Dorivor o‘simlik xom ashyosidagi kul miqdorini aniqlash.
3-5 g kattalikda maydalangan dorivor o‘simlik xom ashyosi (aniq tortma) oldidan qizdirilgan va aniq tortilgan chinni, kvars yoki platina tigeliga solinadi. So‘ngra tigel asta–sekinlik bilan (xom ashyoni alanga olib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan) past haroratda qizdiriladi. Qolgan ko‘mir bo‘lakchalarini yoqish iloji boricha pastroq haroratda olib boriladi. Ko‘mir deyarli to‘liq yonib bo‘lgandan so‘ng harorat ko‘tariladi.
Ko‘mir bo‘lakchalari to‘liq yonmasa, qoldiq sovutiladi va suv yoki ammoniy nitratning to‘yingan eritmasi bilan xo‘llanib, suv xammomida quritiladi va mufel pechida kuydiriladi. Kerak bo‘lgan taqdirda bu jarayon bir necha marta qaytariladi.
Kuydirish kuchsiz qizil cho‘g‘lanishda (taxminan 500oS), kulni erib ketishi va tigel devoriga yopishib qolishiga yo‘l qo‘ymasdan doimiy og‘irlikka kelgunga qadar olib boriladi. Kuydirish tugagandan keyin tigel eksikatorda sovutiladi va tortiladi. Kul miqdori olingan dorivor o‘simlik xom ashyosiga nisbatan xisoblanadi.
Xlorid kislotada erimaydigan kulni aniqlash.
Dorivor o‘simlik xom ashyosini yoqish va kuydirish natijasida qolgan qoldiqqa 15 ml 10% li xlorid kislotasi qo‘shiladi. So‘ngra tigel soat oynachasi bilan yopilib, 10 daqiqa suv xammomida qizdiriladi. Keyin tigelga soat oynachasini yuvgan xolda 5 ml suv quyiladi. Suyuqlik kulsiz filtr orqali filtrlanadi. Qoldiq bir necha marta issiq suv bilan yuviladi toki xloridlarga reaksiya bermay qolguncha. So‘ng filtrat tigelga qaytib solinib, quritiladi va yuqorida ko‘rsatilgandek kuydiriladi va tortiladi.
Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi ekstraktiv moddalar miqdorini aniqlash.
Teshigining diametri 1 mm li elakdan o‘tkazilgan 1 g atrofidagi maydalangan xom ashyo (aniq tortma) 200-250 ml li konussimon kolbaga solinib, unga shu xom ashyoning MTH da ko‘rsatilgan erituvchisidan 50 ml qo‘shiladi. Kolba probka bilan yopilib tortiladi (aniqlik 0,01 g) va 1 soatga qo‘yib qo‘yiladi. So‘ngra kolbani tik xolatdagi sovutgich bilan birlashtirib, 2 soat davomida asta-sekin qaynatiladi. Kolba sovugandan keyin uni yana avvalgi probka bilan yopib tortiladi va 1 soatga qo‘yib qo‘yiladi. So‘ngra kolba tik xolatdagi sovutgich bilan birlashtirilib, 2 soat davomida asta sekinlik bilan qaynatiladi. Kolba sovugandan keyin uni yana avvalgi probka bilan yopib tortiladi va yo‘qotilgan og‘irlik erituvchi bilan to‘ldiriladi. Kolbadagi xom ashyo va erituvchi yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma 150-200 ml li quruq kolbaga quruq filtr qog‘oz orqali filtrlanadi. 25 ml filtratni diametri 7-9 sm li, avvaldan 100-105oS haroratda quritib, doimiy og‘irlikka keltirilgan chinni kosachaga solinadi va suv hamomida quriguncha bug‘latiladi. CHinni kosacha qoldiq bilan birga 100-105oS haroratda doimiy og‘irlikkacha quritiladi. So‘ngra 30 daqiqa davomida tagiga suvsiz kalsiy xlorid solingan eksikatorda sovutib tez tortiladi.
Ekstraktiv moddalarning miqdori foizlarda (X) absolyut quruq xom ashyoga nisbatan quyidagi tenglama bilan hisoblanadi:
Bu erda: M - quruq qoldiqning miqdori, g;
M1 - xom ashyoning miqdori, g;
W- xom ashyoning foizlarda ifodalangan namlik miqdori, %.
Do'stlaringiz bilan baham: |