25-maruza: Tayyor dori vositalarining yaroqlilik muddatini belgilash Reja: Kirish
1.Tayyor dori vositalarining yaroqlilik muddatini aniqlash usullari:
-an’anaviy usul bilan yaroqlilik muddatini aniqlash;
-tezlashtirilgan eskirish usuli bilan yaroqlilik muddatini aniqlash:
a) Izotermik usul
b) Arrenius tenglamasidan foydalanib dori vositalarini yaroqlilik muddatini aniqlash
v)Rodjers (noizotermik ) usuli.
An’anaviy usul Bu usulda dori vositasi uni yaroqliligini saqlab qoladigan muddatgacha qoldirilib, o‘zgarishlar kuzatiladi. Bunga 2-5 yil kerak bo‘ladi.
Izotermik usul Bu usul Vant-Goff qoidasiga ko‘ra, harorat har 100S ga ko‘tarilganda kimyoviy reaksiyaning tezligi 2-4 marotaba ortishiga asoslangan qoidaga nisbatan qo‘llanilib, yaroqlilik muddatini aniqlash 400S dan 700S gacha haroratda aniqlanganligi uchun tezlashtirilgan usul bilan yaroqlilik muddatini aniqlash uchun undan foydalanish mumkin.
“YUqori haroratda “Tezlashtirilgan eskirish” usuli yordamida dori vositalarini yaroqlilik muddatini aniqlash bo‘yicha I-42-2-82 sonli yo‘riqnoma” dan foydalanib dori vositalarini yaroqlilik muddatlari aniqlanadi.
Dori vositalarining oddiy sharoitda saqlashdagi yaroqlilik muddati, ularni tajriba sharoitida yuqori haroratda saqlashdagi yaroqlilik muddati bilan bog‘liqligi quyidagi formulada keltirilgan.
S= K *Staj Bunda
K - reaksiyaning tezlanish koeffitsienti
S – dori vositasining oddiy sharoitdagi saqlanish muddati
Staj - dori vositasining tajriba sharoitida yuqori haroratdagi saqlanish muddati.
Harorat koeffitsientining o‘sib borish natijasida reaksiyaning tezlanish qiymatlari kuyidagi jadvalda aks ettirilgan
Tajriba davomida quyidagilarga e’tibor berish lozim:
1. Termostatda DM solingan idish buzilishi yoki agregat holati o‘zgarmasligi kerak;
2. DV namunalarining tajriba davomida saqlash harorati orasidagi farq (ttaj -tod)(100S dan yuqori bo‘lishi lozim;
3.DV ni termostatda saqlash davomida uni sifati MTX talabi bo‘yicha tekshirib boriladi;
4.”Tezlashtirilgan eskirish” usuli bilan DV larining saqlash muddatini aniqlash jarayonida ularning sifatini tekshirish oddiy sharoitda 6 oy saqlashga teng bo‘lgan vaqt ichida tekshirib boriladi
5.”Tezlashtirilgan eskirish” usuli bilan dori vositasining saqlash muddati (S) uning tajribadagi saqlash muddati (Staj) reaksiyaning tezlanish koeff itsientiga (K) ko‘paytirish bilan topiladi. Agar tekshirilayotgan modda ishlab chiqarilgan kundan, uni termostatga qo‘ygunga qadar 30 kundan ortiq vaqt (S0) o‘tgan bo‘lsa, uning yaroqlilik muddatini aniqlashda bu vaqt (S0) ham xisobga olinadi.
S = Staj * K + S0
Masalan: Dori vositasi ishlab chiqarilgan kundan, uni termostatga qo‘ygungacha 60 kun vaqt o‘tgan. Uning oddiy sharoitdagi saqlash muddati Tod = 200 S ga teng. Tajribadagi saqlash haroratidagi saqlash muddati esa 91 kun deb topilgan. Ttaj =600S. Uning saqlash muddati quyidagicha xisoblanadi.
S = Staj * K + S0 S= 91 * 16 + 60 = 1456 + 60 = 1516 kun yoki 1516 : 365 = 4 yil 2 oy
Dori moddalarning yaroklilik muddati «Tezlashtirilgan eskirish» usuli buyicha kamida 3 ta seriyada aniqlanadi.