Dmxm-3 guruh talabasi Gazikulo Jasurbekning Byudjet soliq siyosati fanidan tuzgan keyslari Mavzu: Hozirgi zamon iqtisodiyotida davlat qarzlarini boshqarish faoliyatining asosiy yo’nalishlari. Vaziyat
DMXM-3 guruh talabasi Gazikulo Jasurbekning Byudjet soliq siyosati fanidan tuzgan keyslari
Mavzu: Hozirgi zamon iqtisodiyotida davlat qarzlarini boshqarish faoliyatining asosiy yo’nalishlari.
Vaziyat: Zamonaviy soliq siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etishni uning fundamental asoslarini aniqlab olishsiz tasavvur etib bolmaydi. Buning uchun eng avvalo, soliqlar, soliq tizimi va soliq siyosatiga tegishli bo'lgan amaldagi vaziyatga aniqlik kiritish zarur. Ana shu vaziyat keyingi bir necha o‘n yillik davomida O‘zbekiston Respublikasining buyuk iqtisodiy eksperimentni o‘z boshidan kechirayotganligi, unga ko‘ra xalq xo‘jaligini rejali usulda boshqarishdan iqtisodiy taraqqiyotning bozor mexanizmlaridan foydalanishga o‘tilayotganligi bilan xarakterlanadi. Yangi iqtisodiy instrumentlar avvalgi iqtisodiy tizimning qoldiq elementlari va iqtisodiy munosabatlar subyektlaming ongida m ustahkam ildiz otgan an'analar bilan birgalikda yashamoqda. Bu jarayon o'tish davri iqtisodiyotiga ega bo'lgan mamlakat bir vaqtning o‘zida huquq, siyosat va iqtisodiyot sohalarida tegishli o‘zgarishlami parallel ravishda amalga oshirish zarur bo^lganligi uchun yanada murakkablashayotir. Iqtisodiyotni qayta qurish malum darajada ishlab chiqarishning qisqarishiga, infiyatsiyaning o‘sishiga, ishsizlikning vujudga kelishiga, davlat sektorining qisqarishiga olib kelmoqda. Bunday salbiy hodisalarga barham berish kerak. Shu munosabat bilan soliq siyosati va mamlakatimizdagi soliq organlari tizim ining samarili isloh qilinishi iqtisodiyotimizni bozor iziga ko‘chirishda muvaffaqiyatga erishishning asosiy omillaridan biri ekanligini hozirgi paytda deyarli hamma tan oladi.
Soliq tizimi xo‘jaliklardagi bozor munosabatlari rivojlanishiga ta'sir qilishi, tadbirkorlikning taraqqiy etishiga yordam berishi va bir vaqtning o‘zida aholining kam ta'milangan qatlami turmush tarzining pasayib ketishiga to‘sqinlik qilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida amaldagi soliq tizimining qanday sharoitlarda vujudga kelganligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Bozor toifasidagi iqtisodiyotda soliqlar va soliq tizimi bozoming eng asosiy instrumentlaridan hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat boshqaruvining barcha darajalarida olinadigan soliqlar byudjet jami daromadlarining 90-95 foizini shakllantiradi. Ana shu munosabat bilan soliq tizimini shakllantirish, soliqlarni to‘plash va ulardan foydalanish mexanizmini yaratish alohida ahamiyat kasb etadi.