Ko‘rsatma. 1. A va B standart namunadagi moddani tekshirish (SOVS) indometatsin eritmalarini tayyorlash. 0,25g indometatsin (Ph.Eur., VR) 25 ml hajmli o‘lchov kolbasiga solib, 10 ml metil spirtida eritiladi, eritma hajmni shu etuvchi bilan etkaziladi va aralashtiriladi. (A eritma).
2,5 ml Aeritmani hajmi 25 ml li kolbaga solib, eritma hajmini belgilangan belgigacha metil spirti bilan to‘ldiriladi va aralashtiriladi. 2,5 ml hosil bo‘lgan eritmadan hajmi 50 ml o‘lchov kolbasiga solib, eritma hajmini belgilangan belgigacha metil spirti bilan etkaziladi va aralashtiriladi (B eritma).
Eritmani yangi tayyorlangan holda ishlatiladi.
2. Xromatografik tizimni yaroqliligini tekshirish uchun indometatsin (SOVS) standart moddasi namunasi Ieritmasini tayyorlash.5 ml B eritmani SOVS indometatsinni hajmi 10 ml o‘lchov kolbasiga solinadi, hajmni metil spirti bilan beligigacha etkaziladi va aralashiriladi.
Eritmani yangi tayyorlangan holda ishlatiladi.
5. Xromatografik tizimni yaroqligini tekshirish. Xromatografik tizim yaroqliligini tekshirish uchun indometatsin SOVS І eritmasining xromatogrammasida asosiy dog‘ aniq ko‘rinsa, xromatografik tizimi yaroqli hisoblanadi.
Miqdoriy tahlil. UB-spektrofotometriya, Ph.Eur. 2.2.25.
2,0 g (aniq tortma), 20 ta shamchaning maydalanishdan olingan, hajmi 100 ml qattiq yopiladigan qopqoqli konik kolbaga solinadi. 30 ml metil spirti va 0,1 mol/l natriy ishqor (90:10) aralashmasidan qo‘shiladi va suv hammomida (50-60 °S) asos erib ketgunicha, doimo chayqatilib turgan holda qizdiriladi.
Kolbani suv hammomidan olib, qopqop bilan yopiladi, 5 daqiqa davomida kuchli chayqatilib, davriy qizrilib turiladi. Eritmani asosni qotgunicha sovitiladi va “ko‘k belbog‘” qog‘ozli filtri orqali filtrlab hajmi 100 ml o‘lchov kolbasiga solinadi, qotib qolgan asosni kolbada qoldiriladi.
Ektraksiyani shu sharoitlarda yana 2 marta qaytarilib, filratlarni o‘sha o‘lchov kolbasida yig‘iladi, hajmni metil spirt bilan belgigacha etkaziladi va aralashtiriladi.
5 ml va 2,5 ml hosil bo‘lgan eritmani, dozalari 50 mg va 100 mg indometatsinga mos bo‘lgan holda, hajmi 100 ml o‘lchov kolbasiga solinadi, hajmni metil spirt bilan belgigacha etkaziladi va aralashtiriladi.
Tekshirilayotgan eritmani optik zichligini spektofometrda 320 nm to‘lqin uzunligida 10 mm qatlam qalingidagi kyuvetada o‘lchanadi, metil spirti solishtirilma eritma sifatida ishlatiladi.
Indometatsin RSO ning optik zichligini parallel o‘lchanadi.
Indometatsinning tarkibini (X) miligrammlarda, shamchalarni o‘rtacha massasini hisobga olib, formula orqali topiladi:
bu erda
D1-tekshirilayotgan eritmani optik zichligi;
D0-indometatsin RSO eritmasini optik zichligi;
m1-dori moddasining massasining tortmasi, g;
m0-indometatsin massasining tortmasi, indometatsinning RSO eritmasini tayyorlash uchun ishlatilgan, g;
V- tahlilda ishlatilgan (2 ml yoki 1ml) eritma hajmi, dozalari 50 mg va 100 mg indometatsinga mos bo‘lgan;
b-shamchalarning o‘rtacha og‘irligi, g;
W-standart namunadagi indometatsindagi tarkibi, %
Shamchalarni o‘rtacha og‘irligini kayta xisoblaganda 50 mg va 100 mg dozalari uchunindometatsin miqdoriC19H16Cl2NO4(indometatsin) tarkibi 45,0 mgdan kam va 55,0 mgdan ko‘p yoki 95,0 mg dan kam va 105,0 mg dan ko‘p bo‘lmagan bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatma.6. Indometatsinning standart namuna eritmasini RSO tayyorlash.
0,05 g (aniq tortma) indometatsin eritmasini (Ph. Eur., BP)hajmi 50 mlli o‘lchov kolbaga solinadi, 30 ml metil spirt bilan eritiladi, eritma hajmni shu aralashma bilan belgigacha etkaziladi va aralashtiriladi.
2,5 ml hosil bo‘lgan eritmani hajmi 100 ml o‘lchov kolbasiga solib, metil spirt bilan belgigacha etkaziladi va aralashtiriladi.
Eritmani yangi tayyorlangan holda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |