtinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini baholash mexanizmlari faqat holatlarni qayd etish va statistik ma’lumotlarni joriy to‘plashdan iborat bo‘lib, bu ko‘pchilik hollarda joylardagi ishlarning haqqoniy holatini aks ettirmaydi;
beshinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari javobgarlik sohasining aniq chegarasi, ayniqsa, joylarda ijro etuvchi hokimiyat organlarining ichki idoraviy va idoralararo o‘zaro hamkorligining ta’sirchan mexanizmlari mavjud emas;
oltinchidan, davlat funksiyalari va vakolatlarining haddan tashqari markazlashganligi hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va aholining eng muhim muammolarini hal qilishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rolining pasayishiga olib kelmoqda;
ettinchidan, boshqaruv jarayoniga ishlarni rejalashtirish va tashkil etishning zamonaviy innovatsion uslublarini, ilg‘or axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasi qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash va uning jarayonini tezkor kuzatib borish imkonini bermaydi, shuningdek, davlat boshqaruvida ortiqcha byurokratlashtirish va yuqori sarfxarajatlarga sabab bo‘lmoqda;
sakkizinchidan, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan davlatning tartibga solish va xo‘jalik funksiyalari qo‘shib olib borilishi, etarli darajada moslashuvchanlikka va bozorga yo‘naltirilganlikka ega bo‘lmagan eskirgan tarmoq boshqaruv tizimi, individual imtiyoz, preferensiya va afzalliklarning asossiz taqdim etilishi sog‘lom raqobat muhitining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda;
to‘qqizinchidan, ijtimoiy va davlatxususiy sheriklikning rivojlanmaganligi nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik sub’ektlarining dolzarb ijtimoiyiqtisodiy muammolarni hal etishdagi ishtirokini cheklamoqda va oqibatda byudjet xarajatlarining kamayishini ta’minlamayapti;
o‘ninchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining etarli darajada ochiq va shaffof emasligi, jamoatchilik nazoratining kuchsiz mexanizmlari haddan tashqari byurokratiya va korrupsiyaning turli ko‘rinishlariga olib kelmoqda;
o‘n birinchidan, ayrim rahbarlarda lozim darajada mas’uliyat va tashabbuskorlikning mavjud emasligi hududlarni kompleks ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni va maqsadli ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida hamda sifatli hal etishga salbiy ta’sir qilmoqda.
Ko‘rsatib o‘tilgan tizimli muammolarni bartaraf etish, innovatsion rivojlanishning zamonaviy umumjahon tendensiyalarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, shuningdek, 20172021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil ro‘yobga chiqarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi qabul qilindi. Unda 4. Davlat xizmatining jozibadorligini oshirish, korrupsiyaning yuzaga kelish xavfi va mansab suiiste’molchiligini kamaytirish imkonini beradigan davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minotining zamonaviy tizimini yaratish.
5. Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarga axborot taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish, jamiyat va biznes bilan o‘zaro hamkorlik qilishda ortiqcha ma’muriy sarfxarajatlarga barham berish vazifalari belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 14 martdagi PQ2833son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda fuqarolar va jamoat tashkilotlarining rolini yanada kuchaytirish maqsadida 2018 y. 8 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida 15son Qarori qabul qilinadi.
Nizomning 6 bandiga binoan: “Quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda fuqarolar va jamoat tashkilotlari rag‘batlantirilishi mumkin:
qasddan sodir etilishi rejalashtirilayotgan yoki sodir etilayotgan ma’muriy huquqbuzarlikning oldini olishi yoxud to‘xtatishi;
tayyorgarlik ko‘rilayotgan jinoyat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi natijasida jinoyat sodir etilishining oldi olinishi;
qasddan sodir etilayotgan jinoyatni to‘xtatishi va uni to‘liq fosh etishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashishi;
fosh etilmagan jinoyat bo‘yicha uni fosh etishga ko‘maklashuvchi dalillarni aniqlashi yoki uni sodir etgan shaxslar yoxud ularning qaerda ekanligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi natijasida jinoyatning fosh etilishi;
qonun hujjatlariga muvofiq qidiruv e’lon qilingan shaxsning yashiringan manzili haqida xabar berishi, uni ushlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashishi;
bedarak yo‘qolgan shaxs haqida bergan ma’lumoti asosida uning aniqlanishi;
aholi o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi targ‘ibottashviqot tadbirlarida faol ishtirok etishi va uni bevosita amalga oshirishi;
jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va bunga imkon beruvchi shartsharoitlarni bartaraf etish borasida taklif va tashabbuslarni amalga joriy etishi.”
Nizomning 14 bandiga binoan Fuqarolarni pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirish tegishli idoralararo komissiyalar tomonidan quyidagi miqdordagi to‘lovlarni to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi:
tuman (shahar) idoralararo komissiyalari — eng kam oylik ish haqining o‘n baravarigacha;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar idoralararo komissiyalari — eng kam oylik ish haqining o‘n besh baravarigacha;
Respublika idoralararo komissiyasi — eng kam oylik ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda.
3. Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida xorijiy davlatlar tajribasi
Keling shu o‘rinda, korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi xalqaro hujjatlar xususida to‘xtalib o‘tsak.
Ayrim tadqiqotchilar fikriga ko‘ra korrupsiya darajasi eng past bo‘lgan davlatlardan biri Finlyandiya hisoblanadi. Hozirgi kunda Finlyandiyada yiliga 34 ta poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyat ishlari ko‘rilar ekan. 19801989 yillarda, 81 nafar shaxslar pora olganlik uchun, 49 nafar shaxslar pora berganlik uchun jazolangan.
SHunisi e’tiborliki, Finlyandiya Jinoyat kodeksida “korrupsiya“ degan tushuncha majud emas. Unda mansabdor shaxslarning poraxo‘rligi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lib, bunday jinoyatni sodir etgan mansabdor shaxslar uchun qilmishning ijtimoiy xavfliligiga qarab jarima yoki 4 yilgacha bo‘lgan muddatga turmaga qamash jazosi tatbiq etiladi.
Ajablanarlisi, Finlyandiyada maxsus korrupsiyaga qarshi kurash haqida qonun mavjud emas, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi maxsus organ ham tuzilmagan. Korrupsiyaga umumiy jinoyatchilikning bir qismi qabilida kurash olib boriladi. Finlyandiya Konstitutsiyasi, Jinoyat kodeksi, Fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun, ma’muriy boshqaruvga oid yo‘riqnomalar va boshqa qonunosti hujjatlar korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hujjatlar hisoblanadi. Bularning orasida eng muhimi Ahloq qoidalaridir.
Finlyandiyada korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hujjatlar ijrosi ustidan nazorat mamlakat Prezidenti tomonidan tayinlanadigan, biroq, mutloq mustaqil faoliyat yurituvchi Adliya kansleri va parlament vakili Ombudsman tomonidan olib boriladi. Ular butun hokimiyat tarmoqlari faoliyatini nazorat qilish vakolatiga egalar.
YUqori martabali mansabdor shaxslarni ayblash haqidagi jinoyat ishlari maxsus tashkil etilgan Davlat sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bu sud hattoki davlat rahbariga nisbatan bo‘lgan ishlarni ham ko‘rib chiqishi mumkin. Unga Adliya kansleri, parlament vakili Ombudsman, hukumat vakillari, Oliy sud va ma’muriy sud sud’yalari a’zo bo‘lishi mumkin. Ikkinchi Jaxon Urushidan keyin Davlat sudi bor yo‘g‘i bir marta chaqirilgan xolos.
Davlat xizmatchilari soni unchalik ko‘p emas. Ayniqsa, 90yillarda keyin davlat xizmatchilari soni deyarli teng yarimiga, ya’ni 230.000 dan 127.000 ga qisqartirilgan. Finlyandiyada davlat xizmatchilarini korrupsiyalashuvidan saqlovchi muhim omillardan biri ularning moddiy va ijtimoiy ta’minlanganligidadir.
Alohida ta’kidlash lozimki, Finlyandiyada ommaviy axborot vositalari ijtimoiy nazoratning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Hukumat esa ommaviy axborot vositalariga nafaqat erkinlik yaratib bergan, balki har bir e’lon qilingan korrupsiya holati bo‘yicha aniq choralarni ko‘rib boradi. Finlyandiya korrupsiyaga qarshi bir qancha xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan, xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini faol olib boradi.
Davlat hokimiyati organlarini korrupsiyaning zararli ta’siridan saqlash zaruriyati AQSH hukumatini korrupsiyaga qarshi kurashni XIX asrdayoq davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilashga majbur qilgan. Lekin bu yo‘nalishdagi ishlar faqat XX asrning o‘rtalariga kelib faol tus oldi. SHu narsa diqqatga sazovorki, AQSH qonunlarida nafaqat davlat xizmatchisi o‘z vazifasini bajarishi chog‘ida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi, balki davlat hokimiyati organlarida o‘z xizmatini to‘xtatgan shaxs bilan shunday holatning ro‘y berishi ham nazarda tutilgan.
Fransiyada davlat xizmati tizimidagi korrupsiyaning oldini olish va unga barham berish maqsadida XX asrning 90yillarida saylangan barcha davlat xizmatchilariga va korrupsiya ta’siriga berilishi mumkin bo‘lgan jamoat xizmati kadrlariga o‘z molmulki va daromadlari haqida mustaqil idoralarga ma’lumot berish majburiyatini yuklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, davlat apparati yuqori martabali xodimlarining daromadlari va molmulki haqidagi deklaratsiyalar keng miqyosda oshkor etilishini ta’minlaydigan huquqiy va tashkiliy asoslar yaratildi. Ma’muriy muassasada imzolangan munosabatlar yoki ular tomonidan berilgan ruxsatlar haqida keng jamoatchilikka axborot berish shakllari ishlab chiqildi. Ko‘cha harakati qoidalarini buzganlik uchun shu joyning o‘zida jarima to‘lash taqiqlandi. Davlat xizmati tizimidagi korrupsiyaning oldini olish va unga barham berish usuli sifatidagi davlat nazoratining samaradorligini oshirish maqsadida prefekturalarning qonuniylikka rioya etilishi ustidan nazorat olib boradigan xizmatlarda band bo‘lgan xodimlarining sonini ko‘paytirish va malakasini oshirish, shuningdek prefekturalarning xizmatlariga mazmuni korrupsiya xavfini kuchaytiradigan hujjatlarni bajarish muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Fransiya hukumati Hisob palatasi vakolatlarini kengaytirish, shuningdek korxonalarning o‘z xodimlarini korrupsiya xavfidan saqlash uchun ichki audit va nazorat tadbirlari o‘tkazish borasidagi sa’yharakatlarini qo‘llabquvvatlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bundan tashqari, Fransiya hukumati Adliya vazirligi qoshida Korrupsiyaga qarshi kurash markaziy xizmati tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
GFR tajribasi korrupsiyaga ta’sirchan sohalarni aniqlash, mamlakat markaziy bankida davlat xizmatchilarini pora evaziga og‘dirishda fosh qilingan jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lumotlar bazalarini tashkil etish korrupsiyaning oldini olish borasida eng samarali tashkiliyhuquqiy choratadbirlar bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu ularga yangi nom bilan yoki boshqa niqob ostida davlat buyurtmalarini olishga, boshqaruv kadrlarini rotatsiya qilishga, boshqaruv xodimlari faoliyati ustidan ichki nazorat olib boradigan tashqi bo‘linmalar tashkil etishga imkon bermaydi.
Rossiya Federatsiyasi sobiq ittifoq davlatlari orasida korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borayotgan davlatlardan biridir. Jumladan, 1992 yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining “Davlat xizmati tizimida korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilingan, 1997 yil noyabr oyida Rossiya Federatsiyasi Dumasida uchinchi o‘qishda “«Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan. SHu bilan birga, Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha Federal Davlat dasturi ishlab chiqilgan.
Mazkur qonun 6 ta bob va 38 ta moddadan iborat bo‘lib, u korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olish, fosh qilish va to‘xtatish, ularning oqibatlarini bartaraf qilish va aybdor shaxslarni jazolash uchun sharoit yaratish yo‘li bilan inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat manfaatlarini, davlat xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan.
Faoliyatining dastlabki davrlarida boshqarma tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurash olib borish, jinoyat ishlarini tergov qilish bilan bir qatorda quyi bo‘limlarning faoliyati ustidan ham nazorat olib borilgan bo‘lib, keyinchalik bu vazifa mahkamaning prokuratura idoralariga tergov ustidan nazorat qilish boshqarmasiga olib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |