Donni saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi



Download 19,88 Mb.
bet1/56
Sana12.07.2022
Hajmi19,88 Mb.
#783252
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
2 5359811635684840715




O‘zbekiston Respublikasi
qishloq va Suv xo‘jaligi vazirligi

DONNI SAQLASH VA BIRLAMCHI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI”




FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTI UCHUN O‘QUV QO‘LLANMA

TOSHKENT – 2015
“Donni saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi” fani bo‘yicha laboratoriya mashg‘uloti “O‘quv uslubiy boshqarma tomonidan18.08.2014 yilda tasdiqlanib, №BD-5410500-4.05 raqam bilan ro‘yxatga olingan ishchi o‘quv dasturi asosida tuzilgan. “Don saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi” fanidan laboratoriya mashg‘uloti Bilim soxasi: 400000-Qishloq va suv xo‘jaligi, Ta’lim soxasi: 410000-Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, Ta’lim yo‘nalishi: 5410500 – “Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan.
Tuzuvchilar:
“Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni tashkil etish” kafedrasi: S.Ya.Islamov, I.X. Xolmirzaev, M.M Mirzasoliev, Z.A. Djabbarov.
Taqrizchilar:
“Agronomiya” fakulteti “Dexkonchilik va melioratsiya asoslari” kafedrasi q.x.f.n. SH.O.Abduraximov.
Toshkent shahar “G`ALLA - АLTEG” АJ Ishlab chiqarish amaliyot rahbari Z.M. Muqimov


KIRISH
Hozirgi qishloq xo‘jaligida o‘tkazilayotgan izchil iqtisodiy islohatlar axolini sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirishi va shu bilan bir payitda bugungi kunning eng katta muommolaridan biri bo‘lgan oziq-ovqat xavsizliginingoldini olish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
So‘ngi yillarda meva va sabzavotlarni etishtirish ularni saqlash va o‘z vaqtida qayta ishlash maqsadida bir qator qonunlar va farmoyishlar qabo‘l qilinmoqda.
Bunga 2008 yil oktyabr oyidagi “Paxta ekin dalalarini qisqartirilishi bilan meva-sabzavot va uzumni rivojlantirishga” qaratilgan Vazirlar Mahkamasinig Qarori Respublikamizda har yili aholi sonini o‘sib borayotganligini e’tiborga olgan holda ularni o‘z vaqtida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Shu sababli bu etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni yig‘ib olish, saqlash va qayta ishlashni to‘g‘ri tashkil etib, yangi zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilishi, qolaversa, bu boradagi fan-texnika va ilgor texnologiyalarni tadbiq etish, xorij tajriba yutuqlarini o‘rganib ishlab chiqarishga keng joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi [Karimov I.A., 2008].
Bu borada Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimovning 2011 yilning 21 yanvar kuni Vazirlar Maxkamasining majlisidagi ma’ruzalarida biz bugun chorvachilik, g‘allachilik, meva va sabzavotchilik kabi soxalarda ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish va uni amalda qo‘llashga, bizning iqlim sharoitimizda g‘oyat muxim ahamiyat kasb etadigan zamonoviy sug‘orish tizimlari va energiyani tejaydigan texnologiyalardan foydalanishga etarlicha e’tibor bermayotganligimizni aytib, “2011-2015 yillarda O‘zbekiston sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi dastur tasdiqlanganligi haqida to‘xtalib o‘tdilar [Karimov I.A., 2011].
Shu bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini jadal yangilash biz uchun eng muhum ustivor vazifa sifatida izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
O‘zbekistonRespublikasi mustaqil davlat sifatida e’tirof etilgan so‘ng xalq xo‘jaligining barcha soxalarida tub islohatlar amalga oshirila boshladi. Respublikamizdon mahsulotlari tizimida ham so‘nggi yillarda katta yutuqlarga erishildi. Jumladan, respublikamizda qisqa vaqt ichida don mustaqilligiga erishildi. Hozirgi kunda respublikamiz bo‘yicha yiliga 8 mln. tonnaga yaqin don etishtiriladi.
Don maydonlarining kengayib borishi hamda don yalpi hosilning ortishi don mahulotlari tizimini takomillashtirish va kengaytirishni taqazo etmoqda. Zero, etishtirilgan mavjud hosilni sifatli saqlash va qayta ishlash, shuningdek, iste’molchilarga muntazam ravishda bekamu ko‘st etkazib berish don mahsulotlari tizimi oldidagi eng asosiy vazifadir. Shu bois respublikamiz-ning ko‘pgina viloyatva tumanlarida ko‘plab zamonaviy omborlar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilmoqda.
Aholini don va don mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘la qondirishga faqatgina ko‘plab don etishtirish orqali erishib bo‘lmaydi. Etishtirilgan don, yorma va omixta emlarni sifatli va beisrof saqlay bilish lozim.
“Donni saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi” fani faqat texnologiya bo‘libgina qolmay, balki texnik-iqtisodiy fan hamdir. Fan don va uning mahsulotlarini (un, yorma, omixta em) saqlashning nazariy asoslarini, mahsulotlarning sifatini oshirishni va ulardan ratsional foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatadi. Shuningdek, don mahsulotlarini saqlashdagi barcha turdagi isrofgarchilikka qarshi kurash choralarini to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgatadi.
Don va don mahsulotlari uyumida mikroorganizmlar hamda zarakunanda hasharotlarning faoliyatini saqlashda ayniqsa, qiyinchiliklar tug‘diradi. Un va yorma kabi mahsulotlarda mazkur organizmlarning rivojlanishi mahsulot-ning ko‘plab yo‘qolishiga, sifat ko‘rsatkichlarining pasayishiga, hattoki mah-sulotning butunlay buzilishigaolib kelishimumkin.
Mahsulotlar sifatsiz hamda qoniqarsiz sharoitlarda saqlanganda qushlar hamda sichqon-kalamushlar tomonidan ifloslanib ketadi.
Don va don mahsulotlarinisaqlashsohasida qo‘yidagi masalalarni hal etishmuhim vazifalardan biridir.
Birinchi masala – mahsulotni isrofsiz saqlashga erishish yoki mahsulot kamayishini mumkin qadar qisqartirishga erishish.
Don va don mahsulotlarini saqlashda belgilangan aniq rejimlarni tadbiq etish hamda zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ham mahsulotlarning sifatini saqlanishi garovidir.
Don va don mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta’minlash maqsadida Respublikamiz don mahsulotlari ishlabchiqarish korxonalarida qo‘yidagi texnologik tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan:

Download 19,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish