Darsning maqsadi. Shaffoflik tushunchasi bilan tanishish. Talabalarga yormaning shaffofligi va uning toza mag’iz miqdorini aniqlashni o’rgatish.
Ishlash tartibi: shaffoflik deb dondagi tashqi po’sti gul shaffoflari miqdorini olingan toza don namunasi og’irligiga nisbatan foizda ifodalanishga aytiladi. Shaffof miqdori yorma ekinlari donlarining asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Don shaffofligi qanchalik yuqori bo’lsa, uning qiymati shunchalik past bo’ladi.
Shaffoflikni aniqlash uchun o’rtacha namunadan bo’lgich yoki qo’lda suli, grechixa va sholi donidan 50 gr tariqdan 26 gr namuna ajratiladi. So’ngra namunachadan begona va don aralashmalari, undan tashqari suli namunasidan mayda donlar (1,8x20 mm teshikli elakdan o’tgan) olib tashlanadi qolgan donlar aralashtiriladi va butun donlardan ikki namuna olinadi: grechixa va tariq uchun 2,5 gr suli va sholi uchun 5 grammdan.
Shaffoflikni aniqlash donlardagi shaffofni qo’lda po’st tozalagich yordamida olish bilan aniqlanadi. Donlardan olingan shaffoflar 0,01 aniqlikda texnik torozilarda tortiladi va shaf-foflar miqdorini foizda hisoblab chiqiladi. Don shaffofligiga ikki aniqlashning o’rtacha arifmetik natijasi olinadi. Ikki paralel aniqlash o’rtasidagi farq 1 foizdan oshmasligi kerak.
Grechixa shaffofligini aniqlash. Grechixaning shaffofligi faqat qo’lda aniqlanadi. Shunda har biri 2,5 gr bo’lgan ikki grechixa namunasini navbat bilan chinni idishchaga joylab, don-larni maydalashiga yo’l qo’ymasdan, cho’p bilan shaffoflar ajrati-ladi. Shaffof yaxshi ajratilishi uchun cho’p yupqa temir to’r bilan o’rnatiladi. Xuddi shunday to’rni idishcha tubiga qo’yiladi. Cho’p bilan 40-60 marta harakat qilingandan keyin idishchadagi mahsulotni cho’zinchoq 2,2x20 yoki 1,8x20 mm kattalikdagi teshikli laboratoriya elagiga to’kiladi va shaffoflar elab olinadi. Agarda elakda po’sti tozalanmagan don uchrab qolsa, unda ular tozalanganlardan ajratib olinib, yana idishchaga joylanadi va tozalashni shaffof to’liq ajraguncha qaytariladi.
Shaffoflarni qo’lda aniqlashni laboratoriya elagida amalga oshirish mumkin. Shu maqsadda uzunchoq 1,2x20 mm teshikli elak olinadi, uni tubi yuqoriga qaratib stolga qo’yiladi, unga don namunasi joylanadi va donni barmoq bilan bosib shaffof ajra-tiladi. Ajratilagan shaffoflar (har bir namuna bo’yicha) tortiladi, o’rtacha arifmetik natija hisoblanadi va olingan namuna og’irligiga nisbatan u foizda ifodalanadi. Topilgan kattalik grechixa shaffofligi ko’rsatkichi hisoblanadi.
Aralashma bilan birga don og’irligidan shaffoflar 22% va toza mag’izi miqdori 75% li grechixaning bazis sifati hisobla-nadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |