GMP ning asosiy prinsiplari. Sifatni boshqarish, personal, bino va asbob-uskunalar, xujjatlar, ishlab chiqarish, sifatni nazorat qilish, shartnoma asosida ishlash, reklama va maxsulot tavsifi va o‘z-o‘zini nazorat qilish.
GMP ning bo‘limlari. Kirish, ishlatilish sohasi, me’yoriy ishoralar, aniqlash, ma’nolar va qisqartirish, sifatni boshqarishga bo‘lgan talab, personal uchun talab, bino va asbob-uskunalarga talab, xujjatlarga talab, ishlab chiqarishga talab, ishlab chiqarishni nazorat qilishga talab, ishlab chiqarish uchun shartnoma tuzish va uni bajarishga bo‘lgan talab, mahsulotni reklamalashtirish va uning taqrizi, o‘z-o‘zini nazorat qilishga bo‘lgan talab.
GMP ning ishlab chiqarish va faoliyatiga izohlar:
1-izoh. Steril tibbiy mahsulotlarni ishlab chiqarish
2-izoh. Odamlar uchun biologik tibbiy maxsulot ishlab chiqarish
3-izoh. Radiaktiv-farmatsevtik preparatlar ishlab chiqarish
4-izoh. Immuno-veterinologik mahsulotlardan tashqari veterinologik-tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish.
5-izoh. Immuno-veterinologik-tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish.
6-izoh. Tibbiy gazlarni ishlab chiqarish
7-izoh. Tibbiy dorivor o‘simlik mahsulotlarini ishlab chiqarish.
8-izoh. Boshlang‘ich va qodoqlovchi materiallardan namuna olish.
9-izoh. Suyuqliklar, kremlar va surtmalarni ishlab chiqarish.
10-izoh. Ingalyasiya uchun aerozollarni ishlab chiqarish.
11-izoh. Kompyuterlar tizimi.
12-izoh. Tibbiyot mahsulotlarini ishlab chiqarishda ionlovchi nurlantirishdan foydalanish.
13-izoh. Klinik sinovlar uchun tibbiy mahsulotlarni sifatli ishlab chiqarish amaliyoti.
14-izoh. Inson qoni va plazmasidan mahsulotlar ishlab chiqarish
Dori vositalari sifatini boshqarishga nisbatan talablar.
Sifat nazorati tamoillari
Farmatsevtika sanoatida sifatni boshqarish deganda dori preparatlarini ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida sifat nazoratini va ishlab chiqarishni munosib darajada ta’minlash tushuniladi.
Ishlab chiqarishga litsenziyasi bo‘lgan korxona egasi, ishlab chiqarilayotgan dori vositalarini ishlatilishi ro‘yhatdan o‘tkazilgan va litsenzion hujjatlardagi talablarga mosligini ta’minlash hamda ulardan foydalanilganda natija berishi va zararsizligiga kafolat berishi kerak. Korxona rahbari buning uchun jvobgarlik olib boradi.
Sifatni ta’minlash uchun barcha xodimlar ularga yuklatilgan vazifalarni yuqori darajada bajarilishi hamda ulgurja sotilishini tashkil qiluvchi shaxslar va tovar bilan ta’minlovchilarning ishtirok etishi talab qilinadi. Sifatni ta’minlash maqsadida ishlab chiqaruvchi korxonada sifatni nazorat qilish tajribasi bo‘lgan sifat tizimi tashkil qilinishi va to‘g‘ri ishlab turishi kerak. Sifat tizimi to‘la hujjatlashtirish, uning natijasi esa tekshirib turilishi kerak.
Sifat tizimining barcha bo‘limlari yuqori darajada bilimdon xodimlar va foydalanish uchun zarur sondagi xonalar, jihozlar va yordamchi texnik vositalar bilan ta’minlanishi kerak. Ushbu standart talablarini buzgan litsenziya egasi kafolatli shaxslar va bilimdon xodim amaldagi qonunga muvofiq yuridik, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |