Gidrogcnlangan yog‘lar. Surtma asosi boMih faqat yumshoq surtmaga o'xshash ashyolar xizmat qilishi mumkin. Bunga quyidagilar kiradi: 1. Salomas yoki gidroyog* - Adeps hydrogenisatum 2. 0‘simlik yog‘i - Axungiha vegctabilis (88-90) gidroyog4 va 10-12% o'simlik moyidan iborat qotishma 3. Kombiy yog‘i - Adeps compositus (55% salomas, 30% o‘simlik moyi va 15% mol yog‘i, cho‘chqa yog‘i, kitning gidratlangan yog'idan iborat qotishma).
0‘simlik moylari. Kungaboqar moyi (Oleum Hclianthi), shaftoli moyi (Oleum persicorum) va boshqa moylar mol yog‘i va mumga qo‘shimcha sifatida ishlatiladi. Buning natijasida xossasi bo'yicha cho'chqa yog'iga yaqin bo'lgan qotishma hosil bo'ladi. Ishlatiladigan moylar kislota soni 2,25-2,5 dan oshmasligi kerak. YogMarning umumiy kamchilik tomoni ularning havoda tez taxirlanib qolishidir, ayniqsa suvli sharoitda. YogMarning farmakologik indifferentligi ularning yangiligiga bogMiq. Eskirgan yogMar teri va shilliq qavatni qitiqlaydi. Shuning uchun surtma asoslari boMgan yogMarni saqlashda chtiyotkorlik talab qilinadi. Ulardan tayyorlangan surtmalarning muddati belgilangan boMadi. Surt- ma tarkibiga kiruvchi moddalar yog‘ kislotalari va yogMarning aynigan mahsuloti (perckislar, ozonidlar) bilan ta'sirlashsa (ishqoriy komponentlar, og‘ir metall tuzlari va oksidlari), u holda yogMar asos sifatida yaroqsizdir. YogMarni oksidlanishdan saqlash uchun qator tabiiy va sintetik antioksidantlar qoMlaniladi. 0‘zida antioksidant saqlaydigan o'simlik moylari ham bor. (Masalan: tokoferollar). Sintetik antioksidantlardan butiloksianizol (BOA) va butiloksitoluol (BOT) yuqori faol va fiziologik zararsizdir. lkkala modda ham hayvon yogMarini turg'unlashtirishda 0,02% konsentratsiyasigacha ishlatilishi mumkin. Hayvon va o‘simlik yogMarida qancha ko‘p tokoferol saqlansa, ular shuncha oksidlanishga chidainli boMadi. YogMarda ketadigan oksidlanish proscsslari perckis soni bilan aniqlanadi. Pcrekis soni bu pereoksidlarni parchalash uchun ketgan yodning protsent miqdoridir Yangi cho'chqa va mol yog'ining perekis soni 0,03% dan oshmaydi. Perekis soni 0,1 boMishi chegara hisoblanadi. Undan oshsa cho'chqa va mol yog‘i buzilgan hisoblanadi.
233 www.ziyouz.com kutubxonasi
Mumlar (Cera) - bu yog‘ kislotalarining va yuqori spirtlarning murakkab efirlaridir Lanolin, spermaset va asalari mumi surtma asoslari tarkibida ishlatilishi mumkin.
Lanolin (Lanolinum). Spirtlar, erkin yog‘ kislotalari va efirlar- ning murakkab tabiiy aralashmalaridir. Lanolin sovunlanishi natija- sida taxminan teng miqdorda kislota va spirtlar hosil bo'ladi. Sovun- lanmaydigan qismi 50% ga yaqin miqdorni tashkil qiladi. Lanolin tarkibida saqlanadigan moddalarning umumiy soni 70 dan oshadi. Tozalangan lanolin - o‘ziga xos hidli, surtmaga o'xshash konsisten- siyasini yo‘qotmay 150% gacha suvni yutib u bilan aralashadi. Ayni shu xossasiga asoslanib surtmalar tayyorlashda suvsiz lanolin (Lanolinum anhydricum) ishlatib surtma tarkibiga suvli suyuqliklar kiritilishi mumkin. Haqiqiy suvsiz lanolin tarkibida suvning miqdori 1% dan oshmasiigi kerak, kislota soni 1 dan yuqori bo‘Imasligi kerak. Lanolin spirtda qiyin eriydi. Lekin 40 qismgacha 70% spirtni qabul qilishi mumkin. Xloroform va efirda oson eriydi. Lanolin tarkibi bo'yicha odam terisini qoplab turuvchi yog'ga o'xshash moddalarga yaqin boMganligi ucbun tcriga yaqin surtiladi Teri va shilliq pardani qitiqlamaydi. Kimyoviy ta'sirlarga juda chidamli. 0‘ta yopishqoqligi uchun u har doim boshqa asoslar bilan birga ishlatiladi. Agar shifokor tomonidan lanolin yozilgan bo'lsa suvli lanolin ishlatiladi. U 7 qism suvsiz lanolinga 3 qism suv qo‘shib tayyorlanadi. Suvni oz-ozdan qo‘shiladi. Suvli lanolinda suvning miqdori 30% ni tashkil etadi. Suv hammomida suvli lanolinni eritilsa emulsiya parchalanadi.
Spcrmaset ushlab ko‘rganda yog‘Ii, qattiq, oq, plastinkasimon tuzilgan, hidsiz massa. Suyuqlanish harorati 45-54°C. Tarkibi bo‘yicha setil spirti (S|6N33ON) va palmitin kislotaning murakkab efiridir. Surt- ma asosiga qo‘shi1gan spermaset unga yuqori zichlik, sirpanuvchanlik va suvli suyuqliklarni o‘ziga singdirib dag'al emulsiya hosil qiladi. Shuning uchun kold kremlar tarkibiga ko‘p yoziladi. Qog'ozga surtilganda yog‘li dog‘ qoldirmaydi, kislota soni 2 dan oshmaydi. Spermaset suvda ham, sovuq spirtda ham erimaydi. 95% li qaynoq spirtda, efirda va xloroformda eriydi.Mum (Cera). Asalari mumi - to‘q sariq (Cera flava). 65°C haroratda suyuqlanadi. Oq mum sariq mumni quyosh yorugMigida oqartirib olinadi. Sariq mumning kislota soni 17-20,5 dan oshmaydi. Oq mumniki 18,7-22,4 dan oshmaydi. Suv va spirtda erimaydi. Qaynoq spirtda, efir, xloroform, efir moylarida qisman eriydi. Surtmaga qattiqlik berish, suvli suyuqliklarning shimilishini yaxshilash va yopishqoqlik berish uchun ishlatiladi. Kimyoviy ta'sirga chidamli.
Uglevod asoslari. Bu guruh moddalariga quyidagiiar kiradi: vazelin, petrolatum, parafin, serezin, vazelin moyi, sun'iy vazelin va naftalan nefti. Vazelin (Vaselinum). Uglcrod atomlar soni 7-35 bo'lgan suyuq, yarim suyuq va qaltiq uglevodorodlar aralashmasidan iborat. 20-50% mikrokristalli izoparafinlar, siklik parafinlar va alifatik birikmalardan, 10% parafinlardan tashkil topgan. Vazelinning qattiq tarkibiy elementlari chigallashib uch 0‘lchamli tur hosil qiladi. Bu tur uglevodorodlarning suyuq fraksiyasini ushlab turadi. Vazelin tashqi ko'rinishi gelga o'xshash hidsiz, oq (Vaselinum album) yoki sariq (Vaselinum flavum) rangli massa. 37-50°C da suyuqlanadi. Oyna plastinkasiga surtilganda tekis, oqmaydigan va chatnamaydigan plyonka hosil qiladi. Oq va sariq vazelin davolash va farmatscvtik nuqtayi nazaridan bir xil qimmatga ega. Oq vazelin bo'yovchi moddalardan ko'proq tozalangan. Vazelin suvda crimaydi. Spirtda kam eriydi, efir va xloroformda eriydi va har qanday nisbatlarda yog‘ (kanakunjut moyidan tashqari), moy va mumlar bilan aralashadi. Vazelin qanday neftdan olinganiga qarab har xil suyuqlanish haroratiga cga va struktura-reologik xossasi bo'yicha farq qiladi. Surtma asosi sifatida iloji boricha suyuqlanish harorati past boigan vazelinni ishlatgan ma'qul. Vazclin ko‘zga ishlatiladigan surtmalar tayyorlashda keng qoilaniladi. Agar retseptda asos nomi ko'rsatilmagan boisa, vaze- lin ishlatiladi Oddiy vazelindan tashqari o‘ta suyuq surtmalarga qattiqlik berish uchun vazelinning boshqa turi boigan petrolatum ishlaliladi. U qattiq konsistensiyaga ega. Suyuqlanish harorati 60°C dan yuqori.
Qattiq parafin (Parafflnum solidum). Ushlab ko'rganda moysimon, oq kristalli massa, yuqori molekular to'yingan uglevodorodlardan tashkil topgan, 50-57°C da suyuqlanadi. Suv va spirtda erimaydi. Efir, xloroform, yog‘ va efir moylarida oson eriydi. Asoslarning konsis- tensiyasi va erish haroratinj oshirish uchun qo'shimcha sifatida ishlatiladi. Issiq mamlakatlarda suzadigan kema va flot dorixonalarida, subtropik dorixonalarda yilning issiq paytida oddiy asosga 10% parafin yoki mum qo‘shiladi.
Serezin (Ceresinum) rafinirlangan ozokerit bo‘lib, amorf, rangsiz, sinuvcban massa. 68-72°C da suyuqlanadi. Yuqori molekular uglevodo- rodlar yoki bi-va trisiklik naftenlardan tashkil topgan. Surtma asoslariga
235 www.ziyouz.com kutubxonasi
parafindan ko‘ra yaxshiroq qattiqlik beradi. Kristallanmaydigan qotishma hosil qiladi. Ba'zan surtma asoslari tarkibiga smolasizlantirilgan ozokerit kiradi. U mumga o'xshash sarg‘ish rangga ega. Buni muzlatish yo‘1i bilan ajratib olish mumkin. Bu aralashma tozalangandan so'ng serezinga o‘xshash xossaga ega bo'ladi.
Vazelin moyi yoki suyuq parafin (Oleum Vaselinum). Nefitni qayta ishlanganda kcrosin haydab olingandan so‘ng qoladigan fraksiya. Bu moysimon, rangsiz suyuqlik bo‘lib, hidsiz va surtmasiz, suvda erimaydi. Efir, xloroform, o‘simlik moylari bilan har qanday nisbatlarda aralashadi. Surtma tayyorlashda erimaydigan dori moddalarini suspendirlashda ishlatiladi.
Sun’iy vazelin (Vasclini artificiale) - qattiq va suyuq parafin, serezin yoki smolasizlantirilgan ozokerit va petrolatumdan tayyorlanadigan murakkab qotishma. Oddiy qotishma esa 1 qism parafin va 4 qism vazelin moyidan iborat. Bu qotishma saqlanganda tez buziladi. Serezin yoki petrolatum saqlagan qotishmalar chidamli bo‘ladi.
Naftalan nefti (Naphtha Naphthalani). Naftalan Ozarbayjonda qazib olinadi. Avvallari naftalanda neft bilan toMdirilgan chuqurlarda bemorlar davolanganlar Hozir alohida neftli vannaga ega bo'lgan sanatoriya bor. Naftalan nefti quyuq sharbatga o‘xshash o‘ziga xos hidli, zangori fluoressensiyaga ega bo'lgan qora rangli suyuqlik. Suv bilan aralashmaydi. Spirtda kam eriydi. Moy, yog‘ va glitserin bilan har qanday nisbatda aralashadi. Naftalan nefti dezinfcksiyalovchi va og‘riq qoldiruvchi ta'sirga cga. I va II darajali kuyishni davolashda foyda qiladi. Surtma asosi boMishi uchun unga parafin yoki vazelin qo'shilishi kerak.
Silikonli polimcrlar. Silikonli yoki poliorganosiloksanli birikmalar - yuqori molckulati kremniy saqlovchi organik birikmalardir. Ular shunday molekulalar zanjirini hosil qilib, o'zgaruvchi tarmoqlardan tashkil topib, kremniy va kislorod atomlaridan tashkil topadiki, bularda kremniyning bo'sh valentlari mctil, etil, fenil radikallari bilan o‘rin almashadi. Silikonli polimerlar chiziqsimon yoki to‘rsimon- tuzilishga ega boMishi mumkin. Silikonli polimerlar rangsiz, yog'simon suyuqliklar boMib, xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida keng koMamda qoMlanilmoqda. Farmatsiya uchun ushbu xomashyoning fiziologik bezararligi, kimyoviy jihatdan indifferentligi, gidrofobligi, qovushqoqligining haroratga bogMiq emasligi muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |