Dmxm-3 guruh talabasi Gazikulo Jasurbekning Byudjet soliq siyosati fanidan tuzgan keyslari Mavzu: Hozirgi zamon iqtisodiyotida davlat qarzlarini boshqarish faoliyatining asosiy yo’nalishlari. Vaziyat


Soliq islohotini amalga oshirish rejalashtirilayotgan paytda qanday jihatlarga alohida e'tibor bermoq lozim?



Download 23,73 Kb.
bet3/3
Sana01.07.2022
Hajmi23,73 Kb.
#726080
1   2   3
Bog'liq
Byudjet soliq siyosati keys

2. Soliq islohotini amalga oshirish rejalashtirilayotgan paytda qanday jihatlarga alohida e'tibor bermoq lozim?
qonunchilik va me'yoriy aktlar butun majmuyini yagona hujjatga integratsiyalashtirish;
yagona tushunchalar apparatining qo’llanilishi, soliq qonunchiligi qoidalarni bir xil tartibda tushunish;
mamlalatdagi soliqlaming umumiy sonini keskin qisqartirish, soliq qonunchiligida ko‘rsatilmagan soliqlar va yig’imlami joriy etilishini taqiqlab qo’yish;
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi asos bo‘lib hisoblanuvchi barcha soliq va yig‘imlami bekor qilish;
mehnat haqiga yo‘naltirilayotgan mablag‘larni soliqqa tortishni isloh qilish;
foydadan olinadigan soliqning bazasini hisoblashda butun dunyoda qabul qilingan andozadan foydalanish, «tannarx» tushunchasidan amalda voz kechish, yangi amortizatsiya siyosatini yurgizish;
ko‘psonli imtiyozlardan voz kechish.
3. Hozirgi pajrtda soliq organlarini modernizatsiya qilishning zarurligi qanday obyektiv omillar bilan belgilanadi ?
soliq tizimining muttasil ravishda murakkablashib borayotganligi;
hududiy soliq organlari inspektorlariga to‘g‘ri keluvchi yuklama hajmining oshib borayotganligi;
soliq organlarini moliyalashtirish hajmining cheklanganligi.
4. Hududiy soliq organlari uchun modernizatsiya qilishning majburiy komponentlari nimalardan iborat bo’lishi mumkin?
tipli tashkiliy tuzilishga o‘tish;
tipli soliq ma'murchiligi tizimini yaratish;
samarali soliq texnologiyalarini joriy etish;
informatizatsiya darajasini oshirish;
informatsion resurslaming xavfsizligini ta’minlash;
mutaxassislar va soliq to’lovchilami o'qitish.
5. Soliq xizmatini modernizatsiya qilishning muhim komponenti mutaxassislar va soliq to’lovchilarni o'qitishdir. Mutaxassislarni o‘qitish qanday yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin?
soliq inspeksiyasi rahbarlari va mutaxassislarini soliq organlari ishini tashkil qilishning tipli tizimiga o‘tishini ta'minlash uchun o‘qitish;
ma’lumotlarni elektron qayta ishlashning yangi tizimini ekspluatatsiya qilish uchun o'qitish.
Soliq to’lovchilar uchun esa o‘qitishni tashkil qilish loyiha resurslarining cheklanganligi sababli eksperimental va cheklangan xarakterga ega. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti hamda soliq informatsion tizimlari bo'yicha o‘quv jarayonini tashkil etish nazariy va amaliy jihatdan tayyorgarlikni taqozo etadi. Soliqqa tortish sohasidagi malakali mutaxassis nazariy jihatdan soliq tizimining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixini bilishi; turli tipdagi iqtisodiyot va rivojlanish darajasiga ega bo'lgan mamlakatlar soliq tizimlaridagi farqlar va ulaming tarkibiy tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bolishi; har bir soliqni hisoblash uslubini bilishi, soliqqa tortiladigan bazani tahlil qila olishi; tadqiqotning zamonaviy statistik uslublaridan foydalangan holda soliq tushumlarining istiqbolini belgilay olishi; kompyuter savodxonligiga ega bolishi va soliqqa tortish sohasida avtomatlashtirilgan tizimlar hamda zamonaviy informatsion texnologiyalardan oqilona foydalana olish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak va h.k.
Albatta, ana shu bilimlarni egallashga tegishli oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, kollejlarda, malaka oshirish kurslarida va boshqalarda keng e'tibor beriladi. Bir vaqtning o‘zida soliqqa tortish sohasidagi malakali mutaxassis soliq to’lovchilar tomonidan beriladigan barcha savollarga malakali tarzda va har tomonlama javob bera olish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Buning uchun uning o‘zi eng avvalo, hayotga tatbiq etilayotgan soliq siyosatining asl mohiyatini to‘g‘ri idrok etishi, soliqqa tortish nazariyasining eng dolzarb muammosining nimadan iborat ekanligini bilishi, soliq tizimi va soliqqa tortish asosiy prinsiplarining mazmunini to‘g‘ri tushunishi, soliq va imtiyoz o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlikni ko‘ra bilishi, soliqqa tortishni takomillashtirishning asosiy ko‘rinishlari nimalardan iborat ekanligini belgilay olishi kerak.
Download 23,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish