3
KIRISH
Prezidentimiz jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bilan bog‗liq
halqaro
maydondagi o‗zgarishlar va turli salbiy tendensiyalarga baho berar ekan, mazkur
jarayonlarning o‗tgan davr mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyotining 2013
yilga mo‗ljallangan o‗sish sur‘atlari va samaradorligini ta‘minlashda katta
qiyinchiliklar tug‗dirishi mumkinligini tashvishlanarli hol sifatida t a‘kidlab
o‗tdi.
Barchamizga ma‘lumki, mazkur jarayonlarning ta‘sirini real baholagan
holda, mamlakatimiz rahbari inqirozning dastlabki pallasidayoq ‖ ... tobora
chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta‘sir
ko‗rsatmaydi, bizni chetlab o‗tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani
bunday tushunish o‗ta soddalik,
aytish mumkinki, kechirib bo‗lmas xato bo‗lur
edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab etishimiz lozim- O‗zbekiston bugun xalqaro
hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi
hisoblanadi‖, deya o‗zlarining qat‘iy fikrlarini bildirgan hamda inqirozning
mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta‘sir ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan yo‗nalishlarini
oldindan ko‗rsatib bergan edi.
Raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, ishlab chiqarish
tarmoqlarining
jadal
rivojlanishini
ta‘minlash
faoliyat
ko‗rsatayotgan
quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash
jarayonini tezlashtirish
hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Oziq-ovqat sanoatidagi yuksalish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
izchil islohotlarning yaqqol natijasidir. 2013 yilda Oziq-ovqat sanoatida umumiy
qiymati 106,6 milliard so‗mlik 347 ta loyiha amalga oshirilishi belgilandi.
Ularda sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, hududiy korxonalarni
Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishni jalb etish, bo‗sh
yotgan ishlab
chiqarish maydonlarida yangi quvvatlar tashkil qilish masalalari qamrab
olinishi ko‗zda tutilgan.
Istiqlol yillarida shu kabi tizimli chora-tadbirlar ko‗rilayotgani tufayli
sanoatning barcha tarmoqlari jadal taraqqiy etib, ta‘bir joiz bo‗lsa,
4
iqtisodiyotimizning lokomotiviga aylandi. 2012 yilda sanoat ishlab chiqarish
hajmi 7,7 foizga o‗sgani, uning yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi ulushi
tobora oshib bormoqda.
Tahlillarga
qaraganda, keyingi yillarda, ayniqsa, oziq-ovqat sanoatida
barqaror rivojlanish kuzatilib, ichki bozor, asosan, o‗zimizda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar bilan to‗ldirilib bormoqda.
Buni sohaning eng
istiqbolli tarmoqlaridan biri- sut va sutni qayta ishlash yo‗nalishi misolida ham
yaqqol ko‗rish mumkin.
Darhaqiqat, bugungi kunda qaysi oziq-ovqat do‗koni yoki supermarketga
kirmang, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan sut va sut
mahsulotlari, go‗sht va go‗sht mahsulotlari, konserva va konserva mahsulotlari,
turli
xil qandolat mahsulotlari, tabiiy meva sharbatlar va h.k.lar taklif
qilinayotganiga guvoh bo‗lamiz. Sut, qatiq, qaymoq, sariyog‗, pishloq, brinza,
turli kolbasa va konservalar, pishiriqlar, qandolatlar, meva sharbatlari, djemlar,
murabbolar, turli ichimliklar-ularning barchasi sifat ko‗rsatkichlari,
qadoqlanishi
bilan xorijnikidan aslo qolishmaydi. Tabiiyligi, o‗simlik yog‗laridan holi
ekanligi bois, xatto ustun turadi. Shu bois ―O‗zbekistonda ishlab chiqarilgan‖
yorlig‗i tushirilgan bunday mahsulotlarga bo‗lgan talab tobora oshib, shunga
monand ishlab chiqarish hajmi ham ko‗payib borayotir [1].
Shu sababli oziq-ovqat mahsulotlarini, jumladan,
sut mahsulotlarini
sertifikatlashtirish tartiboti bo‗yicha bir qancha qo‗shimchalar kiritilmoqda
hamda qo‗shimcha qaror va nizomlar ishlab chiqilmoqda.
Bundan ko‗rinib turibdiki, davlatimiz aholini asosiy ozuqasi bo‗lgan
go‗sht va sut mahsulotlarini sifatini va uning nazoratini ta‘minlash maqsadida
hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bo‗lgan ehtiyojini qondirish
maqsadida sifatsiz mahsulotni etishtirayotgan xo‗jalik sub‘ektlarini nazoratini
kuchaytirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: