Grechixa yormasi va chiqindisini hisoblash miqdori, foiz
Qayta ishlangan mahsulot
|
Bug‘latilgan
|
Bug‘latilmagan
|
Grechixa birinchi nav
|
52
|
59
|
Ikkinchi nav yorma
|
4
|
3,0
|
Qayta ishlangan
|
10
|
5,0
|
Ozuqa un
|
6
|
3,5
|
Ozuqa chiqindilar
|
7
|
6,5
|
Qipiq
|
-
|
-
|
Mexaniq yo‘qotish
|
20
|
21,5
|
Quritish
|
1
|
1,5
|
Jami:
|
100
|
100
|
Qayta ishlangan grechixa yormasi quyidagi sifat talablariga javob berishi kerak: bir xil kattalikdagi sifatli donlar eng kamida 99,2% ni tashkil qilgan 1-nav 98,3%, 2-nav 1-navda mayda-langan 3% - 2-navda 4% dan oshmasligi kerak. Silliqlanmagan don 1-navda 0,3%, 2-navda 0,4% dan oshmasligi kerak.
3-vazifa: Arpani qayta ishlab perlovka va arpa yormasini olish: a) 280 t arpani qayta ishlashda perlovka yormasi va chiqin-dini aniqlash. b) 230 t arpadan qayta ishlashda arpa yormasi va chiqindini aniqlang.
22-jadval
Arpadan yorma olish me’yori, foiz
-
Mahsulot
|
Yorma ishlab chiqarish
|
Perlovka
|
arpa yormasi
|
Perlovka:
№ 1- № 2
№ 3 - № 4
№ 5
|
28,0
10,0
2,0
|
-
-
-
|
Arpa yormasi:
№ 1
№ 2
№ 3
|
-
-
-
|
15,0
42,0
5,0
|
Arpa donidan perlovka va arpa yormasi tayyorlanadi. Katta-kichikligiga qarab perlovka 5 ta, arpa yormasi 3 ta raqamga bo‘linadi. 1 va 2-raqam perlovka uzunchoq, uchlari qayrilgan bo‘ladi, 3, 4, 5 - lari yumaloq, sharsimon shaklda bo‘ladi. Arpa yormasi har xil shakldagi va o‘lchamdagi maydalangan doiralardan iborat.
Jihoz va meteriallar:jadvallar, yorma namunalari, kal-kulyator.
O‘zlashtirish uchun savollar.
Sifatli grechixa yormasi qanday talablarga javob berishi lozim?
Perlovka olish texnikasini qisqacha yozing.
Sholini qayta ishlab guruch olish texnikasini qisqacha yozing.
Arpa yormasini olish texnologiyasini qisqacha yozing.
Grechixani kimyoviy tarkibi qanday bo‘ladi?
17-laboratoriya mashg‘uloti
YOPILGAN NON SIFATINI BAHOLASH
Darsning maqsadi: non yopish texnologiyasi bilan tanishish. Talabalarga non mahsulotidan o‘rtacha namuna olish va uni organoleptik baholashni o‘rgatish.
Ishning mazmuni va tashkil etish tartibi: : har 4-5 talabaga zarur jihoz to‘plami va yarim yoki butun non mahsuloti beriladi. Quyidagi uslubda non sifatining organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga qarab, g‘ovaklik va nordonligi aniqlanadi.
Savdo shoxobchalariga keltiriladigan nonlarni har bir turi standartda belgilangan talablarga javob beradigan holda tushishi shart. Non sifati organoleptik va laboratoriya usullari bilan aniqlanadi. Namuna tanlash va nonni laboratoriyada sinash mavjud standartlarda yoritilgan uslubda amalga oshiriladi. Mazkur ishni bajarishda, talabalar namuna tanlash, sinash usullari va sifatiga qo‘yiladigan talab bilan tanishishi zarur. So‘ngra non namunasining organoleptik va fizik-kimyoviy nordonlik va g‘ovaklik ko‘r-satkichlari tahlil qilinadi. Olingan ma’lumotlarni taalluqli ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi.
O‘rtacha namuna tanlash. O‘rtacha namuna non zavodi (novvoy-xona) yoki savdo korxonasida DAST ko‘rsatmalari bo‘yicha har bir non to‘plamidan olinadi. Non to‘plami deb, zavod yoki novvoyxonada bir brigada tomonidan, smenada og‘irligi 40 t gacha tayyorlangan har xil non va non mahsulotlariga; savdo tarmog‘ida bir korxonada tayyorlangan va qabul qilingan bir xil non mahsulotlariga aytiladi. O‘rtacha namuna deb, tashqi belgilari bilan butun to‘plamni ta’riflaydigan sifatni aniqlash uchun ajratilgan non to‘plamining bir qismiga aytiladi.
Laboratoriya namunasi deb, laboratoriya tahlili uchun ajra-tilgan o‘rtacha namunaning bir qismiga aytiladi. Laboratoriya namunani tuzish mahsulotning o‘rtacha namunasidan tanlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Og‘irligi 400 gr dan ortiq va donabay mahsulotlardan 1 dona, og‘irligi 200 dan 400 gr gacha donabay mahsulotlardan 2 ta namuna ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |