Canoat korxonalarini loyixalashda “Umumiy sanitariya-gigiena talablari”
(Ish zonasining xavosi). GOST 12..1.005-76 talablari asosida YQBK bo‘yicha ish joyidagi xavo muxiti bilan taminlanadi. Mexnat muxofazasi standart tizimlari GOST 12.1.005-76 “Zaharli moddalar” xavflilik darajasiga karab xamma zaharli moddalar 4 ta sinfga bo‘ladi.
1-Sinf. O‘ta xavfli moddalar, bunday moddalarga PDK 0,1 mg/m3 dan kam (simob tuzlari, qo‘rg‘oshin, berilliy va uning birikmalari, kadmiy va uning noorganik birikmalari, ftor, fosfor). .
2-Sinf. YUqori xavfli moddalar, bunday moddalarga PDK 0,1 - 1 mg/m3(geksogen, med, benzol xlor). .
3-Sinf. O‘rtacha xavfli moddalar, bunday moddalarga 1-10 mg/m3 (xlorid kislota, fenol, azot oksidlari, polipropilen, neft).
4-Sinf. Kam xavfli moddalar, bunday moddalarga PDK 10,0 mg/m3 dan yuqori (spirt, ishqoriy lak, atseton, toluol, pentan, ammiak).zararli moddalar saklagan mikdorda xavo tarkiblariga ajratiladi. Zaharli moddalarning havflilik darajasini, ya’ni sinfini sanitariya normasi SN 245-71, SN-4088-86 yordamida aniqlasa bo‘ladi. Ishchi hududning havoda mavjud zaharli moddalar ustidan nazorat 1 – sinf moddalari uchun uzluksiz bo‘lishi va qolgan sinflar moddalari uchun davriy bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish zaharlari yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajasi (YQOD) ni belgilashda: a) moddalarning fizik-kimyoviy xossalari hisobga olinadi;
tajriba tekshirish natijalaridan foydalaniladi; b) ishlab chiqarishdagi gigienik kuzatuvlar ma’lumotlariga, ishchilarning sog‘liq holati va kasallanishga doir materiallarga ham amal qilinadi.
Ish joyi xonasining xavosi tarkibidagi ushbu zararli moddalarni me’yorlashtirish, ishlab chiqarishda zaharlanishni oldini olish chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
Ishlab chikarish texnologiyasini takomillashtirish, yangi zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish;
Texnologik jarayonni avtomatlashtirish va kompleks mexanizatsiyalashtirish;
Asbob uskunalarni zichligini ta’minlash, germetiklashtirish yoki to‘siqlar bilan o‘rab olish;
Zaxarli moddalarni zaxarsiz moddalar bilan almashtirish;
So‘ruvchi va uzatuvchi havo almashtirgichlardan keng foydalanish;
SHaxsiy ximoya vositalari (gaz niqob, ko‘z oynak, qo‘lqop, maxsus ustboshlar)dan foydalanish.
Ish joyidagi havo tarkibidagi zaharli gazlarni tarkibini aniqlash uchun havo muhiti tekshiriladi. Havo muhitini tekshirishdan oldin ish joyida zaharli gazlar ajralayotgan qismlar aniqlanadi.
Sinama faqatgina ish joyidan olinmasdan, balki ishchilar qisqa muddatda bo‘ladigan joylardan ham olinishi shart. Sinama yuzadan 1,5 m balandlikda olinadi. Tekshirish natijasi asosida shu sex havo muhitini zaharlanganlik darajasi, havo almashtirgichlarni ish qobiliyati, hamda uskunalarning zichligi to‘g‘risida ma’lumot olsa bo‘ladi.
Sanoat sanitariya kimyosi aniq, ammo uzoq vaqt talab qiladigan analitik usullar (kolorimetrik, gaz xromatografiya, ultrabinafsha va infrakizil spektroskopiya va b.) bilan bir qatorda tezda ma’lumot beradigan ekspress usullarni, havo tarkibidagi zaharli gazlarni miqdorini aniqlashni tavsiya etadi.
Ekspress usulining asosini tez o‘tadigan rangli va sezgir reaksiyalar tashkil etadi. Havo tarkibidagi zaharli moddalarning konsentratsiyasini aniqlaydigan zamonaviy o‘lchash asboblari mavjud. Bularga gaz aniqlovchilar GX-1, GX-2, universal gaz o‘lchagichlar UG-1, UG-2, UG-6 misol bo‘ladi. Bu asboblarni ishlashi -tekshirilayotgan havo tarkibida zaharli gazlar bo‘lgan takdirda shisha naycha ichidagi indikator kukuni rangini o‘zgarish uslubiga asoslangan.
Har xil tuzilishga ega bo‘lgan fotoelektrik, elektrokimyoviy, optik va avtomatik gaz o‘lchagichlar ham ekspress usulini ta’minlaydi.
Universal gaz o‘lchagichlar UG-1, UG-2, UG-3 lar bir-biridan faqatgina aniqlaydigan gazlarining soni bilan farqlanib, bular zaharli gazlarni miqdorini mg/m3 birlikda aniqlab beradi va bunda hech qanday qo‘shimcha qayta hisoblashning zaruriyati bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda kimyoviy xavfli inshootlarning asosiylari «O‘zbekkimyosanoat» uyushmasiga qarashli korxonalar bo‘lib, ular Angren, Farg‘ona, Samarqand, Navoiy, CHirchiq, Olmaliq va boshqa shaharlarda joylashgan. Bu korxonalardan tashqari kimyoviy zaharli moddalar bilan ishlaydigan boshqa korxonalar ham mavjud - «O‘zgo‘shtsut», «O‘zbeksavdo», «O‘zqishloqxo‘jalik» mahsulotlari uyushmalari, Bekobod metallurguya korxonasi, Mikond korxonasi, Toshkent lak bo‘yoq, to‘qmachilik korxonalari, kommunal xo‘jalik vazirligi inshootlari va boshqalar. Hammasi bo‘lib respublika hududida 200 dan ortiq kimyoviy xavfli inshootlar bor. Ular ishlab chiqaradigan yoki xalq xo‘jaligida turli mahsulotlar ishlab chiqish uchun olib kelinadigan, saqlanadigan suyuq, qattiq, gaz holatidagi inson va hayvon sog‘ligi uchun zararli, kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar turi ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |