Lipidlar bilan boyitilgan chigit shrotining kimyoviy tarkibi
Ko‘rsatkichlar
|
Soapstok bilan boyitilmagan sochilma shrot
|
15% soapstok bilan boyitilgan shrot
|
3% soapstok bilan boyitilgan shrot
|
Namligi
|
6,00
|
6,60
|
6,97
|
Umumiy moydorligi
|
0,65
|
1,17
|
1,12
|
Qoldiq moydorligi
|
1,08
|
1,78
|
0,74
|
Erkin gossipol
|
0,001
|
0,0012
|
0,002
|
Bog‘langan gossipol
|
0,89
|
0,80
|
0,70
|
Umumiy kul miqdori
|
6,62
|
6,12
|
6,19
|
CHigit po‘sti miqdori
|
24,01
|
24,37
|
24,06
|
Erkin fosfatidlar
|
1,11
|
1,12
|
1,22
|
Xom klechatka
|
13,23
|
14,13
|
14,03
|
Xom protein
|
40,10
|
39,88
|
7,85
|
Oqsil
|
38,41
|
35,19
|
33,56
|
25-jadval
Turli xil texnologiya asosida ishlangan sheluxaning kimyoviy tarkibi
Sheluxani qayta ishlash texnologiyasi
|
Xom protein
|
Oqsil
|
Moy
|
Biologik faol moddalar
|
Kletchatka
|
Kul
|
Kalsiy
|
Fosfor
|
Delinterlanmagan sheluxa
|
5,5
|
5,1
|
1,9
|
33.8
|
44,7
|
2,3
|
|
|
Delinterlangan sheluxa
|
4,4
|
3,9
|
1,5
|
40,9
|
36,1
|
2,1
|
-
|
-
|
Oddiy sheluxa
|
6,01
|
4,93
|
2,04
|
43.60
|
45,11
|
3,24
|
0,31
|
1,10
|
Boyitilib briketlangan sheluxa
|
25,91
|
24,65
|
625
|
33,50
|
30,05
|
5,29
|
0,52
|
0,68
|
Boyitilib shibbalangan sheluxa
|
29,44
|
-
|
8,72
|
31,12
|
25,81
|
4,91
|
0,84
|
0,69
|
21-rasm. Omixta emlarni granulalash va briketlash uskunasi
Boyitilib briketlangan sheluxaning oziqlik qimmati oddiy sheluxaniqidan 2,5-3,0 barobar ortiq bo‘lib, bunga sheluxa tarkibida moy, stearin, tokoferol va boshqa biologik faol moddalar miqdorini oshirish yo‘li bilan erishiladi. Sheluxani briketlash va shibbalashning yangi texnologiyasi uning tarkibida qimmatli ozuqa moddalar anchagina (xom protein 3,4 barobar) ko‘payishiga, uncha to‘yimli bo‘lmagan azotsiz ekstraktiv moddalar 9-10 va kletchatkaning esa 14-15% kamayishiga yordam beradi.
Vazifa. Talabalar omixta em zavodlariga ekskursiya paytida omixta em tayyorlanish texnologiyasi bilan amaliy tanishadilar va shu asosda qisqacha referat tayyorlashadi.
OMIXTA EMNI SAQLASH
Darsning maqsadi: talabalarni omixta emni saqlash texnologiyasi bilan tanishtirish.
Omixta em tarkibida turli xil moddalarning bo‘lishi uni saqlashni birmuncha qiyinlashtiradi. Bunda omixta em tarkibi-dagi har bir moddaning va moddalar birikmasidagi o‘zgarishlarni hisobga olish lozim.
Ishning mazmuni va tashkil etish tartibi: : omixta emni saqlashda undagi asosiy ozuqa moddalarning kamayib ketmasligiga va uning oziqlik qimmatini belgilovchi xususiyatlarini yo‘qotmasligiga asosiy e’tibor beri-lishi lozim. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, omixta emni saql
ash mobaynida uning oziqlik qimmati oshmaydi, aksincha uni uzoq vaqt saqlash yoki saqlash tartibini buzish uning oziqlik qimmatining pasayishiga olib keladi.
Omixta emni uzoq vaqt saqlashga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Boshlang‘ich xom ashyoning sifati va uning saqlashga moyilligi, emning retsepturasi va tayyorlash texnologiyasi, tuzilishi, nam miqdori kabilar omixta emning saqlanuvchanligini belgilovchi asosiy omillar-dan hisoblanadi.
Omixta emning saqlanuvchanligi uning kimyoviy tarkibiga ham bog‘liq. Omixta em tarkibida namni o‘ziga tezda shimib oladigan moddalar ko‘p bo‘lganda uni uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi. Ayniqsa omixta emlarni ozuqa holda saqlanganda bu jarayon juda tez o‘tadi va uning oziqlik qimmati pasayib ketadi. Namni o‘ziga shimib olish xususiyati emning g‘ovakligiga hamda tuzilishiga bog‘liq.
Omixta emni saqlashda havoning harorati muhim ahamiyatga ega. Havo harorati past va namligi kritik namlikdan past bo‘lgan sharoitda omixta emni uzoq vaqt sifatini buzmasdan saqlasa bo‘ladi. Havo harorati (5 dan 200S gacha o‘zgarishida) va namligiga (10 dan 18% gacha o‘zgarishda) bog‘liq holda omixta emni 4 dan 120 kungacha saqlash mumkin. Havo haroratining ko‘tarilishi bilan omixta emning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator mikroorganizmlar va zararkunandalar paydo bo‘ladi. SHuningdek, omixta emda bo‘ladigan oksidlanish jarayonlari ham havo harorati ko‘tarilishi bilan ancha faollashadi. Pirovard natijada em tarkibida oqsil kamayib ketib, ammiakli azot, ammiak va uchuvchan azotli birikmalar paydo bo‘ladi.
Omixta emda turli xil mikroorganizmlarni paydo qiladigan namlik kritik namlik deb yuritiladi. Don mahsulotlarini saq-lashda bu atama boshqa ma’noni anglatadi. Turli xil omixta emlar-ning kritik namligi turlicha. Suyak uni uchun kritik namlik 8,7%, beda uni uchun 14,9%, chigit shroti uchun 12,8%, chigit sheluxasi uchun 11,5% ni tashkil qiladi. Umuman, omixta emlar uchun kritik namlik 10 dan 14,5% gacha bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich omixta emning mineral qo‘shilmalari – tuz, karbamid va boshqalar uchun taalluqli emas.
Omixta emlarni uzoq vaqt saqlashda ularni donador qilib, boyitish va briketlash muhimdir. Bunda em tarkibidagi ozuqa mod-dalar tabiiy holatdagiga nisbatan sochilma va donador, to‘laroq va yaxshiroq saqlanadi. Dalada quritib jamg‘arilgan pichanda 47-53% ozuqa birligi va 29-53% hazm bo‘ladigan protein saqlanib qoladi. Em-xashak granulalanganda esa ozuqa moddalarning 3,13-3,22% i va karotinning 22-63% i nobud bo‘ladi. Granulalar 12 oy saqlanganda tarkibidagi ozuqa birliklarining nobud bo‘lishi 5-8% dan oshmaydi, holbuki sochilma holda saqlanganda uning 30% ga yaqin qismi nobud bo‘ladi. Karotinning nobud bo‘lishi sochilma holatda 80-85% ga boradi, donador qilinganda esa u keskin kamayadi. Granulalangan va briketlangan ozuqalarni saqlash uchun kamroq joy kerak bo‘ladi. Ularni tashish va mollarga edirish osonlashadi, tarkibidagi ozuqa moddalar yaxshi va nobud bo‘lmay saqlanadi.
Omixta emlar asosan granulalash jarayonida 80-900S da ishlanadi, bunday haroratda ko‘pgina mikroorganizmlar nobud bo‘ladi. Natijada tayyor mahsulotning saqlanuvchanligi keskin oshadi. Omixta emda asosan don mahsulotlarida bo‘ladigan mikroorga-nizmlar bo‘ladi. Lekin omixta emda don mahsulotlariga qaraganda mikroorganizmlar mahsulot birligiga ancha ko‘p bo‘ladi. Omixta emlar asosan bakteriyalar (ko‘pincha E. herbico1a) va mog‘or zambu-rug‘larining (asosan Alternaria, S1adosporium va b.) yashashi uchun qulay muhit hisoblanadi. Kritik namlikda va qulay haroratda (10-200S dan yuqori) mog‘or zamburug‘lari uchun qulay sharoit yaratiladi, natijada ko‘p issiqlik ajralib chiqadi va em o‘z-o‘zidan qiziy boshlaydi. Omixta emlarning g‘ovakligi katta bo‘lganligi uchun (50-58%) ko‘pincha aerob zamburug‘lar rivojlanadi.
Omixta emlarning issiqlik va harorat o‘tkazuvchanlik xusu-siyati past bo‘lganligi sababli ularning o‘z-o‘zidan qizishi ancha tez sodir bo‘ladi. Bunda harorat 35-500S va undan yuqori bo‘ladi. Omixta emlarda o‘z-o‘zidan qizish natijasida protein, xom moy, karotin va boshqa moddalar keskin kamayib, uning ozuqalik qimmati pasayadi. SHuningdek, em tarkibida bir qator zaxarli moddalar (ammiak va boshqalar) hosil bo‘ladi.
Omixta emlarning o‘z-o‘zidan qizishi va buzilishida don mahsulotlarining zararkunandalari, turli xil hasharotlar va kanalar muhim rol o‘ynaydi. Donda uchraydigan hamma hasharotlar omixta emlarda ham uchraydi. Ular hatto namlik juda past bo‘lganda ham uchraydi. Omixta emlarni turli xil hasharotlardan saqlashning amaliy kurash vositalaridan asosiysi ularni past haroratda (5-100S dan past) saqlashdir.
Umuman, omixta emlarda hasharotlar juda jadal ravishda ko‘payadi, saqlashning dastlabki 2-3 oyi ichida hasharotlar 40-60 baravarga ko‘payib umumiy massani 28% gacha kamayishiga olib keladi.
Omixta emni uzoq vaqt saqlashda uning bir qator xususiyatlarini hisobga olish lozim. Aks xolda u oz vaqt ichida butunlay buzilishi mumkin. Omixta emlar va ularni tayyorlashda ishlatiladigan tarkibiy qismlar uyum holda va turli qoplarda saqlanadi. Omixta emlarni polietilen qoplarda va kraft qoplarda saqlash uning ozuqalik qimmatini va undagi karotinning yaxshi saqlanishini ta’minlaydi (26-jadval).
26-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |