DNKni piyozdan ajratish
Mazkur tajriba yordamida qurollanmagan ko‘z bilan nuklein kislotalarni ajratishning oddiy va tezkor usuli hisoblanadi.
Kerakli materiallar: piyoz boshining yarimi; 10% NaCl; 95%-li etil spirti yoki bir necha millilitr miqdorda izopropanol, muzlatilgan holda, xech bo‘lmasa yuzi muzlatilgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir; muz; yuvish vositasi; chinni xovoncha; shisha voronka; bir martalik qog‘oz salfetka; yog‘och tayoqcha; disstillangan suv; shisha stakan, kimyoviy probirkalar; pichoq; taxtacha; chinni likobcha; mato.
Muzni maydalab chinni likobchaga solish kerak. Piyoz boshining o‘rta qismidan 3 sm o‘lchamli kub kesib olinadi hamda maydalanadi, ustiga 20 ml 10% NaCl eritamasi yordamida bir jinsli xolga keltiriladi. Hosil bo‘lgan eritmani ustiga umumiy hajm 3 barobar ortguncha 10% NaCl eritmasi solinadi. So‘ng hosil bo‘lgan eritmaning ustiga 3 ml yuvish vositasi solinadi, yaxshilab aralashtiriladi. Darxol aralashma muzli idishga solinadi, 5 daqiqadan so‘ng yog‘och tayoqcha solinganda stakandagi aralashma yopishqoq holga keladi.
Sovutilgan shisha probirka va voronka yordamida aralashma filtrlanadi. Filtratga teng miqdorda sovutilgan etil spirti solinadi va 2-3 daqiqaga qoldiriladi. Suyuqliklar chegarasida DNK cho‘kishi jarayonini oq ipsimon cho‘kma sifatida kuzatish mumkin. Ularni yog‘och tayochaga olish mumkin. Eritmadan olingan yog‘och tayoqcha quriganidan so‘ng ko‘rinmaydi, suvda yaxshi eriydi.
Olingan DNK eritmasida sifat reaksiyasi o‘tkaziladi va olingan natijalar kuzatish daftariga qayd etiladi.
DNKni bukkal epiteliydan ajratish
O‘tkaziladigan tajriba yordamida qurollanmagan ko‘z bilan nuklein kislotalarni ajratishning oddiy va tezkor usuli amalga oshiriladi.
Kerakli materiallar: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati; 5% NaCl; etil spirti yoki izopropilen spirti muzlatilgan holda, xech bo‘lmasa yuzi muzlatilgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir; sovun eritmasi; kimyoviy buyoq eritmasi; shisha voronka; bir martalik qog‘oz salfetka; yog‘och tayoqcha; disstillangan suv; shisha stakan, kimyoviy probirkalar.
60 ml 5% NaCl eritamasi yordamida og‘iz bo‘shlig‘ida 1 daqiqa davomida chayqaladi. Hosil bo‘lgan eritmani kimyoviy stakanga solinadi. Ko‘pirtirmasdan eritma ustiga sovun eritamsidan 3 ml solinadi. Alohida stakanda 100 ml spirt ustiga kimyoviy bo‘yoq solinadi. Bukkal to‘qimaning sovunli eritmasi ustiga spirtli bo‘yoqni ehtiyotkorlik bilan stankan devor bo‘ylab solinadi. Natijada alohida ikki qatlamli eritma hosil bo‘ladi. So‘ng hosil bo‘lgan eritmani 2,5 daqiqaga qoldiriladi. Vaqt o‘tgach stakanga yog‘och tayoqcha solinganda stakandagi aralashma yopishqoq holga keladi.
Suyuqliklar chegarasida DNK cho‘kishi jarayonini oq ipsimon cho‘kma sifatida kuzatish mumkin. Ularni yog‘och tayochaga olish mumkin. Eritmadan olingan yog‘och tayoqcha quriganidan so‘ng ko‘rinmaydi, suvda yaxshi eriydi.
Olingan DNK eritmasida sifat reaksiyasi o‘tkaziladi va olingan natijalar kuzatish daftariga qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |