Dissotsiatsiya qaytar jarayondir



Download 81,88 Kb.
bet10/41
Sana12.09.2021
Hajmi81,88 Kb.
#172696
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Bog'liq
JAVOBLAAAR

2.Kuchsiz kislota(HCN, H2S, HNO3, H2SO3, H3PO4, H2CO3, HF, H2SiO3 va organik kislotalar) bilan kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz. Natriy asetat CH3COONa bunga misol bo’la oladi. Hamma tipik tuzlar singari, natriy asetat ham suvda eriganda, Na+ va CH3COO- ionlariga batamom dissosialanadi. Nazariy jihatdan qaraganda, bu ionlar suv ionlari bilan birikib, ekvivalent miqdorda o’yuvchi natriy va sirka kislota hosil qilishi mumkin edi; Biroq o’yuvchi natriy kuchli asos bo’lganidan, natriy ionlari suvning gidroksil ionlari bilan mutlaqo birikmaydi.

Buning aksicha sirka kislota juda kuchsiz kislota bo’lganidan CH3COO- ionlari eritmada suvning vodorod ionlari bilan uchrashganda ular bilan darhol birikadi va CH3COOH molekulalarini hosil qiladi. Eritmada vodorod ionlarining kamayishi suv molekulalari bilan uning ionlari o’rtasidagi muvozanatni buzadi va suvning dissosialanishiga sabab bo’ladi; yangi vodorod ionlari hosil bo’ladi, bular ham, o’z navbatida, asetat- ionlar bilan birikib sirka kislota molekulalariga aynaladi va hokazo, shu bilan bir vaqtda eritmada gidroksil ionlarining soni ortadi.

Biroq reaksiya shu yo’nalishda uzoq davom etmaydi. Suvning ion ko’paytmasi [H,] . [OH] = 10 -14 o’zgarmas kattalik bo’lganidan, gidroksil ionlari to’plangan sari vodorod ionlarining konsentratsiyasi kamaya boradi va tez orada shu qadar ozayib ketadiki bu ionlarning CH3COO- ionlari bilan birikishi uchun imkoniyat qolmaydi. Shu vaqtda suv molekulalari bilan uning ionlari o’rtasida ham, sirka kislota CH3COOH molekulalari bilan H+ va CH3COO- ionlari o’rtasida ham yangi muvozanat qaror topadi va gidroksil ionlarining to’planish protsessi to’xtaydi.

Shunday qilib, natriy asetat suv bilan o’zaro ta’sir qilganda quyidagi rekasiya sodir bo’ladi:


CH3COONa + H2O ↔ CH3COOH + NaOH
Yoki ionli tenglamasi:
CH3COO- + Na+ + HOH ↔ CH3COOH + Na+ OH-
Qisqa ion shaklda:

CH3COO- + HOH ↔ CH3COOH+ OH-


Bu reaksiya muvozanati chapga tomon kuchli darajada siljigan bo’lsa ham, ionli tenglamaning ko’rsatishiga ko’ra reasiyaning provardida eritmada gidroksil ionlari birmuncha ortiq to’planadi va natriy asetat eritmasi ishqoriy reaksiyaga ega bo’ladi.

Tasvirlangan ana shu misolda bir negizli kuchsiz kislota tuzi gidrolizlanadi. Ko’p negizli kuchsiz kislotalardan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizida, odatda, erkin kislotalar emas, balki, nordon tuzlar yoki, aniqroq aytganda, nordon tuzlarning anionlari hosil bo’ladi. Masalan, soda Na2CO3 suvda eriganda, CO32- ionlari ham CH3COO- ionlari singari suvning vodorod ionlari bilan bog’lanadi; biroq bunda kuchsiz karbanat kislota H2CO3 molekulalari emas balki, HCO3- ionlari hosil bo’ladi. HCO3- ionlarining ko’proq hosil bo’lishiga sabab, bu ionlarning H2CO3 molekulalariga qaraganda ancha qiyin dissosialanishidir.

Gidroliz quyidagi tenglama bo’yicha boradi:


Na2CO3 + H2O ↔ NaHCO3 + NaOH
Yoki ionshaklda yozilsa bunday bo’ladi;

2Na+ + CO32- + HOH ↔­­ Na+ + HCO- + Na+ + OH-

Qisqa ion shakilda :

CO32- + HOH ↔­­ HCO- + OH-


Bu reaksiya natijasida natriy asetatning gidrolizida bo’lganidek, eritmada ortiqcha gidroksil ionlari paydo bo’ladi, shu sababdan soda eritmasi ham ishqoriy reaksiyaga ega.

Masalan: Na3PO4 + H2O Na2HPO4 + NaOH

3Na+ + PO43- + H2O 2Na+ HPO42- + Na+ OH-

PO43- + H2O HPO42- + OH-

Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuz gidrolizlanganda nordon tuz va ishqor hosil bo’ladi:

Na2HPO4 + H2O NaH2PO4 + NaOH

HPO42- + H2O H2PO4+ OH-

Eritmada erkin holda ishqor yig’ilib qolgani uchun gidroliz kuchsiz kislota hosil bo’lguncha davom etmaydi.


Download 81,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish