Guruh bilan ishlash qoidalari
Guruhning har bir a’zosi:
- o‘z sheriklarining fikrlarini xurmat qilishlari lozim;
- berilgan topshiriqlar bo‘yicha faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim;
- o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin;
- yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim;
- guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;
- “Biz bir kemadamiz, birga cho‘kamiz yoki birga qutilamiz” qoidasini yaxshi bilishlari lozim.
|
Guruhlar uchun topshiriqlar.
«CHARXPALAK» TRENINGI
№
|
Tayyor dori vositasini ishlab chiqarish uchun qanday me’yoriy xujjatlar kerak bo‘ladi
|
Me’yoriy xujjatlar
|
1
|
FM
|
|
|
2
|
VFM
|
|
|
3
|
DF
|
|
|
4
|
DST
|
|
|
5
|
TU
|
|
|
6
|
TST
|
|
|
7
|
Reglament
|
|
|
8
|
Ijtimoiy institut qarori
|
|
|
9
|
KST
|
|
|
10
|
Litsenziya
|
|
|
11
|
Pensiya daftarchasi
|
|
|
SWOT-tahlil” metodi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, baxs –munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv seminari yakunida, yoki o‘quv rejasi asosida biron bir bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin. Bu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikirlarini himoya qilishga, erkin fikirlash va o‘z fikrini boshkalarga o‘tkazishga , ochiq xolda baxslashishga , o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni baxslashish madaniyatiga o‘rgatadi.
Namuna: yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulining SWOT tahlilini ushbu jadvalga tushiring.
S
|
yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulining afzallik tomonlari
|
Bir vaqtning o‘zida tekshiri-luvchi moddaning ham chinligi, ham to‘zalagi va ham miqdorini aniqlashga imkon beradi..
|
W
|
yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulining kamchilik tomonlari
|
Asbob qimmat turadi...
|
O
|
yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulidan foydalanishning imkoniyatlari
|
Internet bilan bog‘langan...
|
T
|
To‘siqlar (tashqi)
|
Elektr bo‘lmasa ishlamaydi...
|
“Assesment” metodi
U shbu “Assesment” lardan ma’ruza mashg‘ulotlarida qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o‘rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy mashg‘ulotlarda esa mavzu yoki ma’lumotlarni o‘zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o‘z-o‘zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, o‘qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o‘quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo‘shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin.
Test
Lazer qurilmalaridan shaxsiy muxofaza vositalari-
A) avtomatlashtirish
B) masofadan turib boshqarish
V) yorug’lik filtrli muxofaza ko’zoynagi, xalatlar va qo’lqoplar
G) ogoxlantiruvchi belgilar
|
Rasmdagi qanday asbob va qaysi usulda ishlatiladi?
_____________________________
|
Moslikni tanlang
1.Orol qurishi 1. Tabiiy
2. Yong’in 2. Texnogen
3. Do’l, Sel 3. Aralash
|
K
III.NAZARIY MATERIALLAR
1-MA’RUZA
Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish
Reja:
1.«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining mohiyati va maqsadi.
2.Xavf tugrisida tushuncha. Xavfning taksonomiyasi, nomenklaturasi, kvantifikatsiyasi va identifikatsiyasi.
3.Xavfsizlikni tizimiy taxlil kilish. Xavfsizlikning tizimiy taxlili xakida tushuncha va uning maksadi.
4.Sabab va xavf tizimi.
5.Xayot faoliyati xavfsizligini boshkarish funksiyalari
Vatanimiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o‘rindadir. Asosiy Qomusimiz bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosini ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligi tashkil etadi. Insonning hayoti, yashashga bo‘lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi.
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining umumiy maqsadi-xavfsiz kelajakni ta’minlash, iqtisodiy masalalarni atrof-muhitni muhofaza qilish bilan chambarchas bog‘langan holda olib borish, inson faoliyatining ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyati bilan chegaralanmasdan, uning xar xil tabiiy va tasodifiy ofatlardan saqlash masallarini o‘rganish xisoblanadi. Buning asosida rivojlanishning hamma jarayonlarini tekis o‘sib borishini ta’minlash, umumbashariy tabiiy zahiralarni tejash, texnologiyalarni xavfsizlarini tanlash, tashqi muhit bilan xavfsiz muloqot qilishni ta’minlaydigan etuk kadrlarni tayyorlash masalalari yotadi. Bunda e’tiborni hamma jabhalarda bu ishlarga alohida ahamiyat beruvchi rahbar xodimlarni tayyorlash masalasiga ahamiyat berish zarurati ko‘rinadi. Xayot faoliyati xavfsizligi negizini uchta mustaqil fan tashkil qiladi: mehnatni muhofaza qilish (ishlab chiqarish sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi, mexnat qonuniyatlari, yong‘in xavfsizligi), ekologiya-atrof-muhitni muhofaza qilish va fuqarolar mudofaasi (favqulodda xolatlar) fanlari. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning qonuniy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Favqulodda vaziyatlar vazirining ko‘rsatma va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlari tashkil etadi.
Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining diqqat markazida qo‘yilgan maqsad bu insonni jamiyat taraqqiyotidagi roli. Hayotiy faoliyat xavfsizligi - bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Ilmiy texnik rivojlanish xayot faoliyat xavfsizligiga bog‘lik bo‘lgan yangi muammolarni keltirib chikaradi. Bu masalalarni xal etish ilmiy tadkikot natijalari va chukur bilimlarni bulishni takkoza qiladi. Tadkikot natijalari sanitariya va kurilish normalarida, aktlar, koidalar xavfsizlik me’yorlari, konunlashtirilgan aktlar va boshka materiallarda bayon etilgan.
Hozirgi zamon ishlab chikarishdagi jarayonlarni bajarishda ko‘plab mashina va uskunalar ishlatiladi. Ularga aloxida-aloxida xavfsizlik talablari ishlab chikarilgan. Shu boisdan xayot faoliyati xavfsizligi masalalarini qismlarini o‘rganishda xavf paydo bo‘lish manbalari, ularning qisqacha xarakteristikasi, insonga ta’siri, muxofaza yo‘llarini ma’ruza matnida bayon etish lozim. Xayot faoliyat xavfsizligi fanini urganishda texnik, fizik-ximiyaviy, tibbiy, biologik, kishlok xujaligi, xukukiy va boshka fanlarning yutuklariga asoslanish zarur.
Unda mehnat muhofazasiga qisqacha kirish, mehnat qonunchiligi, mehnat gigienasi va sanoat sanitariyasi, sexlarini yoritish, shovqin va titrash, elektr havfsizligi, og‘ir ko‘p mehnatni mexanizatsiyalash, korxona xududini obodlantirish, yong‘in havfsizligini ta’minlash va boshqa dolzarb muammolar o‘rganiladi.
Fanning vazifasi bo‘lajak mutaxassislarga xayot faoliyati va mehnat xavfsizligini ilmiy asosini o‘rganish, ularga ishlab chiqarishda sog‘lom ish sharoitini yaratish, shuningdek ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni ta’minlashni o‘rganishdir.
SHunday kilib, xayot faoliyat xavfsizligi fani barcha konunlashtiruvchi aktlar, ijtimoiy-iktisodiy, tadbirlar tizimi bo‘lib insonni ishga kobiliyatligini, sog‘ligini va xavfsizligini ta’minlaydi.
Hayotiy faoliyat xavfsizligi-inson faoliyatining barcha jabhalaridagi xavfli va zararli omillardan tortib inson himoyasi muhofazasi nazariyasi va amaliyotini o‘z ichiga oluvchi ilmiy bilimlar sohasi sanaladi. Hayotiy faoliyat xavfsizligi vazifasi xavflar ta’sir etish darajasini baholash, muxofazalash uchun qo‘llanadigan vositalar, yo‘l-yo‘riqlar, qo‘llanmalar, usullarni ishlab chiqishni shakllantirishdan iborat.
Fan va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy – iqtisodiy xavfsizlikni oshirib, shu bilan birga aholi salomatligi uchun bo‘lganidek, atrof-muhit uchun ham xavfsizlikning yangi turlari vujudga kelishiga olib keldi. Xavfsizlik–tushunchasi deganda ishlash davomida insonga ta’sir etuvchi xavfsizlikni va inson salomatligiga ta’sir etuvchi xolatdir.
Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi paytda baxtsiz hodisalar oqibatidagi o‘limlar yurak-tomir va onkologik kasalliklardan keyin 3-o‘rinda turadi. Agar kasalliklardan, asosan katta yoshdagi kishilar hayotdan ko‘z yumsa, baxtsiz voqealar natijasida esa mehnatga layoqatlilar asosan halok bo‘ladi. SHikastlanish – 2 yoshdan 41 yoshgacha bo‘lgan insonlar o‘limining asosiy sababidan hisoblanadi.
Insoniyat vabo, o‘lat, chechak, terlama epidemiyalarini engib o‘tdi, hayotini uzaytirish usullarini izlamoqda, biroq baxtsiz hodisalar bilan samarali kurashishning uddasidan chiqmoqda. SHikastlanish hozirgi vaqtda haqiqiy ijtimoiy kulfat epidemiya ko‘lamiga tenglashdi.
Hayotiy faoliyat – inson organizmidagi murakkab biologik jarayon bo‘lib, salomatlik va mehnatga layoqatni saqlash imkoniyatini beradi.
Har qanday faoliyat salohiyati xavfli. Turli sabablarga ko‘ra, o‘lim holatlari ehtimoli bor.
Baxtsiz hodisalar xarakteri Ehtimolligi
Do'stlaringiz bilan baham: |