Shaxsiy sifatlarning yo‘qolishi. Boshqa odamlar ta’sirida individ o‘ziga
xossifatlarni yo‘qotishi, buning o‘rniga impulsiv instinktiv harakatlarni amalga
oshirishi mumkin.
2.
Hissiyotlarga o‘ta beriluvchanlik. Ommada aql, tafakkur hissiyotlar va
instinktlarga o‘z o‘rnini bo‘shatadi. Shuning uchun ham ommaning ta’sirchanligi
o‘ta oshib ketadi.
3.
Aqliy sifatlarning yo‘qolishi. Ommaning “aqli” uni tashkil etuvchilar
aqlidan ancha past bo‘ladi. Shuning uchun ham ommaning tazyiqiga uchramaslik
uchun har bir kishi aqlan mulohaza yuritishdan bosh tortishi, munozaradan
qochishi lozim.
4.Shaxsiy mas’uliyatning yo‘qolishi. Ommaga qo‘shilib qolgan shaxs
shunchalik hissiyotlarga berilib ketishi mumkinki, u o‘z harakatlarini nazorat
qilish, o‘z ishiga mas’uliyatni esidan chiqaradi. Yakka holda sodir qila
olmaydiganishini, u ommagaqo‘shilibqilibsodiretibqo‘yishimumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan ommaning belgilari Ernesto Grassi tomonidan
nemis ensiklopediyasiga ham kiritilgan.
Shunday qilib, omma tartibsiz, u mustaqil ravishda tartib o‘rnatish
qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun ham unga doimo “dohiy” kerak. Dohiylar
yoki daholar – elita tashqaridan kelib omma o‘rtasida tartib o‘rnatishi mumkin. Bu
fikrlarning mafkuraviy ma’nosi tushunarli, chunki o‘sha paytda olimlar omma
deganda, ishchilar sinfini, dohiylar deganda esa, burju-aziyani nazarda tutishgan.
Demak, shaxs va jamiyat ziddiyatlari masalasi omma psixologiyasi tarafdorlari
nazariyasi ayrim shaxslar – dohiylar foydasiga hal qilinadi. Lekin bu nazariya,
nima uchun ommaviy hodisalarda ommaning o‘zidan chiqib qoladigan liderlar,
ommaning ba’zan tashqaridan hech kimni tan olmay qolishi masalalariga umuman
javob topa olmadi, chunki ularning ham fikrlarida ko‘proq idealizmga moyillik
sezilib turardi.
Xalqlar psixologiyasi ijtimoiy psixologik nazariya sifatida 19 asrning
o‘rtalarida Germaniyada shakllandi. Undagi asosiy nazariya fikr shundan iborat
ediki, ayrim individlardan yuqori turadigan rux mavjud bo‘lib, bu rux o‘zidan ham
yuqori turadigan ilmiy yaxlitlikka bo‘ysunadi. Bu ilohiy yaxlitlik xalq yoki
millatdir. Ayrim individlar ana shu yaxlitliklarning bo‘laqlari bo‘lib, ular shu ruxga
bo‘ysunadilar. Ya’ni, shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi qarama-qarshilik muammosi
jamiyat foydasiga hal qilinadi.
Xalqlar psixologiyasining tarixiy-mafkuraviy asosi bo‘lib Gegel falsafasi va
nemis romantizmi xizmat qilgan, deyish mumkin. Chunki Gegeldagi "individdan
yuqori turuvchi rux" g‘oyasi xalqlar psixologiyasi jon qo‘yarlari tomonidan
to‘laligicha qabul qilindi.
"Xalqlar psixologiyasi" iborasi birinchi marta faylasuf M. Latsarus (1824-
1903) hamda tilshunos G.Shteyntal’ (1833-1893) asarlarida ishlatildi. Ular
birgalikda chop yotgan "Xalqlar psixologiyasi to‘g‘risida kirish so‘zi" kitobida
shunday fikrlarni ilgari suradilar:
2.5- sxema.
Do'stlaringiz bilan baham: |