Zararli aralashma. Zararli aralashma bo‘yicha chegirma va ustama belgilashda, uni miqdori iflos aralashma tarkibida hisoblanmaydi. Zararli aralashma bo‘yicha chegirma III kategoriya chiqindilar hisobiga amalga oshiriladi.
Bug‘doy va javdarni qayta ishlashda bazis normadan oshgan zararli aralashmaning har 0,01 % uchun un va kepakni chiqishini bazis chiqishiga proporsional holda 0,6 % ga kamaytiriladi yarokli bo‘lmagan (III kategoriya) chiqindilar hisobiga.
Agar un tortish korxonalarida yuvuvchi uskunalar bo‘lmasa, har 5 % to‘liq zararlangan don uchun 0,3 % ga va har bir 5 % osti to‘liq zaralanmagan doi uchun 0,1 % ga un va kepak chiqishi kamaytiriladi yaroqli chiqindilar hisobiga.
Donli aralashma. Mahsulot chiqishini hisoblashda donli aralashma 3 gruppaga bo‘linadi: 1) 1,7 x 20 mm o‘lchamli elakda koldiq bug‘doy uchun va 1,4 x 20 mm o‘lchamli elakda javdar uchun qoldiq bo‘lgan donli aralashmalar. Bunga o’z-o‘zidan qizish, quritish natijasida zararlangan va unib chiqkan donlar hisobiga olinmaydi. 2) bug‘doy uchun 1,7 x 20 mm o‘lchamli elakdan, javdar uchun 1,4 x 20 mm o‘lchamli elakdan o‘tgan donli aralashma va mayda donlar kiradi. 3) o‘z-o‘zidan qizish va quritish natijasida zararlangan yoki unib chiqqan donlar kiradi.
Birinchi guruh donli aralashmalarni har bir foizi uchun unni chiqishn me’yoridan 0,15 % chegirma qilinadi yaroqli chiqindilar oshishi hisobiga.
Ikkinchi guruh donli aralashmalari va mayda donlari har foizi uchun navli un tortishda unni chiqishi 0,5 % kamayadi, oboy un tortishda esa 0,3 % ga kamayadi yarokli chiqindilar me’yori oshishi hisobiga.
Donli aralashma tarkibiga kiruvchi o‘z-o‘zidan qizish, quritish natijasida zararlangan yoki unib chiqqan donlarni har bir foizi uchun navli un tortishda unni chiqishi 0,5 %, oboy un tortishda 0,3 % ga kamayadi kepak chiqishi oshishi hisobiga. Agar donli aralashma miqdori kam bo‘lsa, unni va kepakni chiqimi me’yorlari o‘zgarmaydi.
Unni, kepakni, chiqindilarni va qurishni (usushkani) hisobli me’yori 0,1 % aniqlik bilan hisoblanadi.
Un ishlab chiqarish uchun quyidagi sifat ko‘rsatkichlari bilan don qabul qilingan: namlik 12,3 %, shaffoflik 72 %, kuldorlik 1,99 %, iflos aralashma 2,0 %, zararli aralashma - 0,12 %, 1,7 x 20 mm elakdagi qoldiq bo‘lgan donli aralashma - 2,3 %, ungan donlar -1,0 %, mayda don (1,7 x 20 mm elakdan o‘tgani) - 0,6 %.
Namlik hisobi. Qayta ishlanayotgan donni namligini bazis normadan farqini aniqlaymiz: 14,5 - 12,3 = 2,2 %
Normalarga amal qilgan holda bizni misol uchun bazis normadan kam bo‘lgan namlikning har bir foizi uchun unni va kepakni chiqishi 0,75 % ga oshadi, usushka hisobiga. 2,2 * 0,75 = 1,65 %
Unni har bir navi va kepak uchun foizlarda:
oliy nav = 1,65 * 10 / 96,5 =0,17
birinchi nav = 1,65 * 45 / 96,5 = 0,77
ikkinchi nav = 1,65 * 23 / 96,5 = 0,39
kepak = 1,65 * 18,5 / 96,5 = 0,32
Kuldorlik xisobi. Qayta ishlanayotgan donni kuldorligi bazis normadan ko‘p bo‘lgani uchun 1,99 -1,97 = 0,02 %, unni chiqishi 0,18 * 2 = 0,36 % ga kamayadi, shu bilan birga:
oliy nav = 0,36 * 10 / 78 = 0,04 %
birinchi nav = 0,36 * 45 / 78 = 0,21 %
ikkinchi nav = 0,36 * 23 / 78 = 0,11 %
Iflos aralashma xisobi. Bizni misolda iflos aralashma bazis normadan 2,0 - 1,0 = 1,0 % ga yuqori, shu sababli unni va kepak chiqishi 1 % ga kamayadi, shu bilan birga:
oliy nav = 1 * 10 / 96,5 = 0,1
birinchi nav = 1 * 45 / 96,5 = 0,47
ikkinchi nav = 1 * 23 / 96,5 = 0,24
kepak = 1 * 18,5 / 96,5 = 0,19
Yaroqli chiqindilar (I va II kategoriya) miqdori 1 % ga oshadi.
Zararli aralashma xisobi. Iflos aralashma miqdori misolda bazis normadan 0,12 -- 0,1 = 0,02 % ga ko‘p. Unni va kepakni umumiy chiqishini
2 * 0,06=0,12% ga kamaytirish kerak, shu bilan birga:
oliy nav = 0,12 * 10 / 96,5 = 0,01
birinchi nav - 0,12 * 45 / 96,5 = 0,06
ikkinchi nav = 0,12 * 23 / 96,5 = 0,04
kepak = 0,12 * 18,5 / 96,5 = 0,01
Yaroqsiz chiqindilar miqdori 0,12 % ga oshadi.
Donli aralashma hisobi. Donli aralashma 1,7 x 20 mm elakdagi qoldiq bazis normadan 2,3 1,0 = 1,3 % ga ko‘p. Unni va kepakni umumiy chiqishi 1,3 * 0,15 = 0,20 % ga kamayadi, shu bilan birga:
oliy nav - 0,20 * 10 / 96,5 = 0,02
birinchi nav = 0,20 * 45 / 96,5 = 0,09
ikkinchi nav = 0,20 * 23 / 96,5 = 0,05
kepak = 0,20 * 18,5 / 96,5 = 0,04
Yaroqli chiqindilar (I va II kategoriya) miqdori 0,20 % ga oshadi.
Unib chiqgan donlar 1,0 % ni tashkil qiladi, unni chiqimi 1,0 * 0,5 = 0,5 % ga kamayadi:
oliy nav = 0,5 * 10 / 78 = 0,04
birinchi nav = 0,5 * 45 / 78 = 0,29
ikkinchi nav = 0,5 * 23 / 78 = 0,15
kepaklar chiqimi 0,5 %ga oshadi, ungan donlar hisobiga.
1,7 x 20 mm elakdan o‘tgan mayda donlar va donli aralashma 0,6 %ga tesh bo‘lib, unni va kepak chiqishi 0,6 * 0,5 = 0,3 % ga kamayadi:
oliy nav = 0,3 * 10 / 96,5 = 0,03
birinchi nav = 0,3 * 45 / 96,5 = 0,14
ikkinchi nav = 0,3 * 23 / 96,5 = 0,07
kepak = 0,3 * 18,5 / 96,5 = 0,06
Yaroqli chiqindilar miqdori 0,3 % ga oshadi.
Hisobdan keyin olingan chegirma va ustamalarni mahsulotni bazis chiqimi bilan taqqoslanadi.Chegirma va ustamalarni yigindilari teng bo‘lgani uchun hamma mahsulotlarni chiqishi yig‘indisi va bazis chiqish yig‘indilari 100 % ga teng bo‘ladi.
Mahsulot chiqishi me’yorlarini bajarilishini nazorati.Nazorat faktik chiqish ko‘rsatkichlari asosida qilinadi. Haqiqiy chiqim deb, ma’lum vaqt ichida haqiqiy massali qayta ishlangan dondan tortib (o‘lchab) olingan mahsulot miqdorini foizlarda belgilanishiga aytiladi. Mahsulotning chiqishini laboratoriya har ikki soatda nazorat qiladi. Buning uchun berilgan vaqt davomida qayta ishlangan donni sifati va miqdori ko‘rsatkichlariva olingan un, kepak, chiqindilar miqdori ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. SHu ko‘rsatkichlar asosida mahsulotni tahminiy haqiqiy chiqimi hisoblanadi va hisobli chiqim bilan taqqoslanadi.
Korxonalarda oyda bir marta ishlab chiqarish korpusida umumiy tozachash o‘tkazilib, xom ashyoni haqiqiy ishlatilishini tekshiriladi va nazorat qilinib, usushka yoki namlanish, mexanik yo‘qotishlar va mahsulotni yakuniy chiqishi anikdaniladi.
Bunda don to‘liq qayta ishlanib, don tozalash bo‘limining barcha hajmlari tozalanadi. Qayta ishlangan don va undan olingan mahsulot miqdori hujjatlar asosida tekshiriladi. Keyin qayta ishlangan donni o‘rtacha ko‘rsatkichlari hisoblanib undan o‘sha vaqt davomida mahsulot chiqishi hisoblanadi. Olingan un va kepak miqdoridan ularni chiqishi foizlarda quyidagi formuladan topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |