Mikroskopiya.
Tashqi ko‘rinish bo‘yicha chinligini aniqlashda ildiz va barglar turli xil
bo‘laklarga bo‘lib, ulardan mikropreparatlar tayyorlanadi. Bu mikropreparatlarni mikroskop ostida
(×70 - 280) qaralganda, quyidagi elementlar aniqlanadi: ildizni ko‘ndalang kesim yusasidan
qaralganda, birlamchi qobiq va po‘kak yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Bundan tashqari keng ikkilamchi
qobig‘i kuchli rivojlangan. Ikkilamchi qobig‘da keng o‘zak nur hujayralari tashqariga kengaygani
yaxshi ko‘ringan bo‘lib, elaksimon naylardan tashkil topgan lub, lub tolalari va parenxim hujayralari
bilanketma ket joylashagan bo‘ladi. Elaksimon naylar kambiyga yopishishdantashqari
ingichka
qatlamdan iborat
bo‘lib
,
qisilgan va shakli buzilgan lubdan iborat. Lub konusi uzunlashgan, keng
asosi tomoni kambiyga qaratilib, uzaygan yuqori qismi lub tolalarning guruhining orasidan qiyshayib
o‘tadi. Lub tolalari kuchli qalinlashgan devor va kichkina guruhga bo‘lib yig‘ilgan kichkina nuqtali
bo‘shliq va kristalar bilan o‘ralgan. Qobig‘ning parenxim hujayralari va o‘zak nur hujayralari oddiy,
dumaloq yoki tuxumsimon shakldagi kraxmal donachalarini saqlaydi. YOg‘ochlashgan po‘stloq
qismi turli xil ingichka va keng diametrdagi tomirlardan iborat bo‘lib, kraxmal saqlaydigan
paranxim va kristall qoplamli sklerenxim guruh xujayralardan iborat. O‘zak nur va parenxima yod
eritmasi bilan bo‘yalganda ko‘k rang hosil bo‘ladi, shakli buzilgan lub bo‘yalmaydi va kul rangli,
tomirlari sariq, qobig‘ tolalari guruhi va yog‘ochlashgan qismi to‘q sariq rangda qoladi. Uzunasiga –
radial bo‘ylab kesilganda po‘stloq va yog‘ochlashgan qismida uzun, kuchli qalinlashgan sklerinxim
tolalari kristalsimon qobig‘ bilan o‘ralgani ko‘rinadi; yog‘ochlashgan qismining ingichka tomirlari –
to‘rsimon, o‘rtacha kovak poralari va keng – bochkasimon qisqa bo‘g‘imlarga va qiyshiq qatorlarda
joylashgan rombiksimon hoshiyalanganporalardan iborat.(1 rasm, qizilmiya ildizi)
151
Bargni yuqori tomondan qaralganda tepa qismida epidermis qatlami ko‘p burchakli to‘g‘ri,
kamdan kam aniq- qalin yon devorli hujayralardan iborat. Epidermis hujayralarning tomiri
cho‘zilgan – qolganlari izodiametrik. Kutikula qismi qalin, buchmaygan – qatlamli, uzunasiga
tomirlari qatlamli.
Hujayraning pastki qismidagi epidermisi mayda, kuchli egri bugri devorli. Kutikula qismi
yupqa, buchmaygan – qatlamli, uzunasiga qatlamli tomirlardan iborat. Epidermis havoli bo‘shliqlar
ustida ko‘tarilgan bo‘lib, unda 1-2 og‘izchalar joylashgan. Og‘izchalar yirik, oval, anomitsit turiga
ega. Bargning yuqori qismida og‘izchalar kam uchraydi, 4-5 og‘izsimon hujayralar joylashgan;
pastkii qismda – ko‘p sonli 7-9 og‘izsimon hujayralar radial bo‘ylab joylashgan. Bargning ikkala
tomonidan kutikula qismining atrofi radial bo‘o‘ylab og‘izchalar qatlam hosil qiladi.
Bargning yuqori tomoni yarim yalang‘och, pastki qismi ko‘p sonli oddiy sochlar bilan
o‘ralgan. Sochlari qisqa asosli, 3-6 hujayradan paydo bo‘lgan, oxirgi qismi uzun, ipsimon, egri bugri
hujayralardan iborat. Sochlari o‘zaro bog‘lanib ketadi (oqqaldirmoq bargi).
Boshqa barglarini yuqori qismini tepadan qaraganda epidermis qatlami hujayralari ko‘p
burchakli, to‘g‘ri yoki oz egri bugri devorlardan iboratligi ko‘rinadi. Kutikula qismining ayrim
joylari qatlamlarni hosil qiladi. . Og‘izchalar dumaloq , (anomitsit turli) 3-4 epidermis hujayrasi bilan
o‘ralgan. Sochlari oddiy va boshchali. Oddiy sochlari asos qiismiga qarab kengaygan, kshp hujayrali,
silliq. Boshchali sochlari ikki turdagi: bir hujayrali oyog‘i uzaygan ikki hujayrali boshchadan,
kamdan kam hollarda boshchali hujayralar ko‘p hujayrali oyog‘li dumaloqsimon yoki ovalsimon bir
hujayrali boshchadan iborat. Hujayrani epidermis qismiga sochlarning biriktirilgan qismi rozetkani
hosil qiladi.
152
Do'stlaringiz bilan baham: |