Favqulodda vaziyatlarni oldini olish – oldindan o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y berganda esa odamlar xayoti, sog‘ligini saqlash, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish – favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda o‘tkazilib, odamlar hayoti va sog‘ligini saqlash, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek FV ro‘y bergan zonalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik, xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar majmuidir.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy tamoyillari insonparvarlik, inson hayoti va sog‘ligining ustuvorligi; oshkoralik; axborotning o‘z vaqtida berilishi va ishonchli bo‘lishi; favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarining oldindan ko‘rilishidan iborat,
“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni ta’minlash tizimi” (6—14-moddalar) - muhofaza tizimini tashkil etuvchi organlar, ularning vazifalari haqida so‘z yuritiladi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT), Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning majburiyatlari belgilab berilgan.
Favqulodda vaziyatlar yana tarqalish miqyosiga (shikastlanganlar soniga xamda moddiy yo‘qotishlar miqdoriga qarab) ko‘ra 4 guruxga bo‘linadi:
Lokal (ob’ekt miqyosidagi) FV;
2. Maxalliy FV;
3. Respublika (milliy) FV;
4. Transchegaraviy (global).
Lokal favkulodda vaziyat — biror ob’ektga taalluqli bo‘lib, uning miqyosi o‘sha ob’ekt xududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq bo‘lmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo‘lmagan odamning xayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favkulodda vaziyat paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish xaqi mikdorining 1 ming baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorni tashkil etgan xisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu ob’ekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi.
Maxalliy tavsifdagi favkulotda vaziyat — axoli yashaydigan xudud (axoli punkti, shaxar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq, birok 500 dan kam bo‘lmagan odamning xayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favkulotda vaziyat paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish xaki miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq yarim million baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorni tashkil etgan xisoblanadi.
Respublika (milliy) tavsifdagi favkulotda vaziyat deyilganda — favkulotda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning xayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar FV paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish xaqi mikdorining 0,5 million baravaridan ortig‘ini tashkil etadigan, xamda FV mintaqasi viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, respublika miqyosida tarqalishi mumkin bo‘lgan FV tushuniladi.
Transchegaraviy (global) tavsnifdagi favkulotda vaziyat deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan yoxud FV chet elda yuz bergan va O‘zbekiston xududiga daxldor holat tushuniladi.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va xarakat qilish davlat tizimi. Favqulotda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda xarakat qilish davlat tizimi Qorakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar xokimliklarining, vazirlik va idoralarning, korxona, muassasa va tashkilotlarning boshqaruv organlari, kuchlari hamda vositalaridan iborat.
Favkulotda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda xarakat qilish davlat tizimi tarkibi va faoliyat ko‘rsatishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi:
-favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar davlat rezervlari yaratilishini ta’minlaydi hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
-favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga oid kuchlar va vositalarni moliya hamda resurs jixatidan ta’minlashni, ularni maxsus texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlashni amalga oshiradi;
-favqulotda vaziyatlar tasnifini tasdiqlaydi hamda ularni bartaraf etishda ijro xrkimiyati organlari ishtiroki darajasini belgilaydi;
-vazirliklar, idoralar, ijro xokimiyati mahalliy organlarining aholini va xududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
-qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi:
-favqulotda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda aholi hayoti va sog‘ligini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish, favqulotda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararni kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
-aholini va xududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maxsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi;
-o‘z vakolati doirasida vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;
-boshqaruv organlarining, aholini va xududlarni muhofaza qilish kuchlari va vositalarining favqulotda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‘lishini tashkil etadi;
-favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari boshqaruvini amalga oshiradi, boshqaruv punktlari, xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi;
-favqulotda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlar o‘tkazilishini tashkil etadi;
-aholini va xududlarni favkulotda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
-ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlar bo‘yicha loyixalar va qarorlar yuzasidan davlat ekspertizasi o‘tkazilishida ishtirok etadi;
-qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishdagi ishtiroki.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
-aholi punktlari, suv ta’minoti manbalari, ijtimoiy va madaniy obektlarning sanitariya va ekologik holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga yordam beradilar;
-fuqarolarni favqulotda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qiladilar;
-qonun xujjatlariga muvofiq boshka choralarni amalga oshiradilar.
Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari. Fuqarolar:
-xavfsizlik choralariga rioya etishlari, ishlab chiqarish va texnologiya intizomi, ekologik xavfsizlik talablari favqulotda vaziyatlar ro‘y berishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tarzda tuzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari;
-muhofazalanishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘llarini o‘rganishlari hamda o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirishlari;
-favqulotda vaziyatlar ro‘y berishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan avariyalar, ofatlar va xalokatlar taxdididan darak beruvchi alomatlar borligi to‘g‘risida tegishli organlarga xabar berishlari;
-favqulotda vaziyatlar taxdid solgan va boshlangan sharoitlarda ogoxlantirish belgilarini, yurish-turish qoidalari va xarakat qilish tartibini, umumiy va yakka muxofazalanish vositalaridan foydalanish usullarini bilishlari;
-zarurat bo‘lganda avariya-qutkaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni o‘tkazishda yordamlashishlari shart.
FVDT boshqaruv organlarining ob’ektlar darajasidagi vazifalari quyidagilardan iborat:
• Favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ob’ektlar ishining FV chog‘ida ishonchliligi va barqarorligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
• Boshqaruv organlarining, ob’ektlar kuch va vositalarining FV chog‘idagi xarakatlarga tayyorligini ta’minlash;
• Avariya qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga shu jumladan, ob’ektlar xodimlarini evakuatsiya qilishga rahbarlik qilish;
• Favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;
• Ob’ektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, xodimlarini FVlardagi xarakatlarga tayyorlashni tashkil etish.
FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi:
• Aloqa va tashviqot;
• Radiatsiya va kimyoviy kurollar ta’siriga karshi;
• Jamoat tartibini saqlash;
• Elektr ta’minoti;
• Avariya texnikani ta’mirlash;
• Panada va qochoqlar maskanida xizmat ko‘rsatish;
• Transportda xizmat ko‘rsatish;
• Moddiy ta’minot va boshqa vazifalar.
Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining yaratilish mohiyati respublikamiz hududlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lish ehtimoli yuqori ekanligidadir. Har qancha oldi olinishiga qaramasdan favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lib turar ekan, ularni bartaraf etish uchun ma’lum kuch va vositalar zarur bo‘ladi.
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatning turi, xususiyatiga muvofiq maxsus kuchlar jalb qilinadi. Bunday vaziyatlarda favqulodda vaziyatning vaqti, qamrab olgan hududi, aholi punkti va boshqa xususiyatlariga alohida e’tibor berilib, zudlik bilan ishga kirishiladi.
Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuchlari nafaqat Vatanimiz hududlarida sodir bo‘ladigan noxush vaziyatlarni bartaraf etishda, balki qo‘shni va uzoq xorijiy mamlakatlarda bo‘ladigan favqulodda vaziyatlarda ham insonparvarlik yordamlarini ko‘rsatishi mumkin. Buning uchun ular albatta maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari, doimo jangovar holatda bo‘lishlari uchun o‘quv-mashq amaliyotlarida murakkab vazifalarni amalga oshirishlari zarur.
FVDT o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari va ko‘rsatmalariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Quyidagilar FVDTning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
respublika hududidagi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
favqulodda vaziyatlarning oldini olishga, odamlar xavfsizligini ta’minlashga, xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarishlarning tavakkalchiligini pasaytirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va kompleks ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta’minlash;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotlarni yig‘ish, ishlab chiqish, ayirboshlash va berish;
aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, FVDT kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fuqarolarning, shu jumladan ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish;
vujudga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan sug‘urta qilishning maqbul tizimini ta’minlash.
“O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 24 avgustdagi 242 – sonli Qarori) ga muvofiq:
FVDTning kuch va vositalari:
fuqaro muhofazasi qo‘shinlari;
favqulodda vaziyatlar vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysinuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari; qutqaruv tuzilmalari;
vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari, respublika, maxalliy va ob’ektlar darajasida FVDTga tegishli xududiy va funksional quyi tizimlarining qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari;
O‘zbekiston Qizil YArim oy Jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), «Vatanparvar» mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti.
FVVga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaxassislar bilan butlangan va maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida ta’minlashga mo‘ljallangan, doimiy tayyor holatdagi qutqaruv tuzilmalarini o‘z ichiga oladi.
FVVga tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YOng‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining alohida murakkab va uzoq davom etadigan yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan otryadini, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika tezkor tibbiy yordam ilmiy markazini va uning filiallarini, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining qidiruvchi havo kemalarini, mahalliy davlat hokimiyati organlari avtotashuvchilari hududiy uyushmalari avtotransport va avtosanitariya otryadlarini, shuningdek favqulodda vaziyatlarni tugatishga hamda FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini ta’minlashga mo‘ljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.
Prognozlashtirilayotgan yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning holati, ko‘lamlaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘i, shuningdek fuqaro muhofazasi boshlig‘i — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qarori bilan muayyan bir hudud doirasida FVDT faoliyat ko‘rsatishining quyidagi rejimlaridan biri o‘rnatiladi:
kundalik faoliyat rejimi — me’yordagi ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyatda, epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar bo‘lmaganda;
yuqori tayyorgarlik rejimi — ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyat yomonlashganda, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligi to‘g‘risida prognoz olinganda;
favqulodda rejim — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda vaziyatlar davrida.
«O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi tuzilmalari Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida» (FM boshlig‘ining № 3 sonli Buyrug‘i 10.11.2007 yil)
VI. Ob’ekt tuzilmalari -Korxonalar, tashkilotlar, idoralar, xo‘jaliklar va barcha muassasalarda FM vazifalarini bajarish maqsadida ushbu ob’ektlarda ishlovchilar soni va ob’ektlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni va mavjud shart sharoitlarni hisobga olib quyidagi tuzilmalar tashkil etadi:
- razvedka guruhlari, zvenolari;
-aloqa va xabar berish guruhlari, zvenolari;
- qutqaruv komandalari yoki guruhlari;
- sanitar drujinalari yoki sanitar postlari;
- jamoat tartibini saqlash guruhlari;
- yong‘in xavfsizligi guruhlari;
- himoya inshootlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha guruhlar yoki zvenolar;
- avariya-texnik guruhlar;
- radiatsiyaviy-kimyoviy nazorat postlari;
- boshqa tuzilmalar.
Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha maxsus bo‘linmalari mavjud bo‘lib, ular nafaqat yirik noxush vaziyatlarda, balki turmush sharoitida uchrab turadigan maishiy noxush vaziyatlarda ham ishtirok etishmoqda. Albatta, maxsus qutqaruv kuchlari bor ekan deb, axoli o‘rtasida xotirjamlikka berilish aslo o‘rinli emas. CHunki hozirgi vaqtda dunyo miqyosida asosiy mablag‘ va kuchlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan va sarf qilinmoqda. Lekin, mazkur tizim qanchalik rivoj topmasin, hayotimiz turli nohush vaziyatlarda kafolatlangan emas.
Zero, Prezidentimiz I.Karimovning so‘zlarini eslasak, “Har qanday mintaqada xavfsizlikni ta’minlash muommolari muayyan mohiyatga ega. Shuningdek, har bir mintaqaning o‘z xususiyatlari va xavfsizlikni saqlash omillari bor” (O‘zbekiston XXI-asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va tarqqiyot kafolatlari. 11-12-B).
SHuning uchun maxsus qutqaruv xizmatlari bilan bir qatorda joylardagi, turli muassasa va korxonalar qoshidagi qutqaruv xizmatlarining Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘rni aloxida e’tiborga molik. Xozirgi vaqtda ular malakasini oshirish, kerakli anjomlar bilan ta’minlash xar bir raxbarning zimmasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biri bo‘lmog‘i shart.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari. Respublikamiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o‘rindadir.
So‘nggi yillarda Oliy Majlis tomonidan yangi asrda aholining xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas’uliyati va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zaminini belgilovchi bir nechta qonunlar qabul qilindi.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasining huquqiy asosini tashkil etuvchi hujjatlar talablarini chuqur bilmasdan turib favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini samarali amalga oshirib bo‘lmaydi. Har bir rahbar xodim, har bir fuqaro muhofazasi bo‘yicha mutaxassis bu hujjatlarni bilib, o‘rganibgina qolmay, zarur bo‘lgan vaziyatlarda ulardan kelib chiqadigan talablarni amalda qo‘llay bilishi ham lozimdir. Boshqacha aytganda: “Har qanday qonun ijro qilingan taqdirdagina qonundir. Qonunning amalda ishlashi uchun esa unga yordamchi aktlar tuzish, eng asosiysi esa, uni hayotga tadbiq etish kerak” (I.Karimov).
Bu so‘zlar O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi bo‘lmish Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning joylardagi boshqarma, bo‘limlari elkasiga yanada mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |