Sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlash va
kanalizatsiya tizimlari
Sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlash uni faqatgina ichimlik suv bilangina emas, balki sanoat maqsadlari uchun, shuningdek, yong‘inga qarshi kurash vositasi sifatida ham qarash kerak.
SHuning uchun sanoat korxonalarida ishlatiladigan suvning sifatini belgilash, ichimlik va xo‘jalik ehtiyojlari uchun ayrim yaxshi tozalangan sifatli suvlarni ishlatish, sanoat maqsadlari uchun va yong‘inga qarshi kurash vositasi sifatida birlamchi ishlatilgandan keyin, ya’ni ichimlik va xo‘jalik maqsadida qo‘lanilgan suvni qayta tozalagandan keyingi suvlar—texnik suv sifatida ishlatilishi mumkin. Bunda biz, birinchidan, hozirgi zamonda tanqisligi sezilaboshlagan chuchuk suvni tejasak, ikkinchidan, oqava suvlarini suv havzalariga tashlab ularni ifloslantirmaslik, shu bilan tabiat tozaligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Demak, har bir sanoat korxonasi uchun suv manbalarini tanlash va ularni suvni ifloslanishiga yul qo‘ymaslik asosida chiqarilgan hujjatlarga asoslanib, foydalaniladi. Bunda asosan sanitariya qoida va me’yorlari bo‘yicha berilgan sifat ko‘rsatgichlari va suv tarkibidagi zararli moddalarning chegara miqdorlari belgilangan bo‘ladi.
Suv havzalaridan olingan suvlar albatta toza bo‘ladi va shuning uchun ehtiyoj sifatida foydalanish mumkin. Har bir sanoat korxonasi uchun zarur bo‘lgan suv miqdori, uning texnologiyasi va ishlab chiqarish quvvatiga bogiiq bo‘ladi.
Me’yoriy hujjatlarda xo‘jalik maqsadlari va ichimlik suvlari sifatida ishlatiladigan suv me’yorlari keltirilgan. Bu me’yorlar issiq sexlar uchun har bir ishchi uchun bir smenada 45 l, issiq bo‘lmagan sexlarda 25 l qilib belgilangan. Ammo bu miqdorlar doimiy bo‘lmay o‘zgaruvchan bo‘ladi va koeffitsientlar bilan beriladi.
Sanoat va xo‘jalik maqsadlarida ishlatib bo‘lingan suvlarni kanalizatsiya tizimi orqali yig‘iladi. Kanalizatsiya umumiy ishlatilib bo‘lingan suvlarni yig‘uvchi tarmoqlarga, er osti trubalari, kanallari, kuzatish quduqlari, nasos stansiyalari, bosimli yoki oqava kollektorlar, tozalash qurilmalari, zararsizlantirish va yig‘ish qurilmalariga ega bo‘ladi. Yig‘ish qurilmalarida yig‘ilgan tozalangan suv texnik maqsadlar va yong‘inga qarshi kurash suvi sifatida ikkinchi marta sanoat korxonasiga qaytariladi.
Sanoat korxonalarida foydalaniladigan kanalizatsiya tizimlari atrof-muhitdan butunlay ajratilgan bo‘lishi kerak. Kanalizatsiya quvirlaridan suvni erga-tuproqqa o‘tib shimilishiga mutlaqo ruxsat berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish qonuniga asosan sanoat korxonasidan oqib chiqadigan har qanday suv tozalanmasdan suv havzalariga qo‘shib yuborilishi mutlaqo taqiqlanadi. Ularni albatta zararli moddalardan va iflosliklardan tozalash talab qilinadi. Bu shartlarni bajarishda tozalashning kimyoviy, mexanik va biologik usullaridan foydalaniladi.
Tozalangan suv tarkibi va sifati, uni tozalash usullari va tozalash qurilmalari turlari QMQ 2. 04. 05 — 97 talablariga javob berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |