Steril liniyalarni hosil qilishda interkross pitomnigida har yili pushsizlikni
mustahkamlovchilardan shakllangan pushsiz nasl va populyasiya har yili yekiladi.
5 – 6 nchi yili sterillikni mustahkamlovchi – fenotipik yaqin bo’lgan steril va fertil
shakllari tanlab olinadi. Ular kombinasion qobiliyatliligi bo’yicha sinaladi. Shu
vaqtda steril liniyalarni va ularning nasllarini o’zida maqsadga muvofiq qimmatli
xo’jalik belgilari bilan sterillikni mustaxkamlash qobiliyatli bo’lishi nazarda tutilib
kilinadi. Donli sorgolarida hosildorlik bo’yicha geterozis hodisasi ota–ona
shakllariga nisbatan ro’vakning donliligini ko’payishi bilan bog’liq. Donli
sorgoning Stepnoy 5 duragayi, Nizkrosloye 81 S X Xigeri ranneye 85 (donli
Silosli sorgoning duragaylari donli sorgo hamda qand sorgolarning pushsiz
liniyalari asosida yaratiladi. Masalan, Kormovoy 5 duragayi Nizkorosloye 81 S
donli sorgo liniyasini Silosnoye 3 navi bilan, Manыchskiy 14 duragayi yesa
Kormovoye 176 S qand sorgosi liniyasini Sarvashi navi bilan chatishtirish yo’li
bilan yaratilgan. Ayrim xollarda silosli duragaylarini hosil qilishda supurgi
sorgosidan foydalaniladi. Bu usulda Saratovskiy silosnыy duragayi yaratilgan
(silosli sorgoning Saratovskoye razvesistoye liniyasi Saratovskoye supurgi,
mahalliy sorgosi). O’rtapishar duragaylarida geterozis kuchi donining hosildorligi
bo’yicha, kechpishar duragaylarining guruhlarida yesa ko’k massa va quruq massa
bo’yicha namoyon bo’ladi.
Geterozisli duragaylarini hosil qilish bilan bir qatorda sorgoning va sudan
o’tining yuqori hosili navlari va sintetik populyasiyalarini yaratish seleksiyasi olib
borilmoqda.
Sorgo seleksiyasida so’n’iy mutagenez usulidan foydalaniladi. Mutasiyalar
hosil qilish uchun ham fizikaviy ham kimyoviy mutagenlardan foydalaniladi.
Mutagenez usuli yordamida sorgoning seleksiya uchun qimmatli shakllari
yaratilgan. Past bo’yli, yirik donli tezpishar, ko’p oqsilli yuqori mahsulli, ko’p
urug’li va sterilli (pushsiz) shakllar.
Sorgo
seleksiyasida
biotexnologiya
va
hujayra
seleksiyasi
ishlari
rivojlanmoqda.
Bu
usullarni
qo’llash
yordamida
sho’rlangan
yerlarga,
qurg’oqchilikka, kasalliklarga chidamli shakllarni yaratish mumkin.
Sorgo yekini seleksiyasi jarayonida seleksion materialga ko’p sonli
ko’rsatkichlarga qarab baholash o’tkaziladi. Dala sharoitida fenologik kuzatishlar
o’tkazib vegetasiya davrining va alohida rivojlanish fazalarining davomiyligi
o’rganiladi.
Sorgo yekini uchun muhim ko’rsatkich bo’lib maysalarining birinchi 30
kunda o’sish sur’ati hisoblanadi, bu yesa o’z navbatida namunalarning sovuqqa
chidamliligini bilvosita ko’rsatkichi.
Do'stlaringiz bilan baham: