iste'mol qilish jamiyati”ning parallel rivojlanishi bilan boğliq. XIX asr
fenomen sifatida antik davrlardan boshlab mavjud bơlganligi bizga ma'lum. Gap
mahsulotlargagina ehtiyoj sezardi.
zodagonlar va boylar tomonidangina sotib olinardi. Moda kiyimlarini ommaviy
20
Moda industriyasi taraqqiyotining bosqichlarini moda kiyim ishlab
chiqarish sanoatining rivojlanish misolida yaqqol kơrish mumkin.
Taxminan 1890-1960 yillarda moda kiyimlari va aksessuarlarini ishlab
chiqarish kichik biznesdan ommaviy ishlab chiqarishga va moda industriyasiga
aylandi. XIX asrning ơrtalaridan boshlab maxsus moda jurnallari paydo bơla
boshladi, ularda joriy mavsumning yangiliklari va magazinlardagi assortiment
haqida hikoya qilinardi ( ya'ni ulardan “Parijda nima kiyishayapti?” savoliga
javob topish mumkin edi).
1950-1960 yillarda rivojlangan mamlakatlarda ommaviy iste'mol jamiya
tining shakllanishi munosabati bilan modani prognoz qilish sistemasi ham
rivojlanib bordi.Moda rivojining tendentsiyalari tahlili bilan shuğullanuvchi
firmalarning paydo bơlishi tayyor kiyimni ommaviy ishlab chiqarish bilan
boğliq edi, chunki endi bu borada “masshtabli” va uzoq muddatli qarorlar
qabul qilish talab qilinardi. Shuning uchun ommaviy tayyor kiyim ishlab
chiqaruvchi nafaqat dizaynerga, balki mato ishlab chiqaruvchisiga ham boğliq
bơlib qoldi. Chunki mato ishlab chiqaruvchi unga bozorda hozirgi paytda
mavjud bơlgan xom-ashyo va iplar asosida tayyorlangan mahsulotlarnigina
taklif qilishi mumkin edi. Bozorda modadagi rangda, aktual faktura va original
bichimdagi kiyimni paydo bơlishi uchun, 3 yil oldin paxtani ơstirish texnologiya
siga va bir vaqtning ơzida bơlğuvsi matoni bơyash uchun kerakli bơladigan
bơyoq ishlab chiqarish formulasiga ơzgartirish kiritish lozim bơlardi. Shuning
uchun modani oldindan prognoz qilish sistemasi vujudga keldi, ushbu sistema
yordamida ayni vaqtdagi moda tendentsiyalarini ơzgarib borishi kuzatilardi.
1960-1980 yillarda moda iqtisodiyoti ikki darajaga bơlindi: “kutyurlar
mahsuloti” ( elita uchun individual buyurtmalar) va “pret-a-porte” (ơrta sinf
uchun ommaviy ishlab chiqarish). Aynan shu yillar parijlik mashhur kutyuryelar –
Koko Shanel , Kristian Dior, Iv Sen Loran, Yuber Jivanshilarning davri bơldi.
1990 yillarda moda industriyasida “plyuralizm” ustunlik qildi, bu davrda
biror bir uslubni hukmron bơlgan deb aytish qiyin edi, chunki moda
tendetsiyalari bir nechta trendlarga bơlinib ketdi. Bu bilan paralell ravishda
ơzgarishlar tezligi ơsib bordi, chunki yangi uslublar haqidagi ma'lumotlar
qulay kommunikatsiya vositalari yordamida bir zumda tarqala boshladi. Agar
oldin moda industriyasi katta yoshdagi boy insonlarga mơljallangan bơlsa, asr
oxiriga kelib moda sezilarli darajada “yoshardi”. Nihoyat, iqtidorli stilistlarning
roli pasayib, moda poytaxtlari (Parij, London va Nyu -York )ham emas, balki
taniqli brendlarni ishlab chiqarayotgan mahsulotlari modani belgilab berishi
kuzatildi. Modadagi boshqa mahsulotlarning bozorida ham shu tendentsiya
kuzatildi, yagona hukmron standartdan standartlarning kơp miqdorliligiga
ơtildi.
Moda industriyasi Ğarbiy Evropa sivilizasiyasining fenomeni sifatida
shakllandi, XX asrning ohirigacha modaga ơzga madaniyatlarning ta'siri
bơlmagan. XX asr globallashuvi nafaqat Evropa modasining butun dunyo
bơyicha kơrsatilishiga , balki bu industriyaga Sharq mamlakatlarining ta'sir
kơrsatishiga ham sabab bơldi. Yaponiyada halqaro miqyosdagi moda
21
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar paydo bơldi (Issi Mike, Yoshi Yamamoto
va b.). Shuningdek, parijlik Kutyurye Kenzo Tokada butun dunyoga mashhur
bơldi. XXI asrda sharq madaniyatining modaga ta'siri ơsishi munosabati bilan
moda industriyasining ơzgarishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: