Документ Microsoft Office Word


Xalqlar psixologiyasi nazariyasi



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/103
Sana29.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#80545
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103
Bog'liq
sotsial psixologiya darslik

Xalqlar psixologiyasi nazariyasi. 
Ijtimoiy  psixologik  bilimlar  uchun  manba  rolini  o‘ynagan  birinchi  asos 
xalqlar  psixologiyasibo‘lib,  u  XIX  asrning  o‘rtalarida  Germaniyada  shakllandi. 
Undagi  asosiy  nazariy  fikr  shundan  iborat  ediki,  ayrim  individlardan  yuqori 
turadigan  ruh  mavjud  bo‘lib,  bu  ruh  o‘zidan  ham  yuqori  turadigan  ilohiy 
yaxlitlikka bo‘ysunadi. Bu ilohiy yaxlitlik xalq yoki millatdir. Ayrim individlar ana 
shu  yaxlitlikning  bo‘laklari  bo‘lib,  ular  aslida  shu  ruhga  bo‘ysunadilar.  YA’ni, 
ushbu  nazariya  tarafdorlining  fikriga  e’tibor  bersak,  ular  nuqtai  nazariyaa,  shaxs 
bilan  jamiyat  o‘rtasidagi  qarama-qarshilik  muammosi  jamiyat  foydasiga  hal 
qilinadi. Xalqlar psixologiyasining tarixiy-mafkuraviy asosi bo‘lib Gegel falsafasi 
va nemis romantizmi xizmat qilgan, deyish mumkin, chunki Gegeldagi “individdan 
yuqori  turuvchi  ruh”  g‘oyasi  xalqlar  psixologiyasi  jonkuyarlari  tomonidan 
to‘lig‘icha qabul qilindi.  


“Xalqlar  psixologiyasi”  iborasi  birinchi  marta  faylasuf  M.Lasarus  (1824-
1903)  hamda  tilshunos  G.Shteyntal  (1833-1893)  asarlarida  ishlatildi.  Ular 
birgalikda  chop  etgan  “Xalqlar  psixologiyasi  to‘g‘risida  kirish  so‘zi”  kitobida 
shunday fikrlarni ilgari suradilar: “Tarixni yurgizuvchi asosiy kuch – bu xalq yoki 
shu  “yaxlitlikning  ruhi”  bo‘lib,  bu  ruh  san’atda,  dinda,  tilda,  afsonalarda, 
an’anlarda o‘z aksini topadi. Individning ongi ushbu yaxlitlikning mahsuli bo‘lib, 
ularning  yig‘indisi  o‘z  navbatida  xalq  ongini  tashkil  etadi.  Xalqlar 
psixologiyasining vazifasi xalq ruhi mohiyatini o‘rganish, xalq ruhiyati qonunlarini 
ochish,  xalq  psixologiyasiga  oid  bo‘lgan  o‘ziga  xos  xususiyatlarning  paydo 
bo‘lishi va yo‘qolishini tushuntirib berishdir”. O‘sha kitobda mualliflar shaxs bilan 
jamiyat  munosabati  xususida  quyidagi  mulohazalarini  bayon  etadilar:  odam  o‘z 
mohiyati  jihatidan ijtimoiy  mavjudot bo‘lib,  u  jamiyat  hayoti bilan uzviy  bog‘liq, 
chunki  u  o‘ziga  o‘xshashlarga  qarab  rivojlanadi,  boshqalarga  taqlid  qilib  harakat 
qiladi  va  ular  ta’qibidan  qochadi.  Xalqlar  psixologiyasining  asoschilari  faqat 
nazariy mulohazalar yuritish bilan cheklanadilar, chunki ularda o‘z fikrlarini isbot 
qilish uchun tadqiqot ishlari yo‘q edi.  
“Psixologiyaning  otasi”  hisoblangan  Vilgelm  Vundt  esa  xuddi  ana  shu 
tadqiqotga  asoslangan  ma’lumotlar  to‘plashga  o‘z  diqqatini  qaratdi.  U  o‘zining 
“Inson  va  hayvon  ruhi  haqida  leksiyalar”  i  (1863  y)  va  1900  yilda  bosmadan 
chiqqan o‘n tomli “Xalqlar psixologiyasi” asarlarida asosan o‘zi to‘plagan empirik 
ma’lumotlar  asosida  xalqlar  psixologiyasiga  bag‘ishlangan  fikrlari  tizimini  bayon 
etdi.  Uning  fan  oldidagi  xizmati  shundan  iborat  ediki,  empirik  ma’lumotlar 
to‘plash  usullari,  to‘plangan  manbalarni  sharhlash  borasida  bebaho  bilimlar 
to‘pladi.  Uning  fikricha,  psixologiya  fani  ikki  qismdan  iborat:  fiziologik 
psixologiya  va  xalqlar  psixologiyasi.  Fiziologik  psixologiya  inson  ruhiyatini 
o‘rganuvchi eksperimental fan bo‘lib, oliy psixik jarayonlar – tafakkur va nutqdan 
tashqari  barcha  narsani  eksperiment  usulida  tadqiq  etish  mumkin.  Eksperiment 
usulida  o‘rganib  bo‘lmaydigan  barcha  oliy  ruh  holatlarini  xalqlar  psixologiyasi 
o‘rganadi,  chunki  undagi  o‘rganish  usullari  o‘ziga  xosdir  –  u  madaniy  mahsullar 
hisoblangan  til,  afsonalar,  odatlar,  san’at  asarlari,  inson  tafakkurining  murakkab 
tomonlarini ochib beradi.  
To‘g‘ri,  Vundtning  psixologiya  fani  oldidagi  xizmatlari  buyuk,  uning  xalqlar 
psixologiyasiga oid ma’lumotlari hozirgi kungacha ham o‘z qimmatini yo‘qotgani 
yo‘q. Lekin uning yagona kamchiligi shu ediki, uning qarashlari idealistik asosda 
bo‘lgan, ya’ni u individ bilan jamiyat o‘rtasidagi murakkab dialektik munosabatni 
idealistik  asosda  turib  hal  qilgan  va  jamiyatning  rolini  absolyut  tushunib, 
shaxsning tarixini yaratishdagi, ijtimoiy jarayonlardagi faol o‘rnini ko‘ra bilmagan. 
Uning izdoshlari – Rossiyalik A.Potebni, nemis olimi T.Geyger va boshqalar ham 
u  yo‘l  qo‘ygan  mafkuraviy  kamchilikni  oldini  ola  olmadilar,  lekin  ular  bir  fikrda 


yakdil edilarki, xalqlar psixologiyasi individual psixologiyadan farq qiladi, shuning 
uchun  ham  maxsus  fan  kerakki,  u o‘ziga xos  usullar  yordamida  shaxs va  jamiyat 
munosabatlari  qonunlarini  ochib  berish  lozim.  Xuddi  ana  shu  xulosalar  ijtimoiy 
psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga ilmiy asos bo‘ldi.      

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish