Elektr zaryadining birligi. Elektr zaryadining birligini topish uchun (1)ifodadan foydalanamiz: Q=I*t. SI da zaryad miqdorining birligi- kulon (C), u fransuz fizigi Sh. Kulon sharafiga shunday nomlangan.
[Q]=[I]*[t]=1A*1s=1As=1C.
Tashqi kuchlar. Elektr yurituvchi kuch va kuchlanish .
Mazmuni: tashqi kuchlar; tashqi kuchlarning ishi; elektr yurituvchi kuch; kuchlanish.
Tashqi kuchlar. Oldin qayd qilib o’tganimizdek, elektr toki vujudga kelishi uchun zarur bo’lgan shartlardan biri erkin zaryadlangan zarralarning batartib harakatini taminlovchi kuchlarning mavjudligidir.
Buning uchun erkin zaryadlarga tashqi kuchlar ta’sir etishi kerak. Tashqi kuchlarning vujudga kelishini va ta’sirini ta’minlovchi qurilma tok manbayi deyiladi. Bunday qurilmalarda turli ismli zaryadlarninishi roy beradi. Zaryadlar tashqi kuchlar ta’sirida, tok manbayi ichida
,elektr maydoni kuchlari ta’siriga qarama-qarshi yonalishda harakat qiladi.
Buning natijasida tok manbayi qutblarida doimiy potensiallar farqi saqlanib turadi .
O’zgarmas tok manbayilaridan sxematik tasviri ko’rsatilgan. O’zgarmas tok manbayining musbat qutbi uzun, manfiy qutbi esa kalta chiziq bilan ko’rsatiladi. Generator qutblariga esa «+» va «-» belgilari qo’yiladi.
Tashqi kuchlarning ishi. Zanjirda elektr toki vujudga kelishi va mavjud bo’lishini tasvvur qilish uchun quyidagicha tajribani o’tkazaylik. Turli potensialli (φ1>φ2) A va B jismlar o’tkazgichorqali tutashtirilib, ulardan tok oqmoqda. Jismlarning potensiallari tenglashishi bilan o’tkazgich orqalioqayotgantokto’xtaydi,zanjirdadoimiytoknisaqlabturishuchunφ1-φ2=constpotensiallar farqini o’zgartirmay saqlash zarur. Buni esa zaryadlarni B jismdan A jismga qaytarish bilangina amalga oshirish mumkin. Boshqacha aytganda, tok oqadigan kontur yopiq bo’ladi (AaBbA). Lekin Bba qismda zaryadlar elektr kuchlariga qarshi ko’chishlari kerak. Bu ko’chirishni esa elektr tabiatiga ega bo’lmagan tashqi kuchlargina amalga oshirishlari mumkin. Ular butun zanjir bo’ylab yoki uning biror qismida ta’sir qilishi mumkin.
Umuman olganda, tashqi kuchlarning tabiati turlicha bo’ladi. Misol uchun ular galvanik elementlarda kimyoviy reaksiyalar natijasida vujudga keladi, generatorda esa rotor aylanishining mexanik energiyasi hisobida va hokazo.