DORI MODDALARINING USUSIYATLARIGA TA’SIR
ETUVCHI SHAROITLAR
Ushbu sharoidar, bir tarafdan, dori moddalarning xususiyatlariga,
ikkinchi tarafdan, organizmning faoliyatiga bog'liq. Dori moddalarining ta’siri, ulaming kimyoviy tuzilishi, fizik xossalari, miqdori, shu bilan birga har bir organizmning o'ziga xos xususiyatlari: bemoming yoshi,
ahvoli va dori moddalariga nisbatan sezgirligi bilan aloqador bo'ladi. Dori moddalarining ta’siri ko'pchilik hollarda ulaming fizikkimyoviy va kimyoviy xossalariga: suvda yoki lipoidlarda (yog'Iarda)
erishiga, maydalanish darajasiga, uchuvchanligiga va shakliga bog'liq
bo'ladi. Masalan, kukun moddalar tabletkalarga nisbatan organizmda
tezroq so'riladi. Ularning so'rilish tezligiga, to'qimalar, a’zolarga
tarqalishiga organizmning biologik suyuqliklaridagi konsentratsiyasi
va biotransformatsiyasi ta’sir ko'rsatadi. Shuning uchun bemorlami
davolashda samarali ta’sir etadigan dori shakli qo'llaniladi.
Dori moddalarining kimyoviy tuzilishi bilan farmakologik ta’siri
o'rtasida bog'lanish bor. Masalan, barbiturat kislotaning o'zi uxladsh
xususiyatiga ega emas, shu kislotaning unumlari — barbituratlar ushbu
xususiyatga ega. Barbituratlaming uxlatish ta’siri davomiyligi ham
ularning tuzilishiga bog'liqdir.
Kimyoviy tuzilishi bir-biriga yaqin moddalar ba’zan farmakologik
jihatdan har xil la’sir ko'rsatadi. Masalan, erkaklar va ayollarning jinsiy
gormon moddalari shular jumlasidandir. Kimyoviy jihatdan har xil
tuzilgan dori moddalari, masalan, pilokarpin va atsetilxolin farmakologik
jihatdan bir xil ta’sir ko'rsatishi ham mumkin. Dori moddalari kimyoviy
tuzilishiga ko'ra to'qima retseptorlariga ta’sir etadi.
Dori moddalarining organizmga ta’siri ularning miqdoriga —
dozasiga bog'liq. Doza — bu bir marta qo'llanadigan shifobaxsh ta’sir ko'rsatadigan miqdordir. Dori moddaning farmakologik ta’siri yuzaga chiqa boshlaydigan eng kichik doza minimal yoki bo‘sag‘a miqdor
deb ataladi, rosmana shifo ko'rsatadigan doza davolovchi—terapevtik
miqdor deb ataladi. Tibbiyotda terapevtik dozalardan foydalaniladi,
ko'pincha moddalarning o'rtacha davolash miqdori qo'llaniladi. Ayrim
hollarda yuqori, ya’ni maksimaI davolash dozadan foydalanishga to'g'ri
keladi. Zaharlanishni keltirib chiqaruvchi miqdor zaharlaydigan —
toksik miqdor, o'limga olib keladigan doza— o ‘Idiruvchi (letal) miqdor
deb ataladi. Dori moddalar miqdoriga qarab organizmga turlicha ta’sir
qiladi. Masalan, uxlatuvchi vositalar — barbituratlaming minimal
miqdori tinchlantiruvchi, o'rta miqdori uxlatuvchi, yuqori miqdori
narkotik ta’sir etishi mumkin.
Dori moddalarini ishlatishda ularning farmakologik ta’sir
doirasining kengligi hisobga olinadi. Minimal toksik doza bilan
davolash dozasining o'rtasidagi oraliq farmakologik ta’sir doirasi
deyiladi. Ushbu oraliq nechog'li katta bo'lsa, davolash ta’siri shunchalik
keng, modda kam zaharli va uni qo'llash nisbatan xavfsiz bo'ladi.
Dozalar dori moddalarini qo'llashga qarab, bir martalik, sutkalik
bo'ladi. Bir martalik doza bo'lib-bo'lib qo'llanilsa — bo'lingan, 2-3
barobar oshirib qo'llanilsa — zarbali, davolash davrida qo'llanadigan
doza — kurs dozasi deb ataladi.
27
Dori moddalari sutkaning qaysi vaqtida qoMlanganiga qarab ham
ta’sir etadi, xronofarmakologiya sohasi hali yetarli rivojlanmagan
bo'lsa ham, ba’zi kerakli ma’lumotlar olingan. Modda kun mobaynida
qachon qabul qilinganligiga qarab, turlicha ta’sir etadi. Masalan,
morfinniog og‘riq qoldiruvchi ta’siri kunning ikkinchi yarmida ertalab
qo'llanilgandan ko'ra sezilarli ekan, nitroglitserin ertalab yaxshiroq
ta’sir etadi. Fenobarbitalniag hayvonlarda zaharliligi aniqlanganda
olingan raqamlar kun bo‘yi o'zgarib turgan.
Dori moddalar ta’sirida dastlabki yuborilgan miqdoming qonga
o'tgan, qondagjj erkin holdagi hajmi ahamiyatga ega, chunki og‘iz
orqali yuborilgafedori moddalari me’da-ichak fermentlarini parchalashi
mumkin, jigarda metabolizmga uchraydi, shu tufayli uning qonga
o‘tadigan miqdorifya’ni «biologik mosligi (биодоступность)» raqami
kamayib boradi.
Yuqorida keltirilganlarga ko‘ra, dori moddalarining ta’siri
Do'stlaringiz bilan baham: |