Jihoz va materiallar: oshxona pichoqlari, qopqog‘i zich yopi-ladigan shisha bonkalar, yoki 500 ml hajmli og‘zi katta sut shisha butilkalari, Juravlyov uskunasi, enli silliq taxtalar, 250 ml o‘lchov kolbalari, yog‘och kurakcha yoki uchi rezina qoplamali shisha tayoqchalari, 50 ml pipetka, 200-250 ml kimyoviy stakanlar, 150-200 ml konus kolbalar, 0,1 N achchiq natriy yoki achchiq kaliy reak-tivlari, fenolftalein, non mahsulotlari.
O‘zlashtirish uchun savollar.
Non partiyasidan o‘rtacha namuna qanday tanlanadi?
Nonni mag‘izi (asosi) qanday aniqlanadi?
Non mag‘izi (asosi) qanday aniqlanadi?
Nonda qanday kasalliklar uchraydi?
18-laboratoriya mashg‘uloti
OMIXTA EM TURLARI VA RETSEPTLARI BILAN TANISHISH
Darsning maqsadi: talabalarga omixta em ishlab chiqarish texnologiyasi haqida tushuncha berish.
Chorvachilikni sanoat negizida yanada rivojlantirish xo‘ja-liklarda vujudga keltirilayotgan ozuqa bazasining faqat miqdo-rini emas, balki sifat tarkibini ham yaxshilashni talab qilmoqda.
Ishning mazmuni va tashkil etish tartibi: : ozuqa bazasi tarkibida barcha kerakli bio-logik faol va ozuqa moddalar bo‘lgan, mollarni to‘ydirib boqishni ta’minlaydigan yuqori sifatli em-xashakdan iborat bo‘lishi kerak. Mollarni to‘yimli va sifatli emlar bilan boqishni va em-xashakdan foydalanish samaradorligini oshirishni tashkil etish chorva mollari mahsuldorligini oshirishning eng yaxshi natija beradigan omilidir. Chunki mahsulot etishtirish uchun qilingan sarflar tarkibining 60% ini va undan ham ko‘proq qismini em-xashak tashkil etadi.
Turli ozuqalardan to‘g‘ri tanlab olingan omixta emlar to‘la qimmatli bo‘ladi, chunki bir xil ozuqada bo‘lmagan moddalar ikkin-chi xil ozuqada bo‘ladi va shunday qilib, bir-birining o‘rnini to‘lg‘azib, to‘la qimmatli ozuqa hosil qiladi va bu aralash emning oziqlik qiymati ayrim ozuqadan yoki bir xil aralashma ozuqadan yuqori bo‘ladi. Omixta em aniq ko‘rsatma asosida tayyorlanadi. Barcha omixta emlar ikki guruhga bo‘linadi: to‘la ratsionli va konsentrat omixta emlar.
Konsentrat omixta emlar dag‘al, shirador (sersuv) va boshqa mahalliy ozuqalarga qo‘shishga mo‘ljallangan, ular bir xil sochi-luvchan massa, briket va granula (dona-dona qilib maydalangan) shaklda tayyorlanadi.
To‘la ratsionli omixta emlar o‘zlashtirilishi (oziqligi) jixa-tidan to‘la qimmatli bo‘ladi, mollarga boshqa narsa qo‘shmasdan beriladi hamda ko‘pincha briket va granula shaklda tayyorlanadi. To‘la ratsionli omixta emlar bo‘yi 160-170 mm, eni 70-80 mm va qalinligi (balandligi) 30-60 mm bo‘lgan odatdagi g‘isht shaklida tayyorlanadi.
Konsentrat omixta emlar konsentratsiyalangan turli ozuqalar-dan tarkib topadi. Ular bir jinsli sochma massa shaklida uch xil qilib tayyorlanadi: mayin, o‘rta va dag‘al. Konsentrat omixta emlar ba’zan dona-dona qilib maydalangan shaklda yoki galet – teshik-teshik non shaklida ham tayyorlanadi.
Sochiluvchan aralash emlar ishlab chiqarishning asosi quyidagi jarayonlardan iborat: donni organiq va mineral aralashmalardan tozalash, arpa va sulining po‘stini ajratib tashlash, tozalangan donni maydalash, ingradientlarni dozalash va aralashtirish kabilar. Briket qilingan to‘la ratsionli omixta emlar, shuningdek, dona-dona qilib maydalangan yoki galet shaklidagi aralash emlar tayyorlashda ularni yana qo‘shimcha ishlash talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |