Bo‘lgichlarda namunalarni ajratish. Tahlil uchun o‘rtacha namunalardan namunachalarni ajratish, shuningdek, o‘rtacha namunani aralashtirish bo‘lgich apparatlarida va qo‘lda amalga oshiriladi.
Gusev bo‘lgichi, ham namunalar ajratish uchun ishlatiladi, shuning uchun unda ishlash tartibini keltiramiz. Apparatning yuqori qismi ichidan voronka, zatvor bilan jihozlangan chiqaruvchi darcha bor. Bo‘lgichning quyi qismiga konus mahkamlangan bo‘lib, uning cho‘qqisi voronka teshigi markazida joylashgan. Кonus asosida 20 ta teshik yacheykalar bo‘lib, ular bir-biridan alohida joylashgan. Birdan joylashgan 10 teshikdan don bir cho‘michga, boshqa 10 teshikdan esa ikkinchi cho‘michga yo‘naltiriladi. Кonus pastida, bo‘lgichning quyi cho‘michida don tushishi uchun mo‘ljallangan voronka joylashgan. Don to‘plash uchun cho‘michlar ustma-ust o‘rnatilgan bo‘ladi, shuning uchun yuqoridagi cho‘michning o‘rtasida teshikli quvurcha bo‘lib, u orqali don quyi cho‘michga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |