Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya


MAVZU 9. Tomchilar dori shakli sifatida, ularning tasnifi, texnologiyasi va sifatini baholash



Download 2,97 Mb.
bet63/291
Sana23.01.2022
Hajmi2,97 Mb.
#404736
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   291
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya

MAVZU 9. Tomchilar dori shakli sifatida, ularning tasnifi, texnologiyasi va sifatini baholash.

Ma’ruza maqsadi: tomchi dori turi, tomchilarning texnologiyasi, ichish va sirtga qo’llaniladigan tomchilar bilan tanishib chiqish.
Reja:

1. Tomchilar, tarifi, tasnifi.

2. Quloq, burun tomchilari

3. Tish tomchilari



Tayanch atama va iboralar: Davlat farmakopeyasi, erituvchi, eritmalar, 582 buyruq, konsentrlangan eritmalami quyultirish va suyultirish, tomchi dozator.
Tomchilar deb, chin va kolloid eritmalardan iborat tomchi holida dozalanadigan suyuq dori turiga aytiladi. Tomchili dozalash — bu dori turining yagona farqlanuvchi belgisi hisoblanadi. Mustaqil guruh sifatida ajralishiga sabab, tarkibidagi dori moddalar shunday konsentratsiyalarda beriladiki, bir martalik doza unda bir necha tomchilardan iborat bo‘ladi. Shu sababli tomchilarni retseptda 10 ml.gacha bo‘lgan miqdorda yoziladi. Tomchilar suyuq dori turlari retsepturasida muhim o‘rin egallaydi (25 % gacha). Tom­chilar ichishga va sirtga mo‘ljallangan bo’ladi.

Tomchilar ex tempore tayyorlanadi va yana dorixonaning ichki ishlab chiqarish mahsuloti ham hisoblanib, ular haqiqatan ham standart bo‘lib ketgan. Oz hajmda beriladigan tomchilar ayrim xususiyatlarga ega bo‘lib, bular suzish jarayonida kuzatiladi. Shunisi muhimki, eritma konsentratsiyasi va uning miqdori suzilganda kamaymasligi.

Shuning uchun modda eritilayotganda 3 qism suvni olib qolish kerak. So‘ngra tayyorlanayotgan eritma paxta tampon orqali o‘tkazilayotganda, tampon avvaldan ivitib olinadi, filtrlash tugagandan so‘ng, qolgan erituvchi bilan yuviladi. Shisha filtrlar ishlab chiqilgandan so‘ng, farma- tsevt ishi birmuncha yengillashadi. Asosiy e’tibor tomchi- larni kerakli hajmgacha dozalashdir. Qulay va sodda doza­tor DJ-10 ishlab chiqilgan bo‘lib, 10 ml suyuq dori turlarini qadoqlashga mo‘ljallangan. U tik turuvchi asosdan, prujinali shtokdan, ushlovchi — kronshteyn, uchlik nasadka chiquvchi va kiruvchi klapanlardan iborat, «Rekord» turidagi 5—10 ml.li dozator. Dozani o‘zgartirish uchun moslamaning oxirida to‘g‘rilovchi vint bo‘lib, uning yordamida porshenning harakati boshqariladi. Uchlik-nasadkaning boshqa bir uchiga cho‘zma naycha kiygizilib, boshqa naycha uchiga naycha mahkamlab, qadoqlanadigan suyuqlik quyila- digan idishga uchi solib qo‘yiladi. Dozatorga kerakli miqdor suyuqlik tortib olinib, so‘ngra dozator porshenini oxirigacha olib boriladi, uchlik-nasadka klapani yordamida suyuqlik dozatordan flakonga quyiladi, so‘ngra dozator tortib olinadi.
ICHISHGA MO’LJALLANGAN TOMCHILAR.

(GUTTAE AD USUM INTERNUM)

Tomchilarning bu guruhi rang-barangligi bilan farqlanib, ular quyidagi misollar bilan cheklanadi.

Rp.: Solutionis Platyphyllini hydrotartratis 0,2 % 10 ml

D.S. 10 tomchidan ovqatdan oldin ichilsin.

Retseptda suvda oson eriydigan kristall moddaning (1:10) eritmasi yozilgan, eritmaning konsentratsiyasi va umumiy og‘irligini saqlash uchun 1-shisha filtrdan foyda­laniladi. Agar bu filtr bo‘lmasa, uni yuqorida ko‘rsa- tilgandek suzilib, qadoqlangan holda beriladi.

Rp.:Tincturae Convallariae majalis

Tincturae Valerianae aa 10 ml

M.D.S. 25 tomchidan kuniga 2 mahal

Rp.: Aethylmorphyni hydrochloridi 0,2

Mentholi 0,3

Natrii bromidi 1,0

Adonisidi 5 ml

M.D.S. 25 tomchidan kuniga 2 mahal

Tarkibiga ko‘ra, tomchi murakkab bo‘lib, uch xil tuzli komponentlar va uch xil o‘simlik xomashyosidan, ya’ni spirtli ajratmadan iborat (2 ta nastoyka, 70 % etanolda tayyorlangan va yangi galen preparat adonizid tarkibida 18—20 % etanol saqlaydi). Mentolni eritish uchun 70 % dan kichik bo‘lgan etanol kerak bo‘ladi, u avval nastoykalar aralashmasida eritiladi (bemorga beriladigan flakonga). Uncha katta bo‘lmagan alohida stakanga 5 ml adonizidda 0,2 g dionin eritiladi (dioninning suvda va etanolda eruvchanligi 1:30), so‘ngra natriy bromid eritiladi (suvda va mentolda oson eriydi) va eritma flakonga quyiladi (agar kerak bo‘lsa paxta tamponda suziladi).

Ichishga mo‘ljallangan tomchilarni tayyorlashda «A» va «B» ro‘yxatdagi preparatlarning dozalarini tekshirish muhim jarayonlardan hisoblanadi. Bunda dori turi umumiy hajmining tomchilar soni tekshiriladi (spirtli eritmalar 1 ml.da turli miqdorda tomchi saqlaydi), so‘ngra proporsiya bilan «zaharli» yoki «kuchli ta’sir etuvchi» ro‘yxatidagi moddaning retseptdagi bir mar­talik tomchilar soniga ko‘ra ularning miqdori aniqlanadi. Retsept bo‘yicha 25 tomchida 0,004 g dionin bor (yuqori bir martalik doza 0,03 g). Hisob: dori turining umumiy hajmi 25 ml.da 0,008 g dionin bor) yoki 50 tomchi spirtli preparatda, 25 tomchida esa 0,004 g dionin bor.


Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish