Sochiluvchan va donadorlangan omixta emlarni saqlashda ular kimyoviy tarkibining o‘zgarishi
Omixta em
|
Saqlash muddati, kun
|
Kimyoviy tarkibi
|
Kislota-liligi, grad
|
xom pro-tein, %
|
moy, %
|
ammiak, %mg
|
karotin, kg/mg
|
Sochiluvchan
|
0
|
227
|
4,1
|
8,2
|
10.2
|
3 2
|
140
|
20,3
|
3,2
|
25,8
|
2,8
|
6,0
|
Donadorlangan
|
0
|
226
|
4,0
|
8,0
|
10,0
|
3,2
|
140
|
20,5
|
3,4
|
25,7
|
2,4
|
60
|
Omixta emlarni omborlarda saqlashda uyum balandligi uning namligi, harorati va tarkibiy qismlariga qarab 2,5 m dan (namligi 13% gacha bo‘ladi) 4 m gacha (namligi 13% dan ko‘p bo‘lsa) bo‘lishi mumkin.
Omborlarda havoning namligi 70-75% bo‘lishi tavsiya etiladi. Qoplarga solingan omixta emlarni tax qilib joylanadi va uning saqlashdagi talablarga muvofiq saqlanadi. Bunda qoplarning balandligi 10-12 tadan, sovuq kunlarda esa 13-14 ta dan oshmasligi lozim. Omixta emlarni saqlashda ularning holati muntazam nazorat qilib turiladi. Omborda havoning namligi va harorati doim o‘lchab turilishi kerak.
Davlat standartida ko‘rsatilishicha, omixta emlarni ko‘p holatlarda ishlab chiqilganidan boshlab bir-ikki oy saqlash tavsiya etiladi. Hozirgi vaqtda omixta emlarni maxsus omborlarda gaz muhitini o‘zgartirib saqlash keng qo‘llanilmoqda. Bunda atmosferadagi azot, karbonat angidrid va uglerod oksidlaridan iborat muhit eng qulay hisoblanadi.
Jihoz va materiallar: omixta em namunalari, adabiyotlar, omixta em zararkunandalari eksponatlari.
O‘zlashtirish uchun savollar:
Omixta em guruhlari va ularning xarakterli ko‘rsatkichlari.
Omixta em ishlab chiqarish texnologiyasi va usullari.
Chigit shroti sheluxasini ishlab chiqarish, ularning ozuqalik qiymati.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Bo‘riev H.Ch., Jo‘raev R., Alimov O. Don maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash. – T.: Mehnat, 1987.
2. Vinogradov B.I., Atabaeva X.N., Dementeva A.A. Rastenievodstvo. – T.: Mehnat, 1987.
3. Zuparov, Xayitov, Radjabov. Don va don maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash
4. Shoumarov X.B., Islamov S.YA. Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. – T.: ToshDAU nashr taxririyati bo‘limi, 2011.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2005 yil 25 maydagi 95-sonli qarori.
M U N D A R I J A
1. Don sifatini tahlil etish. Don sifatini tahlil etish uchun nusxa va namunalar olish usullarini o‘rganish.
2. Don sifati va soflik ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari
3. Donning iflosligini(begona arlashmalarni) aniqlash
4.Bug‘doy donining namunaviy tarkibini aniqlash
5.Don namligini aniqlash
6. Donning asl og‘irligini aniqlash
7. Don maxsulotlari zararkunandalarining turlarini o‘rganish, don va don maxsulotlari zararkurandalari bilan zararlaganligini aniqlash.
8. Donlarni burga-toshbaqachalar(zararli xasva) bilan zararlanganlagini aniqlash.
9. Harid qilingan don va urug‘larni hisobini o‘rganish
10. Saqlashda don va don maxsulotlarini tabiiy kamayishini aniqlash.
11. Donning quritish turlari bilan tanishish
12. Donni saqlash
13.Donni qayta ishlab un olishda tayyor maxsulot chiqishini hisoblash
14. Yorma sifatini aniqlash
15. Yormada shaffoflik va toza mag‘iz miqdorini aniqlash
16. Donni qayta ishlab yorma olishda maxsulot chiqishini xisoblash.
17.Yopilgan non sifatini baholash
18.Omixta em turlari va retseptlari bilan tanishish
Do'stlaringiz bilan baham: |