54
3-maruza: Dori vositalarini qadoqlash va o’rash. Qadoqlash va o’rashda ishlatiladigan
matеriallarni tanlash. Qadoqlash va o’rashda qo’llaniladigan asbob-uskunalar.
Reja:
Kirish:
1.
Qadoqlash
2.
Qadoqlash elementlari
3.
Tara guruhlari
4.
Qadoqlash funksiyalari
5.
Qadoqlash turlari:
6.
Qattiq qadoqlash vositalari
7.
YArim qattiq qadoqlash vositalari
8.
YUmshoq qadoqlash vositalari
Hulosalar
Qadoqlash — maxsulotni (dori moddasini) tashqi ta’sirlardan
(tashqi muhit, iflosliklar), jarohatlanish, yo‘qolishlardan himoya qilish vositasi
Qadoqlash elementlari
tara (asosiy qadoqlash elementi bo‘lib, maxsulotni joylashga mo‘ljallanadi);
Qo‘shimcha qadoqlash vositalari (qo‘shimcha qadoqlash elementi bo‘lib, maxsulotni
mexanik ta’sir himoyalash va tara mustahkamligini himoyalash uchun mo‘ljallanadi);
yorliqlash (maxsulot xaqida axborot berishning bir turi bo‘lib, yo‘riqnoma, varaqa, yorliq
ko‘rinishida aks ettiriladi).
Tara guruhlari
Ishlatilishiga kura tara va jixozlar 3 guruxga bulinadi:
Iste’moldagi jihoz (so‘ngi iste’molchi tayyor maxsulotni individual qo‘llashi uchun
tayyorlangan), u o‘z navbatida birlamchi (ichki) – maxsulotni to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘rab
turuvchi va ikkilamchi (tashqi) – ya’ni maxsulotni ishlatishdan oldin olib tashlanadigan, ichki
tarani ximoya qiladigan qobiq.
guruhlangan tara (qadoq), maxsulotni sotish uchun mo‘ljallangan iste’moldagi jixozlarni bir
taraga birlashtirilgan gurux;
tashishga mo‘ljallangan tara (qadoq) —maxsulotni ichki va tashqi jixozini saqlashni
ta’minlovchi va tashishda qulaylik yaratadigan qobiq
Qadoklash funksiyalari
Qadoqlash quyidagi vazifalarni bajaradi:
mahsulotni buzilishdan, noqulay tashqi ta’sirlardan saqlash;
yuklarni tashish,
otrish-tushirish, omborxonaga joylash va sotishning ratsional birligini
yaratishni ta’minlaydi.
Marketing funksiyasini bajaradi
Qadoqlash funksiyasi maxsulotni ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga etib kelguncha
davom etadi. Va bu funksiya iste’molchi maxsulotni qadoqdan olib, qadoqni tashlab
yuborgandan so‘ng to‘xtaydi.
Qadoklash turlari
Birlamchi qadoqlar ishlatiladigan materialiga ko‘ra,
uni mexanik barqarorligi va
mustaxkamligiga qarab, gurux va turlarga bo‘linadi. Xar xil dori shakllari uchun GOST
tomondan birlamchi qadoqlash va o‘rash material turlari belgilangan.
55
Qattiq qadoqlash vositalari:
metalldan birlamchi tara tayyorlashda: banka, probirkalar (
tabletka, draje, poroshok, granula,
kapsulalarni joylash uchun),
aerozol ballonlari, tubalar (surtma, pasta, linimentlarni joylash
uchun) foydalaniladi;
SHishadan:
banka, probirka, flakon, butilka (tabletka, draje, kukun, granula, kapsula, surtma, pasta,
liniment, ko‘z tomchilarini joylashda), ampulalar ishlab chiqarishda foydalaniladi;
Polimerlardan
probirka, stakan, banka (tabletka, drajelarni joylash uchun)lar
ishlab chiqarishda
foydalaniladi;
YArim qattiq qadoqlash vositalari:
kartondan korobka, pachka (plastir, o‘simlik xom ashyolari) ishlab chiqarishda foydalaniladi;
polimerlardan
shprits-tyubiklar (in’eksiya uchun ishlatiladigan dori shakllari uchun);
tyubik-kapelnitsalar (ko‘z tomchilarini joylash uchun);
Konturlar (shamchalarni joylash uchun) ishlab chiqarishda foydalaniladi); kombinirlangan
materialdan shamcha, tabletka, draje, kapsula, poroshok, granula, o‘simlik maxsulotlarini
konturli jixozlashda foydalaniladi.
YUmshoq qadoqlash vositalari:
Polimerlar – poroshok, granula, plastirlarni joylash uchun paketlar taerlash uchun ishlatiladi;
Qog‘oz o‘ramlar - draje, tabletka, dorivor o‘simliklarni joylash uchun paket, o‘ramlarni
tayyorlashda ishlatiladi
Birlamchi tara va o‘ramlar dori vositasini xossasi, ishlatilishi, miqdoriga ko‘ra davlat
standartlari, farmakopeya maqolasi talablariga binoan
tanlanishi lozim
Birlamchi tara va o‘ramlarni tayyorlashda ishlatiladigan materiallarga SSV tomonidan
ishlatishga ruxsat berilgan bo‘lishi kerak
Dori vositasining xar bir seriyasi uchun uni fizik-kimeviy xususiyatlarini xisobga olgan xolda
qadoq bir xil bo‘lishi kerak:
yorug‘likka ta’sirchan dori vositalari yorug‘lik o‘tkazmaydigan taraga joylanishi kerak;
Uchuvchan, gigroskopik, engil oksidlanuvchi dori vositalari prokladkali burama qopqoqli
banka yoki flakonlarda saqlanishi kerak
Uchuvchan yoki hidli dori vositalari boshqa dori vositalaridan aloxida qadoqlanishi kerak;
Efir moylari saqlovchi tabletka dori vositalari probirkaga joylashdan oldin parafinlangan
qog‘ozga o‘raladi;
Tabletka, kapsula va drajelarni taraga joylashtirishda probka tagidan
tibbiyot gigroskopik
paxtasi yoki viskoza lentasini amortizator sifatida qo‘yish ruxsat etiladi.
Ampularni qadoqlashda amortizator sifatida tibbiyot aligninini ishlatish mumkin. Xar bir
qadoqga ampulani ochish uchun maxsus moslama qo‘yilishi zarur.
Dori vositasi solingan iste’mol tarasi gruppa tarasi – ya’ni karton karobkalarga joylashtirilishi
kerak. SHisha boshka, probirga, butilka, aerozol ballonlari, alyumin tubalarni termousadkali
plenkalarga joylash mumkin.
Agar dori vositasining ikkilamchi qadog‘i bo‘lmasa, unda guruxli qadoq ichiga teng
miqdorda ishlatilish to‘g‘risidagi yo‘riqnomasi joylashtirilishi kerak. Kukunlarni йadoйlash va
o’rashda Italiyaning «Marchеsini Group» kompaniyasi tomonidan taklif йilingan bolib, sashе
pakеtchalarini avtomatik tarzda massa bilan to’ldirish va yopish uchun mo’ljallangan bolib, sashе
pakеtchalari to’rt tomonlama, issiй usul bilan yopiladi. Ishlab chiйarish samaradorligi daйiйasiga
600 donagacha. Italiyaning «Marchеsini Group» kompaniyasi tomonidan
taklif йilingan ushbu
56
avtomat birlamchi йadoйlami karton йutilarga joylash uchun mo’ljallangan bo’lib, gorizontal
tuzilishli, yuйori tеzlik bilan uzluksiz ishlashga mo’ljallangan. Avtomatning asosiy ishchi йismi
balon-konsol konstruktsiyasiga ega. har xil o’lchamdagi karton qutilar uchun mo’ljallangan.
Ishlab chiqarish samaradorligi daqiqasiga 200 quti. йutilarning o’lchamlari йuyidagicha:
«A» o’lchamli quti — eni 25 mm dan 100 mm gacha;
«B» o’lchamli quti — balandligi 15 mm dan 85 mm gacha;
«G» o’lchamli quti — uzunligi 65 mm dan 150 mm gacha.
Do'stlaringiz bilan baham: