Sorgo seleksiyasining asosiy yo’nalishi donidan (5–6 t/ga) va silos uchun
ko’k massasining (25–50t/ga)yuqori va turg’un hosilli hamda majmuiy qimmatli
xo’jalik belgilariga yega nav va duragaylarni yaratish.
Don uchun nav va duragaylarining o’simliklari past bo’yli (150 sm gacha)
poyasining va ro’vagining uzunligi bo’yicha, bir tekis ustki barg qinidan chiqib
turgan ro’vagining yetarlicha chiqib turgan oyokchali bo’lish maqsadga muvofiq.
Bu o’z navbatida kam to’planadigan (o’simlikda bir – ikki poya) o’simliklari
hosilini yig’ib olishini mexanizasiyalashni osonlashtiradi.
Silos yo’nalishidagi nav va duragaylarning o’simliklari baland bo’yli (2–2,5
m), ko’p bargli, uch – besh poyali bo’lib, ko’k massasida donining miqdori sut –
mum pishish fazasida quruq moddasining 25 – 30 % dan kam bo’lmagan, hamda
barg – poya massasida karotin ko’p miqdorda bo’lib, sianogen glikozidini kam
saqlaydigan bo’lishi kerak.
Sudan o’ti nav va duragaylarining yeng muxim xususiyatlaridan biri chorva
mollarini dalada boqishdan yoki o’rib olingandan so’ng kuchli va kiyg’os qayta
o’sishi hisoblanadi.
Supurgi yoki texnikaviy sorgoning ro’vaklari yarqiragan yashil, kizil
dog’larsiz, 35 – 50 sm uzunlikda, ingichka yegiluvchan va tekis bo’lishi kerak.
Sorgoning sovuqqa chidamlilik xususiyati tarkibida taninlarni saqlanishi bilan
chambarchas bog’liq, ular unib chiqadigan donida patogen zamburug’larni
rivojlanishga to’sqinlik qiladi. Ammo bu moddalarni mavjud bo’lishi yem –
hashaklarning ozuqalik qimmatini pasaytiradi, chunki chorva mollarning hazm
kiluvchi oshkozon ichak traktida fermentativ gidrolizga to’sqinlik qiladigan
moddalar majmuyi hosil bo’ladi.
Sorgo seleksiyasining dolzarb muammosi bo’lib doni va barg – poya
massasining ozuqalik qimmatini oshirish hisoblanadi. Buo’ xususiyat tarkibidagi
oqsil va almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalarning, birinchi navbatda lizinning
mavjudligi bilan bog’liq.
Hashaki sorgoning nav va duragaylarini sifatiga qaratilgan seleksiyasida
sianogen glikozidning tarkibini kamaytirish zarur, chunki u gidroliz vaqtida
spisifik ferment ta’siri ostida sinil kislotasini ajratadi. Bu yesa chorva mollarining
zaharlanishiga olib keladi. Sinil kislotasining konsentrasiyasi sorgoning naviga,
rivojlanish fazasi, kecha – kunduz vaqti va qo’llaniladigan agrotexnikaga bog’liq.
Qand jo’xorisining nav va duragaylari shirasining tarkibida 20% va undan
ko’p qand saqlanishi yem – hashakning qand – protein nisbati bo’yicha
yaxshilanishi bilan bir vaqtda, ajratib olingan qanddan oziq – ovqat sanoatida
sharbat va shinni tayyorlashda foydalanishi mumkin.
Sudan o’ti namunalarining tarkibida shakar – jo’xoriga nisbatan kamroq qand
saqlanadi. Silos uchun va hashaki jo’xorining nav va duragaylarini sifatini
yaxshilash donining po’stliligini kamaytirish va oson yanchilishi bilan bog’liq,
chunki boshoqcha kobig’lari silos massasi va donining ozuqalik qimmatini 15 – 20
% gacha pasaytiradi.
Sorgo yekinlari seleksiyasining muxim yo’nalishi bo’lib kasallik va
zararkunandalarga chidamli nav va duragaylarni yaratishdir.
Sorgoning o’ta xavfli kasalliklariga bakteriozlar, virus mozaikasi, chang
qorakuyasi va turli chirish kasalliklari kiradi. Bu kasalliklar sorgoning urug’ini,
maysa va poyalarini zararlantiradi. Zararkunandalardan – shira asosan donlilar biti
va poya yoki makajo’xori kapalagi (motel) dir.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com