Namunalarni qo‘lda ajratish. Namunalarni bu holda ajratish “o‘rtacha namuna ajratish” mavzusida yoritilgan izchil kesma bo‘lish usulida amalga oshiriladi. Ushbu usulda namunani aralashtirish va bo‘lish, namuna uchun don ikkala qarama-qarshi uchburchaklarda taxminan bir xil zarur miqdorda qolgunigacha davom ettiriladi.
Vazifa: Talabalar namuna olish sxemalarini chizib olishadi va qo‘lda yoki Gusev bo‘lgichida namunalardan o‘rtacha namuna ajratishni o‘rganishadi.
Jihoz va materiallar. Namuna qismlari olish uchun shuplar, bo‘lgichlar (BIS-1 yoki Gusev), har xil toshli torozilar va don uchun quticha va quritgichlar, randalangan yog‘och tizimlar, kurakchalar, qop matosi, bir qop don (50-60 kg).
Do'stlaringiz bilan baham: |