Doimiy ravishda “Aqliy hujumni” qo’llash
Bu sotuv karerangizda ijodkorligingizni rag’batlantiradigan, yangi imkoniyatlarinizni kashf etadigan va muvaffaqiyatlaringizni oshiradigan eng kuchli usullardan biridir. Bu “20 ta g’oya usuli” deyiladi. Bu usullardan muntazam foydalanishni boshlab, o’z g’oyalaringizda qo’llasangiz, bir necha oy ichida daromadingiz ikki va undan ortiqqa oshadi.
Mana bu qanday ishlaydi. Bir varaq qog'ozni oling va sahifaning yuqori qismiga eng katta maqsadingizni yoki savol shaklida eng dolzarb muammoingizni yozing.
Masalan, siz quyidagilarni yozishingiz mumkin: “Qanday qilib keyingi o’n ikki oyda daromadimni ikki baravar oshirishim mumkin?”
Siz hatto aniqroq aytishingiz ham mumkin: “Qanday qilib daromadimni keyingi o'n ikki oyda yiliga 50-100 ming dollar oshirishim mumkin?”
Do'stlaringiz bilan baham: |