Mo‘tadil ob-havo sharoitini yaratish chora-tadbirlari
Bu ishlarni amalga oshirishda xonalarga issiqlik kirishini va uning ishchilarga ta’sirini chegaralash, shamollatishning samarali usullarini qo‘llash, mehnat va dam olish rejimlarini muvofiqlashtirish, har xil tarkibdagi ichimlik suvlar tashkil qilish va kiyim-bosh rejimini mukammallashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ishlarni mexanizatsiyalashtirish mehnatni engillashtiradi, energiya sarflashni kamaytiradi, shu tariqa organizmning issiqlab ketish imkoniyatini kamaytiradi. Jarayonlarni masofadan turib boqarish ham nurlanish manbayi bilan ishchi o‘rtasidagi masofani uzaytiradi va bu ishchiga ta’sir qiladigan radiatsiya kuchini kamaytiradi.
Uskunalar yuzasini issiqlik chiqishini kamaytiruvchi materiallar bilan qoplash, ishchilarni nur va konveksion issiqlikdan muhofaza qiladigan himoya ekranlari qurishning ham muhim ahamiyati bor. Ishlab chiqarishda qizigan yuzalar harorati QMQ 3. 01 02.-00 talablariga binoan 45C° dan oshmasligi kerak. Xonalardagi ortiqcha issiqlikni yo‘qotishda oqilona shamollatish muhim rol o‘ynaydi. Ayrim ish joylari va zonalarida normal mikroiqlim vujudga keltirish uchun havo dushlari va oazislar tashkil qilinadi. Mehnat qilish va dam olishning oqilona rejimini tashkil qilish, ish kunini qisqartirish, qo‘shimcha tanaffuslar joriy etish, samarali hordiq chiqarish uchun sharoitlar yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Dam olish vaqtida ishchi ob-havo sharoitlari normal (18—20 °C) haroratda, dam olish uchun maxsus o‘rindiqlari, stullari, kreslolari bo‘lgan xonada bo‘lishi kerak.
Agar alohida xonada dam olishni tashkil qilishning iloji bo‘lmasa ish joyi yaqinida dam olish zonalari-oazislar tashkil etilib, bnda shamollatish vositalari bilan normal harorat va havo harakat saqlab turiladi. Kiyim boshni ho‘llash, suv bilan bog‘liq tadbirlar (smena mobaynida 2—3 marta) organizmdan ortiqcha issiqlikni tez chiqaradigan qo‘shimcha vositalar hisoblanadi. Shu maqsadda ish joylariga yaqin yarim dushlar quriladi.
Oqilona ichimlik rejimini tashkil qilish yo‘qotilgan namlik, tuzlar va darmondorilarni o‘rnini qoplash uchun kerak. Bir smenada 4—4,5 kg tana massasini yo‘qotadigan issiq sexlarning ishchilari tuz qo‘shilgan gazli suv (0,5% NaCL eritmasi) bilan ta’minlanishi zarur. Bir smenada 3—3,5 kg gacha tana massasini yo‘qotadigan ishchilarga tuz ovqat ratsioniga qo‘shib beriladi. Ular oddiy gazli suv, ba’zan issiq choy va organizm faoliyatini oshiradigan hamda yo‘qotilgan darmondorilar o‘rnini qoplaydigan boshqa ichimliklar bilan ta’minlanadilar.
Issiqlab ketish va issiqlik nurlanishning boshga hamda ko‘zga yoqimsiz ta’sirini kamaytirishda shaxsiy muhofaza vositalari muhim rol o‘ynaydi. Korxona keng, mo‘l va qulay tikilgan, matosi esa bug‘lanish va konveksiya bilan issiqlik berishini qiyinlashtirmaydigan bo‘lishi kerak. Ip-gazlama, zig‘ir poyasidan to‘qilgan, dag‘al jun matolar shu talablaiga javob beradi.
Issiqlik nurlanishidan himoya qilish uchun yuzasiga tushadigan infraqizil nurlarni asosiy qismini qaytaradigan yupqa metall qatlamli, odatda alyuminiy qatlami sepib tayyorlangan matolar qo‘llaniladi. Korjoma pishiq va chidamli bo‘lishi kerak.
Boshni issiqlik radiatsiyasidan himoya qilish uchun fibro va dyuraledan tayyorlangan kaskalar, gardish’ari enlik kigiz qalpoqlar, ko‘zni himoya qilish uchun esa ko‘zoynaklar qo‘llaniladi. Turli xil ishlar uchun yorug‘lik filtrlari tanlash GOST da belgilangan.
Ochiq havoda ishlaganda doimiy ish joylarida ravonlar qurish, vaqti-vaqtida bo‘linadigan joylarga esa quyosh nurlaridan himoya qiladigan suriluvchan soyabonlar qurish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |