Dori moddalarining ususiyatlariga ta’sir etuvchi sharoitlar



Download 22,38 Kb.
bet2/2
Sana20.04.2022
Hajmi22,38 Kb.
#566275
1   2
Bog'liq
DORI MODDALARINING USUSIYATLARIGA TA’SIR

organizmning o ‘ziga xos xususiyatlari bilan ham bog‘ liq. Birinchidan,
dori moddalarga organizmning sezuvchanligi yoshga qarab o'zgarib
boradi. Bolalar dori vositalar ta’siriga kattalarga nisbatan sezuvchanroq
bo‘ladilar, bu bolaning yoshiga oid anatomo-fiziologik xususiyatlari
bilan bog'liq. Yosh bolalaming markaziy nerv sistemasi yaxshi
rivojlanmagan, gematoentsefalik to'siq o'tkazuvchanligi ortiq
darajada, jigarning dori moddalarini zararsizlantiradigan
fermentlarining faolligi kam, buyrak faoliyati to'la-to'kis
rivojlanmagan bo'ladi. Shu bois bolalarga dori moddalari kattalarga
nisbatan kam miqdorda buyuriladi. Ayrim dori moddalami esa
bolalarda ma’lum yoshgacha qo'llash umuman man etiladi. Masalan,
yosh bolalaming nafas markazi morfmga juda sezgir, tetratsiklin esa
bolalar tishining chiqishiga va suyaklarining rivojlanishiga salbiy
ta’sir ko'rsatadi. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi dorilaming bolalar
uchun bir martalik va sutkalik eng yuqori miqdorlari Davlat
farmakopeyasida belgilab berilgan.
Katta yoshlilar (60 yoshdan oshgan) ham dori moddalariga
nisbatan sezuvchan bo'ladilar. Ularda dorilarning so'rilishi,
metabolizmi va organizmdan chiqishi sekinlashadi, shuning uchun
katta yoshli bemorlarga ko'pchilik dori moddalarining, ayniqsa,
markaziy nerv sistemasi faoliyatini susaytiruvchi, yurak glikozidlari,
siydik haydovchi dori moddalarining miqdori kamaytiriladi.
Antibiotiklar, sulfanilamid va vitaminli moddalar miqdori odatda
o'rtacha yoshdagilar dozasiga tengligicha qoladi.
28
Dori moddalarining ta’siri jinsga bog'liq: hayz ko'rish,
homiladorlik, emizikli davrlarda dorilarga nisbatan organizmning
sezuvchanligi o'zgaradi, shu tufayli ayollar erkaklarga nisbatan dorilarga
ko‘proq sezuvchan bo‘ladilar. Moddalarning ta’siri vaznga ham bog'liq
— semiz odamlar ozg'inlarga nisbatan dorilarga kamroq sezuvchan
bo'ladi. Ko'pincha moddalarning ta’siri ba’zi kishilaming o'ziga xos
xususiyatlariga ham bog'liq.
Dori moddalarining ta’siri mijozga ham bog'liq. Dori-darmonlami
buyurishda mijozning ahamiyati Buqrot, Galen davridan ma’lum. Buyuk
olim Abu Ali ibn Sino mijoz nazariyasini rivojlantirdi. Sharq tabobatida
organizm holatini, dori moddalarning foyda-zararli ekanini aniqlashda
mijozga katta e’tibor berilgan. Mijozning turi organizmdagi suyuqliklar
— qon, shilimshiq, sariq safiro, qora safrolaming o'zaro nisbati bilan
bog'liq. Qon— issiq vanam, shilimshiq— sovuq vanam, sariq safro —
sovuq va quruq, qora safro esa issiq va quruq bo'ladi.
Ibn Sinoning fikricha, mijoz ikki xil bo'ladi: birinchisi — og'ir,
bosiq, vazmin mo"tadil mijoz: bunda keltirilgan to'rtta suyuqlik birbiriga mutanosib, m’tadil nisbatda qo'shilgan bo'ladi, ikkinchisi
— tez, hovliqma, badfe’l mijoz, bular oddiy mijozli yoki murakkab
mijozli bo'ladi. Shunga ko'ra 8 xil mijoz bo'ladi: issiq mijoz, sovuq
mijoz, quruq mijoz, nam mijoz hamda issiq va quruq mijoz, issiq-nam
mijoz, sovuq-qumq mijoz, sovuq-nam mijoz. Hayotda murakkab mijoz
ko'proq uchraydi. Ibn Sino har bir organizm, hatto organizmning har
bir a’zosi o‘z mijoziga ega. Masalan, bosh miya sovuq va nam,
qorataloq sovuq va quruq, yurak issiq va nam, jigar issiq va quruq
bo'ladi. Mijoz odamning jinsi, yoshi, turar joyiga ham bog'liq.
Masalan, ayollar mijozi erkaklarga nisbatan sovuq va namroq, bolalar
va o'spirinlar mijozi issiq va namroq, kattalar va qariyalar mijozi sovuq
va quruq bo'ladi. Kasallik davrida odamning mijozi o'zgarishi
mumkin. Qadim zamon hakimlari oldin bemor mijozini aniqlab, olib,
keyin davolashga o'tishgan.
Dori moddalar, oziq-ovqatlar ham o'z mijoziga (issiq, sovuq, nam)
ega. Davolashda bemoming mijoziga qarama-qarshi mijozli dori
moddalar qo'llashga to'g'ri keladi. Dorilarga kelganda, masalan,
parasimpatik nervlar tonusini oshiradigan moddalar asosan sovuq
mijozli, simpatik nerv sistemani tonusini oshiradigan moddalar asosan
issiq mijozli bo'ladi. Bemorlaming issiqligi, quruqligi oshganda bo'lsa,
sovuq va nam mijozli moddalar, sovuq va namligi oshganda esa bo'lsa,
issiq va quruq mijozli moddalar tavsiya etiladi.
29
Dori moddalari asosan kasallik natijasida organizmda ro‘y bergan
holatga qarab ta-*sir etadi. Masalan, atsetilsalitsilat kislota harorat
ko'tarilganda (isitmada) kuchliroq ta’sir ko'rsatadi. Oddiy harorat
atsetilsalitsilat kislota ta’sirida 0,3°C ga tushsa, harorat 39-40°C ga
ko'tarilganda, isitmani 3-3,6°C ga tushiradi. Yurak glikozidlari ta’siri yurakqon tomir yetisbmovchiligida kuchliroq bo'ladi. Jigar kasalligida narkotik
moddalar ta’siri ortadi, chunki bunda jigaming zararsizlantiruvchi faoliyati
zaiflashadi. Buyrak kasalligida alkaloidlar, og'ir metallar va boshqa dori
moddalarining ta’siri kuchliroq ko'rinish oladi.
Download 22,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish