Donning sirtqi qismiga intensiv usulda ishlov berish
Donning endospermidan navli un va uning ustki qismidan kepak
olinadi. Shuning uchun mutaxassislar donning ustki qatlamlarini ol -
dindan ajratib olib, un olish jarayonlarini qisqartirmoqchi bo'ladilar.
Lekin donga “borozdka»(ariqcha) va aleyron qatlami, juda qattiq
yopishganligi sababli, bu jarayon murakkab bo‘lib qoimoqda.
55-rasm. Donga intensiv usulda suv bilan ishlov berish uskunasi
Shuning uchun amaliyotda donni oldindan g uskunasi yordamida g
yaxshi natija bera boshladi. Oddiy navli un olishda donning 2 -3 % meva
qobig‘i shilib olinadi, bunda kletchatka miqdori 0,9-1% kamayib, uning
rangi yaxshilanib, unning sifati oshadi.
Yuqori navli un ishlab chiqarishda donlarni oqlash bilan birga,
ulaming maydalanmasligiga ham e’tibor berish kerak (maydalangan
donlar 2 % dan oshmasligi kerak).
137
Donlarning ustki qatlamlariga ishlov berish texnologiyasining
samaradorligi
Donlarni oqlash natijasida ularning tuzilishi, mexanik, fizik -
kimyoviy va texnologik xususiyatlari keskin o‘zgaradi. Donning ustki
qatlamlarini tozalash natijasida uning mustahkamligi pasayib, texnologik
jarayonlarda elektr quvvati kam sarf bo'lishiga olib keladi. Oqlangan don
o'ziga namni tez tortib oladi, endospermasida biokimyoviy jarayonlar
tezlashadi. Bu jarayonda donning kul moddasi kamayishi bilan birga,
undagi mikrobiologik urug‘lanish
4-
5 marta kamayadi.
Don aralashmalarini metall zarrachalardan tozalaydigan magnit
uskuna va apparatlar.
56-rasm. Magnit separatori
Un ishlab chiqarish korxonalariga keltirilgan donlar ichidagi
metallomagnit chiqindilar donlarni o‘rayotganda, transportirovka qilish
va bir maydondan ikkinchi joyga ko‘chirayotgan vaqtda donlarga metal
zarrachalari aralashib qoladi. Bundan tashqari, don t ozalash sexidagi
uskunalarning nosozligi natijasida, tegirmonda esa
138
valekli stanok riflilarining yey ilishi va sexlarda uskunalami ta ’ mirlash
vaqtida tushib qolishi mumkin. Metallomagnit chiqindilar, ayniqsa, g va
tozalash mashinalariga tushib qolsa, turli xavfli hodisalarga (yong‘inga)
sabab bo‘ladi donni magnit chiqindilardan tozalash uchun magnit
separatoridan foydalaniladi.
Ular doimiy magnit yoki elektro-magnit yordamida ishlaydi.
Bloklarga terilgan magnit taqalari boshqa shakldagi magnit uskunalariga
nisbatan samaraliroq ishlaydi. Taqa yuzasidagi mahsulotning qalinligi
5—7 mm bo‘lishi kerak. 1 kg un yoki yormada magnit zarrachalarining
miqdori 0,3 mg dan oshmasligi, alohida bo‘lakchalaming o‘lchami esa
0,3 mm dan katta bo‘lmasligi kerak.
Yuqori sifatli un ishlab chiqarish uchun donning namligi 15,5 % kam
bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Begona aralashmalar miqdori 0,4 %, shulardan begona o‘t urugMari
0,1 % dan oshmasligi kerak va zararli va mineral aralash malar miqdoriga
yo‘l qo‘yilmaydi.
Donli aralashmalar miqdori 3% dan oshmasligi kerak.
Kuldorligi esa 1,90% bo'ladi.
Un olinadigan donlar fuzarioz kasalligi bilan zararlanmagan bo‘lishi
kerak.
Qolgan ko‘rsatkichlar standart talablari bo‘yicha bolishi kerak.
140
Do'stlaringiz bilan baham: |