purkalish fakeli qiska bo’ladi.
Qovushqoqlik oshib ketganda ham yonuvchi aralashma
hosil bo’lish sifati yomonlashadi, yirik tomchilar hosil bo’lib,
yonilg’i bug’lanishiga ko’p vaqt kerak bo’ladi. Yonilg’i to’liq
yonmaydi, sarfi ortadi. Yonilg’i porshen tubiga va kamera
devorlariga o’tirib qolishi natijasida qurum hosil bo’lishi
ko’payadi, ish bajargan gazlar qorayib chiqadi.
purkalish fakeli uzun bo’ladi.
Qovushqoqlik meyorida bo’lganda yonilg’i bir xil tartibli
tomchilar tarzida to’zitiladi. Bug’li aralashma yonish protsessi
yaxshilanadi. Oquvchanlik yaxshi bo’ladi, trubalardan, mayin
tozalash filtri, yuqori bosim nasoslaridan yonilg’i oson o’tadi.
Yilning sovuq vaqtida dizellar yaxshi ishlashini ta’minlash
uchun qishki sort dizel yonilg’isining qovushqoqligi pastroq
bo’ladi.
10-rasm.
Dizel
yonilg’isi
qovushqoqligi(
)ning,
harorat(t
0
S)ga bog’liqligi. 1-yozgi: 2-qishki; 3-
shimoliy.
Dizellarda yonilg’ining yonishi.
Dizel dvigatellarida yonilg’i aralashmasining hosil bo’lishi
va uning yonish intensivligi ko’pgina sabablarga, chunonchi,
siqilgan xavo bosimi va harorati, to’zitilishga mayinligiga,
havodagi yonilg’i mikdoriga, yonilg’ining bug’lano’vchanligiga
bog’liq bo’ladi. Ammo yonilg’ining kimyoviy tarkibi asosiy
ahamiyatga èga, u yonilg’ining alanganlanish haroratinigina
èmas, balki, alangalanishning kechikish davrini xam (ya’ni
yonilg’i berila boshlangandan to o’z-o’zidan alangalana
boshlaydigan paytgacha o’tadigan vaqtni) ham belgilaydi.
Qisqa vaqt ichida yonish kamerasida fizik (to’zitilish,
havo bilan aralashish, isish, bug’lanish) va murakkab kimyoviy
jarayonlar (yonilg’i molekulalari oksidlanishining turli
bosqichlari) sodir bo’ladi. Natijada yonilg’ining 10-15%
ènergiyasi ajaraladi va issiqlik to’planadi, harorakt ko’tariladi va
yonilg’i alangalanadi. Yonilg’ining havo kislorodi bilan
aralashmasi yona boshlashi uchun zarur bo’lgan isitish harorati
o’z-o’zidan alangalanish harorati deb ataladi.
11-rasm. Dizel yonilg’ilarining yoyilgan indikator
diagrammasi.
a-yumshoq ishlash; v-qattiq ishlash.
Yonilg’i tarkibida engil oksidlanadigan normal-parafin
uglevodorodlar (UV) ko’p bo’lishi natijasida alangalanishning
kechikish davri(
) - qisqa bo’ladi. Natijada dvigatel oson
yurgizib yuboriladi. Dvigatel yumshoq va barqaror ishlaydi.
-
ko’p bo’lsa (ortganda), ya’ni yonilg’i tarkibida qiyin
oksidlanadigan UV - izometr, aromatik UV ko’p bo’lsa, dizel
dvigateli taqillab ishlaydi, chunki yonilg’i tarkibidagi UV qiyin
oksidalanadi. Yonish kamerasida yonilg’i ko’p to’planadi va
katta qismi birdaniga alangalanadi, bosim keskin qo’tariladi va
dvigateldan o’ziga xos takillangan ovoz èshitiladi, natijada
dvigatel kattiq ishlaydi: podshipnik vkladishlari, porshen
xalkalari eyiladi. Yonilg’i sarfi ortadi.
Yonish protsessi 2-nuqtada boshlanadi, bunda bosim jadal
ko’tariladi. Tez yonish davri 2-nuqtadan 3-nuqtagacha davom
ètadi. Bunda ènergiyaning asosiy qismi (70%) ajrilib chiqadi.
Yonish protsessi yaxshi to’g’ri tashkil qilinsa, bosim maksimal
qiymatgacha ko’tariladi (bu vaqtda yonilg’i berish davom
ètganligidan yonish hali tugamaydi). Uchinchi davr-sekin yonish
davri (3dan-4gacha) boshlanadi, bunda issiqlik ènergiyasining
(20%) qismi ajralib chiqadi. Bu davrni boshida yonilg’i berish
tugaydi. Bu davr oxirida kengayish chizig’ida 4-nuqtadan keyin
barcha yonilg’i yonib ulgurishi kerak.
Yonilg’i
tarkibida
engil
oksidlanadigan
uglevodorodlar(normal parafin uglevodorodlar) ko’p bo’lsa,
alangalanishining kechikish davri juda qisqa bo’ladi. Natijada
dvigatel osongina yurgizib yuboriladi, yumshoq va barqaror
ishlaydi, yonish protsessi juda yaxshi o’tadi. (11-rasm
a.indikator diagrammasi).
Yonilg’ining qovushqoqligi ortishi, fraktsion tarkibi
og’irlashishi va smolali-asfalt birikmalar miqdorining ortishi
bilan yonilg’ining yonib tugash vaqti uzayadi.
Xozirgi zamon tekshirish usullari dizel dvigatellarida
purkaladigan yonilg’i oqimini tashqi kobiqining bir necha joyida
bir vaqtning o’zida alanganing hajmiy manbalari hosil bo’lishini
aniqlashga imkon berdi. Bu holda alanganing tarqalish tezligi
1000 m/sga etadi. Yuzaga keladigan manbalar miqdori
yonishdan oldin bo’ladigan reaktsiyalar(oksidlanish)ning
kechish intensivligi va alangalinishning kechikish davriga
bog’liq.
Bu èsa yonilg’i tarkibida izomer tuzilishdagi qiyin
oksidlanadigan
parafin
uglevodorodlar
va
aromatik
uglevodorodlar miqdoriga bog’liq. Chunki bu uglevodorodlar
dvigatelning taqillab(kattiq) ishlashiga sabab bo’ladi (11-rasm.
b). Ŝilindr ichida bosim keskin ko’tariladi, dvigatel quvvati
kamayadi, yonilg’i sarf miqdori ortadi, detallar tezda ishdan
chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |