in vitro usuli
|
in vivo usuli
|
in vitro usuli
|
in vivo usuli
|
1
|
97,30
|
39,4
|
93,40
|
38,4
|
2
|
97,65
|
38,6
|
94,16
|
38,3
|
3
|
96,90
|
40,2
|
93,91
|
37,9
|
4
|
97,42
|
41,3
|
93,35
|
38,1
|
5
|
97,10
|
39,6
|
93,46
|
38,6
|
Ushbu jadvaldagi natijalardan kelib chiqqan holda, korrelyasiya koeffitsienti quyidagi tenglama yordamida hisoblandi va olingan natijalar -jadvalda keltirildi:
bunda R – korrelyasiya koeffitsienti;
X – erigan moddaning miqdori, mg%
Xi – erigan moddaning o‘rtacha miqdori, mg%
U – qondagi moddaning miqdori, mkg/ml
Ui – qondagi moddaning o‘rtacha miqdori, mkg/ml
Korrelyasiya koeffitsientining o‘rtacha xatoligi quyidagi tenglama yordamida hisoblandi:
bunda mR – korrelyasiya koeffitsientining o‘rtacha xatoligi;
n – tajribalar soni.
In vitro va in vivo tajribalari asosida yangi tarkibli ibuprofen tabletkasi uchun korrelyasiya koeffitsientini hisoblash
№
|
X
|
U
|
(Xi-X)
|
(Ui-U)
|
(Xi-X) (Ui-U)
|
(Xi-X)2
|
(Ui-U)2
|
1.
|
97,30
|
39,4
|
-0,03
|
0,42
|
-0,0126
|
0,0009
|
0,1764
|
2.
|
97,65
|
38,6
|
-0,37
|
1,22
|
0,4514
|
0,1369
|
1,4884
|
3.
|
96,90
|
40,2
|
0,37
|
-0,38
|
-0,1406
|
0,1369
|
0,1444
|
4.
|
97,42
|
41,3
|
-0,14
|
-1,48
|
0,2072
|
0,0196
|
2,1904
|
5.
|
97,10
|
39,6
|
0,17
|
0,22
|
0,0374
|
0,0289
|
0,0484
|
Xi=97,27
|
Ui=39,82
|
=0
|
=0
|
=0,8492
|
=0,3139
|
=3,0480
|
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, yangi tarkibli ibuprofen tabletkasining biofarmatsevtik xossalari in vitro va in vivo sharoitlarida o‘rganib chiqildi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari yangi tarkibli ibuprofen tabletkalari sifatini “Aylanuvchan kajava” usulida in vitro sharoitlarida tekshirish uchun “Eruvchanlik” testining mo‘‘tadil sharoitlari belgilandi. tabletkalari biosamaradorligi in vivo sharoitlarida, farmakokinetik usulga ko‘ra o‘rganildi.
Yangi tarkibli ibuprofen tabletkalari in vitro va in vivo sharoitlarida biologik samaradorligini o‘rganish natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi korrelyasiya koeffitsienti mos ravishda 0,84 ga teng ekanligi hisoblab topildi.
Tayyor dori vositalarining turg‘unligini ta’minlash. Tayyor dori vositalarining saqlanish muddatini belgilash. Inebrin tabletkasi misolida.
Dorilarning turg‘unligini o‘rganish va turg‘un dori turini yaratish farmatsevtik texnologiyaning dolzarb muammolaridan biridir. Dori vositalarini saqlash muddati, ularning terapevtik faolligi va MTH talablariga javob berish vaqti bilan belgilanadi.
Hozirgi vaqtda qattiq dori turlari uchun saqlanish muddati kamida 2 yil deb belgilangan. Dorilarning turg‘unligini o‘rganish davomida dori turiga hamma omillar ta’sirini inobatga olib, ularning texnologik ko‘rsatgichlari, biosamaradorligi, terapevtik faolligi, o‘tkir zaharliligi ko‘rsatilishi lozim. Saqlanish davomida dori turida sifat va miqdor o‘zgarishlar bo‘lmasligi kerak.
Belgilangan muddat oralig‘ida asosiy xususiyatlarini saqlab qola olishi dorilarning turg‘unligi deyiladi. Dorilarning turg‘unligini o‘rganishda organoleptik, parchalanish va erish tezligini aniqlash uchun mikrobiologik va zamonaviy fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi.
Ta’sir qiluvchi va yordamchi moddalarni dori turidagi o‘zgarishlari fizikaviy, kimyoviy va mikrobiologik xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Kimyoviy o‘zgarishlarga oksidlanish, gidroliz, dekarboksillanish, almashinish va polimerlanish reaksiyalari kiradi. Oksidlanish ko‘pincha fenollar, vitaminlar, steroidlar, alkaloidlar saqlagan moddalarda uchraydi. Dori moddalarning oksidlanish mexanizmi asosida esa ularning havo kislorodi bilan bevosita birlamchi muloqoti yotadi.
Gidroliz qattiq dori turlaridagi qoldiq namlik asosida kechadi. Qattiq jismlar tarkibida oz miqdorda suv bo‘lishi, boshqa reaksiyalarga qaraganda gidroliz tezroq sodir bo‘lishini ta’minlaydi. Misol tariqasida atsetil salitsil kislotasining parchalanishini matematik modeli, vitamin V3 va uning xosilalarini, mikrofenoksat kislotasini gidrolizini keltirish mumkin.
Keyingi yillarda dorilarning mikrobiologik turg‘unligi dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Mikrobiologik turg‘unlikni yo‘qolishi dori substansiyasini parchalanishiga, faolligini pasayishiga, zaharliligini oshishiga, tashqi ko‘rinishiga, mazasi va xidini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Mikrobiologik, kimyoviy va fizikaviy o‘zgarishlar orasiga aniq chegara qo‘yib bo‘lmaydi, chunki mikroorganizmlar yashash jarayonida fermentlar, murakkab efirlar hosil qilib, dori moddalarning fizik va kimyoviy xossalarini keskin o‘zgartirishi mumkin.
Kimyoviy o‘zgarishlar bilan bir qatorda saqlash davomida fizikaviy o‘zgarishlar ham sodir bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bu hol qattiq dori turlarida, jumladan tabletkalarda uchraydi. Ta’sir etuvchi moddaning tabletkadan ajralib chiqish tezligiga saqlanish muddati ham ta’sir qiladi. Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda biofarmatsevtik noturg‘unlik konsepsiyasi shakllangan. Dori turlarini biofarmatsevtik turg‘unligi bo‘yicha olib borilgan izlanishlar, preparatlarning xaqqoniy saqlash muddatini biofarmatsevtik baholashsiz belgilash mumkin emasligini ko‘rsatadi. Dori turg‘unligini o‘rganish o‘ta murakkab va ko‘p bosqichli jarayondir. Tabletkalarning turg‘unligiga yordamchi moddalar turi va miqdori, texnologik jarayon, atrof muxit va qadoqlanadigan materiallar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu omillar ta’sirida adsorbsiya, oksidalanish, gidroliz, dekarboksillanish, polimerlanish, kompleks birikmalar hosil qilish kabi xodisalar sodir bo‘lishi mumkin.
Substansiyalarning texnologik xossalari va tabletkaning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida presslanadigan massa tarkibiga yordamchi moddalar qo‘shiladi. Yordamchi moddalar massaga zarur texnologik xossalar berish bilan birga, tabletkaning terapevtik faolligiga va saqlanish davomidagi turg‘unligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ba’zi yordamchi moddalar dori turini tarkibidagi namlik miqdorini o‘zgarishi bilan, uning gidrolizga uchrashiga sabab bo‘ladi. YOrdamchi moddalar dorilarning oksidlanishi, yangi birikmalar hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bir qaraganda indiferent va keng ko‘lamda ishlatiladigan sut qandi, amfetamin, tiamin, sulfametaksozol, dekstroamfetaminlar bilan reaksiyaga kirishishi mumkin. Bentonit, kaolin, magniy stearat, streptomitsin va antipirinni, metilsellyuloza esa sintofillinni rangini o‘zgarishga olib keladi. Magniy karbonat tabletka tarkibidagi dimedrolni parchalanishiga sabab bo‘ladi. Saxaroza askorbin kislotasi bilan birgalikda qo‘llanilsa shoxkuya alkaloidlari yig‘indisining turg‘unligini bir yilga uzaytiradi.
Yordamchi moddalarning tabletka turg‘unligiga ta’siri mutaxassislar tomonidan xar tomonlama o‘rganilgan. Masalan, kraxmal shilimshig‘i kofein, teobromin va teofillin tabletkalari tarkibida ishlatilganda, tayyor mahsulotning tashqi ko‘rinishi o‘zgargan, aksincha natriy karboksimetilsellyuloza va PVS ishlatilsa, bunday o‘zgarishlar kuzatilmagan.
Demak, yordamchi moddalar tabletkalarning saqlanish muddatini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Tabletka tarkibiga qo‘shiladigan yordamchi moddalar texnologik va biofarmatsevtik nuqtai nazaridan baholanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |