Kuchli va qattiq donlarni DAST bo’yicha ta’riflash. Kuchli bug’doy tarkibida ko’p oqsil (quruq modda hisobiga 14% dan kam emas) miqdori, yuqori oynasimonligi bilan (60% dan kam emas), ko’p kleykovina mavjudligi 28% dan kam emas), yaxshi egiluvchanligi bilan ta’riflanadi. Kuchsiz bug’doyga kuchliligini qo’shish bilan uning non yopilish sifatlarini yaxshilash mumkin.
O’rtacha kuchli bug’doy o’rtacha miqdordagi oqsil (14% dan kam), yomon oynasimonligi, kleykovinaning ozligi (25% dan kam emas), kleykovinaning kam egiluvchanligi bilan ta’riflanadi. Bunday bug’doydan kuchli bug’doy qo’shmasdan xam yaxshi sifatli non olish mumkin.
Kuchsiz bug’doy avvalgi guruhdan oz miqdordagi oqsil (11% dan kam), yomon oynasimonlik (40% dan kam), oz miqdordagi kleykovina (25% dan kam), past sifatli kleykovina (yomon egaluvchan) bilan farq qiladi. Kuchsiz bug’doydan sifatsiz non chiqadi. Yaxshi non yopish uchun bunday donlarga kuchli bug’doy qo’shish zarur.
Donlar DAST bo’yicha quyidagi talabalarga javob berishi lozim:
Ranggi ushbu tur va kenja turga mos keladigan;
Hidi sog’lom bug’doy doniga mos;
Holati sog’lom holda qizimaydigan;
Namligi mamlakatning janubiy tumanlari uchun 17 foizdan ko’p emas, boshqa tumanlar uchun 19 foizdan ko’p emas;
Asl og’irligi O’zbekiston uchun o’rtacha – 750 gr. dan kam emas;
Begona aralashmalar miqdori 5 foizdan ko’p emas (jumladan, mayda tosh 1 foizdan ko’p emas, qiyinchlik bilan ajratiladigan aralashmalar 2 foizdan ko’p emas, zararli aralashmalar 1 foizgacha;
Don aralashmasi miqdori – 15 foizdan ko’p emas (jumladan, ungan donlar – 1 foizgacha);
Kleykovina miqdori – 28 foizdan kam emas;
Kleykovina sifati – 1 guruhdan quyi emas;
Ombor zararkunandalari bilan zararlanishiga umuman yo’l qo’yilmasligi;
Bug’doyning boshqa turlari miqdori – 10 foizgacha.
Yuqorida qayd etilgan talablarga javob beradigan kuchli bug’doylarga I va IV turlarni (1, 2 va 3 kenja turlari) III turni I – tur kenja turi kiradi.
Qabul qilish omborlarida donni topshirishda navli ekinzorlar aprobasiya dalolatnomasi yoki nav guvohnomalari bo’lishi shart. Qattiq bug’doy yumshoq bug’doydan bir qator biologik va morfologik belgilar bilan farq qiladi. Qattiq bug’doy doni yirik cho’zinchoq, burchak-qovurg’ali, don oxirida soqolchasi umuman bo’lmaydi yoki juda kamligidan uni lupasiz anglash qiyin. Endosperm konsistensiyasi oynasimon. Don ranggi to’q tusli yoki och qaxrabo, ammo qizg’ishi ham uchraydi. Qattiq bug’doydan past sifatli non chiqadi, shuning uchun boshqa un bilan aralashtirilgan ma’qul.
Vazifa: talabalar 2-3 guruhga bo’linadi, har bir guruhga eng kamida 3 xil bug’doy namunalari beriladi. Talabalar ishni bajarish tartibida keltirilganidek, uni tur va turkumini, shuningdek sifat ko’rsatkichlarini aniqlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |