Ingredientlarni dozirovka (me’yor) lash. Omixta em tayyorlash uchun yarim fabrikatlar dozatorlar yordamida me’yorlanadi. Mineral ingredientlar (tuz, bo‘r va boshqalar) uchun uncha katta bo‘lmagan xandaq va me’yorlaydigan qurilma bo‘ladi. Barcha yarim fabrikatlar me’yorlangandan so‘ng, bevosita dozator ostida joylashgan qorishtirgich shnekka tushadi.
Omixta emlarni qorishtirish. Ingredientlari tekis taqsimlangan bir jinsli sochiluvchi massa hosil qilishi uchun uni qorishtirgichda yaxshilab aralashtiriladi, so‘ngra tayyor omixta em xandaqga tushadi va u erda saqlanadi. Omixta em zavodlarida doimiy harakatda bo‘lgan gorizontal qorishtirgichlar qo‘llaniladi. Bu zavodlarda ozuqalarni ortish va tayyor mahsulotlarni chiqarish uzluksiz olib boriladi.
Omixta emni briketlash. Sochiluvchan omixta emlarning gigroskopligini va o‘z-o‘zidan navlarga bo‘linib ketishini kamaytirish maqsadida ular shibbalanadi. To‘la ratsionli omixta emlar ham konsentratlar ham aralashtirilib bo‘lingandan keyin briket qilinadi.
O‘lchab olingan barcha tarkibiy qismlar (ular orasida, albatta, yopishtiruvchi modda bo‘lishi shart) aralashtirilgandan keyin, omixta em mexaniq (o‘qli) shibbalagichga yuboriladi.
Omixta emlarni granulalash. Omixta em bir jinsli sochi-luvchan massa shaklida bo‘lib, tayyor bo‘lgandan keyin granulalanadi. Bunda biriktirish uchun melassa moddasi talab qilinmaydi (20-rasm).
20-rasm. Granulalangan omixta emning ko‘rinishi
Omixta emlarni galet shaklida tayyorlash. Bunda ma’lum ko‘rsatmada tayyorlangan omixta em xamirturush qo‘shib yoki achitqi ko‘shib aralashtiriladi. Xamir yoyilib, uni ma’lum shaklga solinadi, galet qilib yopib pishiriladi, sovitilib joylashtiriladi.
O‘zbekiston xo‘jaliklarining ozuqa balansida chigit shrotlari katta o‘rin egallaydi. Chigit shrotlari asosan lipidlar va soaps-tok bilan boyitiladi. SHrotni soapstok bilan boyitish uning tarkibidagi moy miqdorini ancha ko‘paytirish imkonini beradi, shu bilan birga shrotda gossipol kam qoladi va tuzda eruvchan oqsil miqdori ortadi.
O‘zbekistonda yalpi paxta hosili oshgan sayin turli ozuqa, shu jumladan, chigit sheluxasi etishtirish ham tobora ko‘paymoqda. Chigitni qayta ishlaganda uning 30% dan ko‘prog‘i po‘st – sheluxa tarzida chiqitga chiqadi. Uning tarkibida 3-6% protein, 1-1,5% moy va 40-44% dan ko‘proq kletchatka bo‘ladi. Chigit sheluxasini lipidlar va shrot changi bilan boyitish va briketlash yo‘li bilan uning oziqlik va fizikaviy xossalarini oshirish asosida tamomila yangi xil ozuqa tayyorlash mumkin (24 va 25-jadval). Briketlashda soapstokdan foydalanish uning ilashimli bo‘lishini, shrot ham qo‘shilishi esa briketlarning yirik bo‘lishini ta’minlaydi. Sheluxani «B-82-30 A» va boshqa turli markadagi shibbalovchi mashinada briketlash mumkin 21-rasm).
24-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |