Mog‘or zamburug‘lari.
Yangi yig‘ib olingan don massasi tarkibida
hamisha u yoki bu darajada mog‘or zamburug‘lari mavjud bo‘ladi.
Ularning soni ko‘pincha lg don tarkibida bir necha o‘ndan yuzgacha, goho
minggachabo‘ladi,
shuningdek
ular
don
massasidagi
mavjud
mikroorganizmlarning 1-2 foizini tashkil etadi.
Qulay sharoit tug‘ilishi bilan, donning namligi yuqori bo‘lganda, don
massasining harorati orta boshlaydi va mog‘or zamburug‘lari jadal
ko‘paya boshlaydi. Natijada donda oddiy ko'zga ko‘rinadigan zamburug‘
kaloniyalari hosil bo‘ladi. Bunday holat donni noqulay ob -havo sharoitida
yig‘ib olganda, donlarni vaqtinchalik saqlashda, ularni suv yoki temir yo‘l
transportida tashishda va boshqalarda kuzatiladi.
78
Mog‘or zamburugiarining intensiv rivojlanishi don massasida quruq
moddalarning ko‘p miqdorda yo‘qolishiga don sifatining pasayishiga yoki
butunlay buzilishiga olib keladi. Mog‘or zam- burugiari bilan zararlangan
donda yoqimsiz hid pay do bo‘ladi, shuningdek uning ta’mi va rangi ham
o‘zgaradi.
Don massasida uchraydigan mog‘or zamburugMarining turi xilma -xil
bo 'lib ho/irgacha ulaming 60 dan ort ig'i aniqlangan.
Bularning ichida don sifatini buzuvchi eng asosiylari Asrergillu va
Renisillium turiga mansub zamburug‘lar hisoblanadi. Bulardan tashqari
Cladosrorium. Denatium, Trishothesium va boshqa turlarga mansub
mikroorganizmlar don tarkibida ko‘p uchraydi.
Fitopatogen mikroorganizmlar.
Bu guruhga mansub mikroorganizmlar
o'simlikda o‘ziga xos kasalliklar keltirib chiqargani uchun fitopatogen deb
nom olgan. Bularni ichida tanish bakteriyalarga yuqumli kasallik
tarqatuvchi viruslar va zamburug‘lar kiradi.
Mazkur mikroorganizmlar bilan zararlangan o‘simliklar halok bo‘lishi
yoki kam miqdorda, shuningdek sifati past bo‘lgan hosil beradi. Misol
tariqasida ba’zilarini keltirib o‘tamiz. Bast.translusens bug‘doy, javdar
arpa va makkajo‘xorida kuyish kasalini sholi va makkajo‘xorida so‘lish,
makkajo‘xori, sholi va arpada dog‘lanish kabi kasalliklarni keltirib
chiqaradi. Bast, trafasiens va boshqa mikroorganizmlar esa doniarning
puch boiib qolishiga sabab boiadi.
Shuningdek fitopatogen mikroorganizmlar o‘simliklarda chi- rish,
so‘lish va boshqa ko‘pgina kasalliklar keltirib chiqaradi. Don tarkibidagi
bu mikroorganizmlar ulardan chiqadigan mahsulot sifatiga ham ta’sir
qiladi.
Inson va hayvonlar uchun zararli boigan patogen mikro organizmlar,
donga tasodifiy joylashib qolishi mumkin.
Ular donning sifati va saqlanuvchanligiga deyarli ta’sir etmaydi.
Lekin organizm uchun xavfiiligini hisobga olgan holda donni saqlashda
bunga katta e’tibor berish lozim tuproqdan, kasal hayvonlardan va boshqa
infeksiya tashuvchilardan o‘tib qoladi.
79
Don massasida uchrab turadigan mikroorganizmlarga sibir yarasini
keltirib chiqaruvchilar, sapa, brutsellez, tuberkulez va boshqa kasallik
mikroorganizmlari kiradi.
Ratogen mikroorganizmlarni don massasida aniqlash qiyin. Shuning
uchun bu mikroorganizmlar tarqalgan joylarda karan tin tadbirlari
o‘tkaziladi. Shuningdek bu yerlardan olingan donlarni qayta ishlashda
maxsus karantin instruksiyalardan foydalaniladi.
80
Do'stlaringiz bilan baham: |