O’zlashtirish uchun savollar. Donlarni toshbaqacha-burgalar tomonidan ta’sirlanishi qanday usullarda aniqlanadi?
Qanday don turi toshbaqacha-burgalar bilan ko’proq zararlanadi?
Donlarning toshbaqacha-burgalar bilan zararlanishi necha xilga bo’linadi?
9-laboratoriya mashg’uloti
Harid qilingan don va urug’larini hisobini o’rganish
Darsning maqsadi: talabalarga xo’jaliklarda qabul qilingan donning hisobini hujjat asosida yuritishni o’rgatish. Ularni davlat bilan don yetishtiruvchi xo’jaliklar o’rtasida olib boriladigan hisoblash ishlari bilan tanishtirish.
Kerakli jihoz va materiallar:asosli va chegaralangan kondisiyalar hamda don va urug’larni sotib olish bo’yicha jadvallar, kalkulyator.
Ishlash tartibi: Tahlil qilinayotgan donning sifat ko’rsatkichlaridan foydalanib, fizik og’irlikdan asl chegirish hajmi va 200 t don to’plamining fizik og’irligiga nisbatan qo’shimchalar qo’shib aniqlanadi. Don hisoblanadigan miqdor og’irligidagi narxi belgilanadi. Asosli kondisiyadan sifatini o’zgarishi hamda donni quritish va tozalash narxi bo’yicha pulli chegirish hamda qo’shimcha qo’shish miqdori hisoblanadi. Jamoa xo’jaligi tomonidan davlatga sotilgan donni quritish va tozalashga ketgan xarajatlarni hisobga olib, xo’jalikka to’lanadigan umumiy pul miqdori jamlanadi.
Shirkat va dehqon-fermer xo’jaliklari tomonidan topshirilayotgan don hamda urug’lar ma’lum talablarga javob berishlari kerak. Buning uchun tayyorlanish kondisiyalari yoki sifat me’yorlari belgilangan. Amaliyotda donning faqat asosiy sifat ko’rsatkichlari bo’yicha asosli va chegaralangan kondisiyalar belgilanadi.
Asosli kondisiyalar.Shirkat va dehqon-fermer xo’jaliklari tomonidan tayyorlangan don va urug’ sifati me’yorlash bo’yicha qoniqtirishi asosli kondisiyalar deb aytiladi. Asosli kondisiyalar don va urug’larni saqlash davrida uning saqlanuvchanligini va bir joydan ikkinchi joyga jo’natilishida sifat ko’rsatkichlari talab qilingan darajada hamda uni qayta ishlashda yuqori sifatli mahsulot chiqishi tavsifini ta’minlashi kerak. Shuning uchun asosli kondisiyalar don va urug’ning hisob-kitobi yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular uchun topshirish hamda sotib olish narxi belgilangan. Don va urug’lar davlat tomonidan belgilangan narxlar bilan to’lanadi. Agar don sifati ko’zlangan kondisiyalardan farq qilsa, u vaqtda qisman chegirish va qo’shimcha haq qo’shiladi. Don va urug’lar asosli kondisiyalarga asl og’irlik, namlik, begona o’t va don aralashmalari kabi eng asosiy sifat ko’rsatkichlari kiritilgan. Asosli kondisiyalarni ifloslik va ombor zararqunandalari bilan zararlanishi barcha tuproq va iqlim sharoiti uchun yagona.