Seleksiya usullari
Sorgo yekini seleksiyasining dastlab bosqichlarida kolleksion va mahalliy
namunalaridan tanlash usulidan foydalanilgan. Yakka tanlash, yakka – oilaviy va
oilaviy – gruppaviy tanlashlar usullari qo’llanilib bir qancha navlar yaratilgan:
Kubanskoye krasnoye 1677 (don uchun) Krasnыy yantar, Kubanskiy yantar,
Oranjivoye 160 va Ranniy yantar dnepropetrovskiy (silos uchun) hamda
Venichnoye ranneye va Venichnoye 149 (supurgi uchun).
Keyinchalik o’zidan changlatish bilan birga fertillik asosida duragaylash usuli
ko’llanilgan. Bu usulda donli sorgoning Genicheskoye 11 va Xazine 4, silos uchun
– Zernogradskoye 3 va Kamыshinskoye 7, hamda sudan o’tining Mironovskaya
10, Kinelskaya 100 va boshqa navlari yaratilgan.
Sorgo yekinini duragaylash texnikasi. Pinset yordamida changdonlarni
ochilgunga va yorilgunga qadar olib tashlab, ro’vagini izolyasiya qilish va 3 – 4
kundan so’ng ota o’simligining changi bilan changlatishdan iborat. Bichish
o’tkazish gullarning maydaligi sababli qiyin bo’lganligi uchun PTU – 1 (polevoy
termostat universalnыy) moslamasi yordamida sorgoni termik bichish usuli ishlab
chiqilgan.
48 – 50
0
S haroratda 10 minut mabaynida chang donachalari to’lig’icha
hayotchanligini yo’qotadi, urug’chilari yesa 70 – 80 % saqlanadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Sorgo seleksiyasining asosiy yo’nalishi – geterozisli duragaylar yetishtirish.
Ular ota – ona shakllariga nisbatan hosildorligi va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha
ustun turadi. Bunday duragaylarni hosil qilish uchun o’zidan changlatilgan
liniyalar xizmat qiladi.
Sorgo o’simliklarida quyidagicha o’zidan changlatish amalga oshiriladi:
asosiy poyalardagi ro’vaklar gullagunga kadar pergament izolyatorlar yordamida
izolyasiyalanadi.
Pushsizlik asosida chatishtirish texnikasi bajarilishda juda qulay bo’lib
pushsiz ro’vaklarni gullagunga qadar izolyasiyalash va ro’vakning hamma
gullarini ochilgandan 5 – 6 kundan keyin tanlangan ota (changlatuvchi) shaklining
changi bilan changlatishdan iborat.
Sorgo yekini seleksiyasida populyasion seleksiyaning qator sxemalari ishlab
chiqilgan bo’lib, ulardan yeng ko’p qiziqtiradigani – sitoplazmatik yerkak
pushsizligi asosida interkross usulidir. Ona shakli sifatida pushsiz liniyalar, ota
jufti sifatida yesa – mustaxkamlovchi qobiliyatli namunalari foydalanildi. Bu
usulda interkross chatishtirishni ro’vaklarni bichishini o’tkazilmay amalga oshirish
imkoniyati tug’iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |