yaratiladi va ushbu guruh a'zolarining oddiy odamlardan farqini kơrsatish uchun
xizmat qiladi. Yuqori( elita) qatlamlarga tahlid qilish maksadida, ơrta va quyi
tabaqa vakillari ham moda “ yangiliklari”ni ơzlariga oladilar.
«bachkana» bơlib qoladi. Yuqori ( elita) tabaqalar ơzlarining ijtimoiy farqini
19
saqlash maqsadida yanada yangi va original “moda yangiliklari” ni ơylab
topishga harakat qilishadi. Ushbu tsikl yana va yana qaytarilaveradi.
Moda XX asrda, jamiyatdagi sinfiy bơlinish yơqotilganiga qaramay, hamon
ijtimoiy farqlarni ta'kidlab kơrsatishga xizmat qilmoqda. Ammo u avvalgiday “
yuqori” va “quyi” tabaqalar farqini emas, balki faqat shunchaki turli ijtimoiy
guruhlar farqini kơrsatmoqda. Masalan, yoshlar modasi turli yoshdagi insonlar
orasidagi farqni kơrsatadi. Bundan tashqari, moda mahsulotlarini tanlaganda xar
bir shaxs ơz-ơzini namoyon qilishi, ơz individualligini kơrsatishi mumkin.
Shu tariqa, ishlab chiqarishga taalluqli bơlgan mahsulotlarni (trubalar, stanoklar)
moda mahsulotlari deb atash mumkin mas.Insonlarning shaxsiy ehtiejlarini
qondiruvchi, lekin namoyish qilib bơlmaydigan mahsulotlar (masalan
erkaklarning ichki kiyimi va hokazolar)ni moda mahsulotlariga kiritilmaydi .
Moda mahsulotlari qatoriga insonlarning shaxsiy ehtiyojlarini qondiruvchi
quyidagi yengil sanoat mahsulotlarini kiritish mumkin:
-Kiyim; shaxsiy aksessuarlar (chulki, qơlqoplar, sumkalar, remenlar, shlyapalar,
sharflar, soatlar, yuvelir mahsulotlari va b.);
-parfyu meriya va kosmetika mahsulotlari (atirlar, pomada, soch uchun lak va b.);
- uy-rơzğor uchun aksessuarlar (ơrin-kơrpa, idish-tovoq, gilamlar va b.).
Moda mahsulotlarining doirasi kengayish xususiyatiga ega.
Dastlab moda mahsulotlari deyilganda faqat ayollar uchun ishlab chiqarilgan
mahsulotlar tushunilgan, chunki faqat ayollargina tashqi kơrinishiga katta
e'tibor berishi kerak degan fikr hukmron surgan. XX asrga kelib bu stereotip
buzildi va erkaklar uchun mơljallangan moda paydo bơldi. Bir vaqtning ơzida
moda mahsulotlarining doirasi ham kengayib bordi, bu kơproq hayot tarzining
ơzgarishi bilan boğliq edi. Masalan, avval ovqatlanish va kir yuvish jarayonlari
namoyish qilib bơlmaydigan, ơta shaxsiy jarayonlar bơlib hisoblangan bơlsa,
endilikda insonlar bu jarayonlarda reklama qilingan, magazindan sotib olingan
mahsulotlardan foydalanadilar. Shuning uchun bugungi zamonaviy jamiyatda
moda mahsulotlari doirasiga keng ma'noda shaxsiy iste'mol uchun
mơljallangan barcha tovarlarni kiritish mumkin (bular yengil avtomobillardan
tortib mebel , avtoruchka, salqin ichimliklargacha bơlishi mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: